Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Download 1.47 Mb.
bet7/12
Sana30.10.2021
Hajmi1.47 Mb.
#169541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hasharotlar

Teng qanotlilar turkumi. Bu turkumga ikkala juft qanotlari ham bir

xilda tuzilgan hasharotlar kiradi. Ularning og‘iz apparati sanchib- so‘ruvchi, o‘simlik shirasi bilan oziqlanadi. Barcha turlari o‘simlik zararkunandalari hisoblanadi. Teng qanotlilarning ko‘pchiligi ancha may­da, uzunligi 1—2 mm, ba’zi turlari 18—20 sm ga yetadi. Bir qancha turlari partenogenez (urug‘lanmagan tuxum qo‘yish) ko‘payish xusu­siyatiga ega. Bu turkumga jizildoqlar, shiralar, qalqondorlar, barg bur- galari va tripslar kiradi.

Jizildoqlar — yirik jizildoqlarning erkaklari baland tovush chiqarib sayraydi. Tovush chiqarish organi qorin qismining birinchi bo‘g‘imi ostida joylashgan bir juft plastinkalardan iborat. Plastinkalar maxsus muskullar qisqarishi natijasida tebranib, ovoz chiqaradi.

Jizildoqlarning lichinkasi tuproqda yashab, daraxtlar va butalar il- dizi shirasini so‘rib oziqlanadi, lekin daraxtlarga katta ziyon yetkazmay- di. Jizildoqlar eng uzoq umr ko‘radigan hasharotlar. Shimoliy amerika jizildog‘ining lichinkasi tuproqda 17 yil yashagandan so‘ng voyaga yet­gan hasharotga aylanadi. Voyaga yetgan jizildoqlar o‘simliklar yer ustki qismining shirasini so‘radi. Sayroqi jizildoqlar janubiy hududlarda, xusu- san, O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Ularning bir maromda jizillagan to- vushi yoz kunlari uzoqdan eshitiladi. Birmuncha kichikroq oddiy jizil- doqlarning tovush chiqarish organi bo‘lmaydi. Ularning tuproqda yashov­chi lichinkasi o‘simliklarga turli virusli kasalliklarni yuqtiradi.

Shiralar - juda keng tarqalgan mayda (1-7 mm) hasharotlar (47- rasm). Ular katta ziyon yetkazadi. Shiralar ko‘pincha juda tez ko‘payib, o‘simlik organlarida katta koloniya hosil qiladi. Ular o‘simliklar to‘qimasiga uzun xartumini tiqib olgach, uzoq vaqt qimirlamasdan uning shirasini so‘radi. Shiralar koloniyasi yosh novdalar va barglarni yoppasiga qoplab olishi mumkin. Zararlangan o‘simlik to‘qimalarida har xil shishlar, bo‘rtmalar va boshqa xil o‘zgarishlar kuzatiladi. Koloniyadagi ko‘pchilik individlar qanotsiz bo‘lib, partenogenetik urg‘ochilar hisoblanadi. Ba- hor va yoz davomida qanotsiz urg‘ochilar faqat urug‘lanmagan tuxum qo‘yib ko‘payadi. Ular hayotining ma’lum davrida qanotli individlar paydo bo‘ladi va boshqa o‘simliklarga uchib o‘tib, yangi koloniyaga asos soladi. Kuzda partenogenetik urg‘ochilardan urug‘lanib ko‘payadigan qanotli erkak va urg‘ochilar paydo bo‘ladi. Bir mavsumda ularning 15­20 avlodi rivojlanadi. O‘simliklar to‘qimasini so‘rayotgan shiralar ozig‘ining hammasini hazm qila olmay, uning bir qismini orqa chiqaruv teshigi orqali chiqarib turadi. Ana shu sababdan ularni shiralar deyiladi. Qorabog‘ chumolilari shiralar shirasini yalab yashaydi.

Yashil shira olma, nok, behi kabi mevali daraxtlarga katta zarar yet­kazadi. Shaftoli shirasi shaftolining yosh novdalari va tanasi to‘qimalari shirasini so‘radi. Tokka tok shirasi-filloksera katta ziyon yetkazadi. Filloksera juda xavfli hasharot bo‘lib, tok bargi va ayniqsa ildizini so‘radi.

Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: to‘g‘ri qanotlilar, beshiktervatarlar va suvaraklar turkumlari



To‘g‘ri qanotlilar turkumi. To‘g‘ri qanotlilar—yirik hasharotlar bo‘lib, uzunligi bir necha sm ga yetadi. Tanasi cho‘ziq, bosh qismida yirik mu­rakkab ko‘zlari va uzun mo‘ylovlari bor. Og‘iz organlari kemiruvchi. Qanot­lari ikki juft, ustki qanoti ingichka va uzun, biroz dag‘alroq; ostki qanoti keng va yumshoq bo‘lib, tinch holatda ustki qanot ostida taxlanib turadi. Ko‘pchilik to‘g‘ri qanotlilarning keyingi oyoqlari sakrovchi tipda tuzil­gan. Urg‘ochilarining tuxum qo‘yuvchi organi rivojlangan. Ba’zi turlarida ovoz chiqarish va eshitish organlari bo‘ladi. To‘g‘ri qanotlilar juda keng tarqalgan, 20000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik turlari yashil o‘simlik bilan oziqlanadi. Ular orasida ekinlarning xavfli zararkunan- dalari va yirtqich turlari ham bor.

To‘g‘ri qanotlilar tuproqdagi maxsus ko‘zachaga to‘p-to‘p qilib tuxum qo‘yadi. Lichinkasi chala o‘zgarish bilan rivojlanadi. Ko‘pchilik turlari faqat yaqin masofaga uchadi. To‘g‘ri qanotlilar chigirtkalar, temir- chaklar, chirildoqlar (qora chigirtkalar) va yerqazarlarga bo‘linadi.


Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling