5230600 - Moliya (sirtqi) ta’lim yo’nalishi talabalari malaviy amaliyotining bosh maqsadi oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash, talabalarning malaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida o’tkazishni samarali tashkil etish natijasida respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni zarur ixtisosliklari bo’yicha moliya sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy ta’lim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya va ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish bilan birga mutaxassisligi bo’yicha mustaqil ish ko’nikmalarini hosil etishdan iboratdir.
Malakaviy amaliyotining asosiy vazifalari:
Talabalar malaviy amaliyotining asosiy maqsadiga erishish uchun qo’yidagi vazifalarni bajarishlari shart:
Termiz davlat universiteti 5230600 - Moliya (sirtqi) yo’nalishi o’quv jarayonida olgan nazariy-kasbiy bilimlari va ko’nikmalarini amaliy kasb faoliyatida chuqurlashtirish;
Amaliyot bo’yicha bilim, tashkiliy ko’nikmalarini hosil qilib dastur rejasiga amal etish;
Talabalarning amaliyotdagi ish sifatini doimiy takomillashtirib mutaxassislikka ega bo’lish;
“Iqtisodchi” mutaxassisligi kasb etikasi tartiblari manfaatlaridan kelib chiqqan holda muammoli masalalar va vaziyatlarni yechishni o’rganish;
Malaviy amaliyoti bo’yicha zaruriy ma’lumotlarni, hujjatlarni yig’ish va qayta ishlash;
Talabalar malaviy amaliyoti bo’yicha hisobot yozishda, ilmiy-tadqiqot ishlaridan foydalanishi mumkin bo’lgan tekshiruv tahliliy materiallari yuzasidan o’z fikrlarini berish;
Amaliyot davomida olgan bilimlarini nazariy bilimlari bilan solishtirib, amaliyot ob’ekti moliyaini takomillashtirish bo’yicha mustaqil ravishda takliflar berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |