Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Download 1.47 Mb.
bet9/12
Sana30.10.2021
Hajmi1.47 Mb.
#169541
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Hasharotlar

10-rasm.A—go‘ngxo‘r qo‘ng‘iz; B—xonqizi va uning qurti; D—lavlagi filtumshug‘i; E—kolorado qo‘ng‘izi

Plastinka mo‘ylovli qo‘ng‘izlardan may va mart qo‘ng‘izlari turli daraxtlarning bargi bilan oziqlanadi. Ularning lichinkasi tuproqda 4-5 yil yashaydi. Daraxtlarning nihollari va turli o‘simliklarning ildizini kemi- rib, katta zarar yetkazadi. Qo‘ng‘izlarning yo‘g‘on va beso‘naqay qurti- ning tanasi yoysimon egilgan, yirik bosh qismi, qo‘ng‘ir tusda bo‘ladi. Tuproq bilan to‘lgan ichagi terisidan yaxshi ko‘rinib turadi.

Bargxo‘r qo‘ng‘izlar turli daraxtlar va qishloq xo‘jaligi ekinlari bargini kemirib zarar keltiradi. Ular orasida kolorado qo‘ng‘izi eng xavfli hisob­lanadi. Asrimizning boshlarida u tasodifan G‘arbiy Yevropaga olib kelin- gan edi. Hozir bu qo‘ng‘iz kartoshka ekiladigan hududlarda tarqalgan. 80-yillarning o‘rtalarida zararkunanda O‘zbekistonning ayrim xo‘jaliklarida tarqala boshlagan. Kolorado qo‘ng‘izining ustki qanoti pushti rangda, qanoti bo‘ylab 10 ta qora chiziq o‘tgan. Old ko‘krak qismida 11 ta qoramtir dog‘lari bo‘ladi. Qo‘ng‘iz juda serpusht, urg‘ochisi 2400 ga yaqin tuxum qo‘yadi. Qo‘ng‘izning ayniqsa, qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangli qurtlari ko‘p zarar yetkazadi. Lichinka tuproqqa kirib g‘umbakka aylanadi. Bir mav- sumda qo‘ng‘izning 2-3 avlodi rivojlanadi.

Go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar. Qattiq qanotlilar orasida bir qancha turlari hayvonlar ekskrimenti bilan oziqlanadi. Ular go‘ng yonida baquvvat tishli oyoqlari va boshi yordamida in qaziydi. Inga hayvonlar tezagini kolbasaga o‘xshatib joylashtiradi; go‘ngning pastki uchiga tuxumini qo‘yadi. Qurtlari go‘ng bilan oziqlanib voyaga yetadi.

Bo‘xcha qo‘ng‘iz yirik go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlardan, tanasi 30-40 mm keladi. O‘rta Osiyo cho‘llarida ko‘p uchraydi. Bu qo‘ng‘iz odatda bahor oylarida harakatchan bo‘ladi. Ot, tuya, qo‘y va boshqa yirik hayvonlar­ning go‘ngidan shar yasab, dumalatib ketadi. Tuproqda in qazib uning ichiga shari bilan tushib oladi. Bir necha kun davomida qo‘ng‘iz sharni yeb bitiradi. Bo‘xcha qo‘ng‘izlar qurtlari uchun qora mollar go‘ngidan shar yasashadi, sharni tuproqqa olib kirgandan so‘ng unga noksimon shakl beradi. Uning ingichka tomoniga tuxum qo‘yadi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling