Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya ta


Download 1.47 Mb.
bet3/12
Sana30.10.2021
Hajmi1.47 Mb.
#169541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Hasharotlar

Kurs ishining ilmiyligi. Kurs ishining ilmiyligi shundaki, hozirgacha olingan adabiyot ma’lumotlariga ko’ra koloniya bo’lib yashovchi boshliqlar tuzilishi va ko’payishi o’rganish

Ishning hajmi. Kurs ishi 29 betlik matndan va 12 ta rasmdan iborat bo’lib, kirish, asosiy qism (2 ta bob) xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

I. Hashoratlar sistematikasi

Hasharotlar—tabiatda keng tarqalgan juda xilma-xil umurtqasiz hayvonlar guruhi. Yer yuzida hasharotlarning 1, 1 mln ga yaqin turi ma’lum. Ular barcha hayvonlar turlarining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi.

Bosh bo‘limi. Hasharotlar gavdasi bosh, ko‘krak va qorindan iborat uch bo‘limga bo‘linadi. Boshi beshta bo‘g‘imdan hosil bo‘lgan va umumiy xitin bilan qoplangan. Hasharotlarning bosh bo‘limida bir juft mo‘ylovlari, bir juft yirik fasetkali murakkab ko‘zlari va bir nechta mayda oddiy ko‘zchalari joylashgan. Mo‘ylovlari ipsimon, to‘g‘nog‘ichsimon, arrasimon, taroqsimon, yelpig‘ichsimon, tizzasimon, plastinkasimon va boshqacha shakllarda bo‘lishi mumkin (1-rasmr). Mo‘ylovlarining tuzili- shiga qarab hasharotlarning turkum, oila va turlari aniqlanadi.



1-rasmr. Hasharotlar mo‘ylovi xillari: 1—qilsimon; 2—ipsimon; 3—4—arrasimon; 5—taroqsimon; 6—to‘g‘nog‘ichsimon; 7—cho‘qmorsimon; 8—duksimon; 9—plastinkasimon; 10—tizzasimon; 11—noto‘g‘ri; 12—patsimon; 13—qildor

Boshining ostki tomonida, og‘iz teshigi atrofida og‘iz organlari bor. Uning tuzilishi hasharotlarning oziqlanish xususiyati bilan bog‘liq. Qat­tiq oziq bilan oziqlanadigan hasharotlar (suvaraklar, termitlar, chigirt- kalar, qo‘ng‘izlar va boshqalar)ning og‘iz organlari kemiruvchi tipda tuzilgan (2-rasmr). Bunday og‘iz organlari birlamchi bo‘lib, undan boshqa og‘iz organlari kelib chiqqan. Kemiruvchi og‘iz organi og‘iz teshigining ustki tomonida joylashgan bitta yuqori lab, ikki yonida joylashgan ustki jag‘, og‘iz teshigi ostki tomoni ikki yonida joylashgan pastki jag‘ va uning ostida joylashgan pastki labdan iborat. Gullar shirasi va boshqa suyuq oziqlar bilan oziqlanadigan hasharotlar (pardaqanotlilar)ning og‘iz organlari kemiruvchi-so‘ruvchi, o‘simliklar shirasi va qon so‘ruvchi hasharotlar og‘iz organlari sanchib-so‘ruvchi (qandala, iskabtopar, chivin, shira va boshqalar) bo‘ladi. Pashshalar xartumining uchi ken- gayib, yalovchi xartumni hosil qiladi.



2-rasm. Hasharotlar og‘iz organlari: A—kemiruvchi-chaynovchi; B—kemiruvchi- so‘ruvchi; D—so‘ruvchi; E—sanchib-so‘ruvchi: 1—ustki lab; 2—ustki jag‘; 3—ostki jag‘ 4—ostki lab; 5—iyakosti; 6—ostki jag‘ paypaslagichlari; 7—ostki lab paypaslagichlari.
Ko‘krak bo‘limi. Hasharotlarning ko‘krak bo‘limi bir-biridan aniq ajralib turadigan uch bo‘g‘imdan iborat. Har bir ko‘krak bo‘g‘imida bir juftdan oyoqlari; o‘rta va orqa ko‘krak bo‘g‘imlarida esa bir juftdan qanot- lari joylashgan. Oyoqlarining tuzilishi hasharotlarning yashash muhiti bilan bog‘liq. Quruqlikda yashaydigan hasharotlarning oyoqlari yuguruvchi, sakrab harakatlanuvchi hasharotlarniki sakrovchi, suvda suzuvchi hasharotlarniki yassi kuraksimon, yirtqich beshiktervatarlarniki tutuv- chi, gul changini yig‘uvchi hasharotlarniki to‘plovchi, tuproqda yashay­digan hasharotlarniki qazuvchi tipda bo‘ladi (3-rasm).

Hasharotlarning qanoti ham har xil tuzilgan. Qandalalar birinchi juft qanotining asosi qalinlashgan. Qo‘ng‘izlarning birinchi juft qanoti juda qalinlashib, qattiq xitindan iborat ustqanotni hosil qiladi. Ustqanot ostqanot va qorinni yopib tura­di. Kapalaklarning qanoti tanga- chalar bilan qoplangan. Pash- sha va chivinlarning faqat bir juftdan qanoti saqlanib qolgan, ikkinchi jufti yo‘qolib ketgan. Bitlar, burgalar va ishchi chu- molilarning qanoti butunlay rivojlanmagan. Qanotdagi to- mirlar qanot plastinkasi uchun tayanch bo‘lishi bilan birga oziq moddalar va kislorodni qanot to‘qimalariga o‘tkazish vazifas- ini ham bajaradi. Tomirlarning tuzilishi hasharotlar sistema- tikasida muhim ahamiyatga ega.




Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling