Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Download 1.47 Mb.
bet6/12
Sana30.10.2021
Hajmi1.47 Mb.
#169541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hasharotlar

Ninachilar turkumi. Ninachilar-eng qadimgi hasharotlar. Gavdasi bosh, ko‘krak va uzun ingichka qorin bo‘limidan iborat (9-rasm). Boshida kalta mo‘ylovlari, juda yirik murakkab ko‘zlari joylashgan. Og‘iz organ­lari kemiruvchi tipda tuzilgan. Qanotlari ikki juft, qalin tomirlangan; qanoti tanasining ikki yon tomoniga yoyilib turadi. Shu sababli ular kunliklar bilan birga qadimgi qanotlilarga kiritiladi. Ninachilar yirtqich bo‘lib, turli mayda, asosan zararkunanda hasharotlar (chivin, pashs- ha, oqqanot va boshqalar) ni tutib yeydi. O‘ljasini havoda oldingi oyoq panjalari orasidagi to‘rga tushirib oladi.

Ninachilar lichinkasi suvda rivojlanadi. Lichinkasining pastki lablari o‘zgarib, qisqichli niqobga aylangan. Qisqichlari yordamida mayda suv hayvonlari, baliq chavoqlari va itbaliqlarni tutib yeydi. Lichinka qorni- ning uchki qismidagi traxeya jabralari yordamida nafas oladi. Ninachilar hayotining ko‘p qismini havoda o‘tkazadi. Ularni suv havzalari yaqinida doim uchratish mumkin. Voyaga yetgan ninachi zararkunanda hasharot­larni qirib foyda keltiradi. Lichinkalari esa suv hayvonlari (baliq chavoqlari va yosh baliqchalar)ni tutib yeb, birmuncha ziyon keltiradi.

O‘rta Osiyodagi tezoqar tog‘ daryolari yaqinida halqali tog‘ninachisi, tog‘oldi, tog‘li mintaqalarda zangori ninachilar, ko‘l va tinchoqar suv yaqinida o‘q ninachilar va suluv ninachilar uchraydi. Ninachilarning bir qancha turlari Qizil kitobga kiritilgan.

Yarim qattiqqanotlilar (qandalalar) turkumi. Qanadalalarning oldingi qanotlari asosi qalinlashganligi va keyingi yarmi yupqa pardasimon bo‘lganligi bois yarim qattiqqanotlilar nomini olgan. Og‘iz organlari sanchib-so‘ruvchi tipda, ayrim turlari (masalan, to‘shak qandalalari)da qanotlar yo‘qolib ketgan (9-rasm). Ko‘pchilik qandalalar o‘simliklar shirasi bilan oziqlanib, katta ziyon keltiradi. Ulardan xasva g‘alla ekinlari shirasini so‘radi. Xasva so‘rgan don unib chiqmaydi.





9-rasm. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: 1—2—ninachi va lichinkasi; 3—shira; 4—to‘shak qandalasi; 5—xasva.
. Daryolarning tinch oqadigan joylarida, ko‘llar va oqmaydigan boshqa suv havzalarida suv sathida sirpanib yuruvchi suv gazchilarini ko‘p uch- ratish mumkin. Ular suv yuzasidagi umurtqasiz hayvonlar bilan oziqla- nadi. Qandalalar orasida yirtqich turlaridan o‘t-o‘lan orasida yirik qizg‘ish halqali qandala ko‘p uchraydi. Ular zararkunanda hasharotlarning qo- nini so‘rib, foyda keltiradi.

Qandalalarning ayrim vakillari odam va hayvonlarning qonini so‘rishga moslashgan. Qanotsiz to‘shak qandalalari odam va sut emizuvchi hayvon­lar qonini so‘rib oziqlanadi. Ular bir necha oy oziqlanmasdan yashay oladi, hidni juda yaxshi sezadi. Odam va hayvonlarni hididan topadi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling