Kimyoviy xossalari. Saxaroza va maltoza vodorod ionlari ishtirokida qizdirilganda gidrolizga uchraydi. Saxaroza ikkita monosaxarid-glukoza va fruktozani, maltoza esa ikki molekula glukozani hosil qiladi:
C12H22011 + H20 ~ C6H1206 + C6H1206
saxaroza glukoza fruktoza
Shuning uchun ular disaxaridlar deb ataladi.
Disaxaridlar metallar gidroksidlari bilan oson ta'sir1ashadi. Masalan, saxaroza eritmasini mis (II)-gidroksid ustiga quyilganda, yorqin havo rang mis saxarati hosil bo 'ladi:
CI2H220ll + CU(OH)2 ~ C]2H2009 < > Cu + 2CH20
Saxaroza eritmasini kalsiy gidroksid suspenziyasi bilan ta' sir1ashuvidan suvda eruvchan kalsiy saxarat olinadi.
Disaxaridlar monosaxaridlardan «kumush ko 'zgu» reaksiyasini bermasligi va boshqa qaytaruvchilar ta' sirida qaytarilmasligi bilan farq qiladi.
Olinishi va ishlatilishi. Saxaroza maxsus zavodlarda qand lavlagi va shakarqamishdan olinadi, maltoza hayvon sutidan va polisaxaridlar gidrolizi oraliq mahsulotlaridan ajratib olinadi. Ulardan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi.
BKM elementlari: saxaroza, gidrolizi, maltoza, mis saxarid.
Polisaxaridlar
Paxta tolasi, yog'ocb.lm:rtoshka, bug'doy, shoU, n.lukkajo·xori donlarining kimyoviy tarkibi bir xilni'?
Polisaxaridlar tirik olamning asosini tashkil etgan moddalar sinfi bo'lib, o'simlik organizmlarining asosiy qurilish materiali va oziq zaxiralari aynan polisaxaridlar hisoblanadi.
Kraxmal
Fizik xossalari va tabiatda uchrashi. Kraxmal-oq rangli kukun modda, sovuq suvda, spirtda, efirda erimaydi. Qaynoq suvda bo'kadi va kolloid eritma-kleyster hosil qiladi.
Kraxmal eng ko'p tarqalgan o'simlik uglevodi hisoblanadi; u barglarda fotosintez jarayoni natijasida hosil bo'ladi va ildizlarda, ildiz tugunaklarida, urug' va donlarda to 'planadi:
Fotosintez jarayoni quyidagi umumiy tenglama bilan ifodalanishi mumkin:
6nC02 + 5nH20 +hv +xlorofill -) (C6HlOOS\1 + 6n02
Tuzilishi. Kraxmal-tabiiy polimer bo'lib, uning tarkibi (C6H100)n umumiy formula bilan ifodalanadi. Kraxmal makromolekulalari struktura va o'lchamlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |