Test topshiriqlari, masalalar to’plami va nazariy ma’lumotlar. Genetika


GENLARNING KO‘P TOMONLAMA TA’SIRI. PLEYOTROPIYA


Download 1.16 Mb.
bet21/35
Sana06.02.2023
Hajmi1.16 Mb.
#1169591
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
Bog'liq
GENETIKA YANGISI MILLIY UCHUN

GENLARNING KO‘P TOMONLAMA TA’SIRI. PLEYOTROPIYA.


Biz yuqorida bitta belgining rivojlanishiga bir qancha genlarning ta’sirini ko‘rib chiqdik. Shu bi­lan birga bitta genning bir qancha belgining rivojlanishiga ta’siri ham aniqlangan. Bu hodisa pleyotropiya deb ataladi. Pleyotropiya hodisasi tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, katta ahamiyatga ega. Bu hodisa o‘simliklar bilan hayvonlarning ko‘p genida uchraydi. Misol uchun genetik jihatdan yaxshi o‘rganilgan dro­zofila meva pashshasining ko‘zlarida pigment bo‘lmasligini belgilaydigan gen pushtlilikni kamaytiradi, ba’zi ichki organlar rangiga ta’sir ko‘rsatadi va hayotchanligining qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Gulli o‘simliklarda gullarning to‘q qizil rangda bo‘lishini ta’min etuvchi gen ularning poya va shoxlarining ham to‘q qizil rangda bo‘lishiga daxldordir. Tovuqlarda masalan, jingalak patli zotlar uchraydi. Bunday pat tovuq tanasiga yopishib turmaydi, ko‘pincha sinib ketadi. Bu bilan tovuq tanasidan tashqi muhitga ko‘p issiqlik tarqaladi, ovqat hazm qilish, yurak-tomir faoliyatining ishi buziladi. Bular esa tovuqning nasi qoldirish xususiyatiga va hayotchanligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ba’zi bir genlarning pleyotrop ta’sirida organizmdagi turli organlarning rivojlanishida katta o‘zgarishlar ro‘y beradi, natijada ular nobud bo‘ladi. Bunday genlar letal, ya’ni halokatga olib keluvchi genlar deb ataladi. Masalan: sichqonlarda jun rangining sariq va qora bo‘lishi bir juft allel genlarga (A-a) bog‘liq. Bu gen retsessiv gomozigotali (aa) holatda bo‘lsa, sichqon junining rangi qora bo‘ladi. Juni sariq rangda bo‘lgan sichqonlar doimo geterozigota (Aa) holatda bo‘ladi. Sariq sichqonlar orasida dominant gomozigotali (AA) formalari butunlay uchramaydi. Buning sababi junning sariqliligini ta’min etuvchi gen dominant gomozigotali holatida organizmning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Quyidagi tajribaning natijasi buning isboti bo‘ladi. Tajribada sariq, genotipli (Aa) ota-ona sichqonlar o‘zaro chatishtirilgan. Ularning avlodida sariq va qora rangli sichqonlar hosil bo‘ldi. Lekin ularning miqdoriy nisbati odatdagicha 3:1 emas, balki 2:1 holatida bo‘ldi. Buning sababi dominant gomozi­gotali (AA) sichqonlar embrional rivojlanish davridayoq nobud bo‘ladi. De­mak, gomozigota dominant gen letal xususiyatga ega, ya’ni organizmning nobud bo‘lishiga olib keladi.





Download 1.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling