Якка мақсадлар деганда нимани тушунасиз?
Quyidagi hollarda yakka maqsadlar korxona maqsadining samarali bo’lishiga xizmat qiladi:
•xodimning o’z oldiga qo’yadigan maqsadi 4 tadan 8 tagacha bo’lishi, undan oshmasligi kerak.;
•yakka maqsadning pirovard natijasi va aniq muddati belgilangan bo’lishi kerak. Aks holda u mavhumlikka yuz tutadi;
•rejalashtiriladigan maqsad harakat evaziga erishiladigan, shu bilan birga, amalga oshiriladigan darajada bo’lishi kerak.
Бошқаришнинг умумий ва аниқ функциялари ҳақида нима дея оласиз?
Menejmentning funktsiyasini XX asrning boshlanishida birinchi bo’lib Anri Fayol
shakllantirgan. Dastlab, Adam Smitning nazariyasiga muvofiq boshqaruvning yagona
funktsiyasi- investitsiyalash (ishchi kuchi va asbob-uskunalar olish va kapital qo’yish) bor edi.Keyin A.Teylor menejer faoliyatidagi mustaqil turlar sifatida rejalashtirish, nazorat va muvofiqlashtirish funk- siyalarini kiritdi. A.Fayol asosiy funktsiyalarning maqsadi va vazifalarini belgiladi, tavsiflar berib, ularni majmuaviy holatga keltirdi va menejmentdagi muhim ahamiyatga ega bo’lgan – “funktsional tarkibli yondoshish” yo’nalishiga asos soldi.
Menejmentning asoschilaridan bo’lgan Anri Fayolning nazariyasi bo’yicha menejmentda quyidagi beshta funktsiyani ajratishadi:
1. Rejalashtirish – bu bashorat va kelajakka tayyorlanish.
2. Tashkillashtirish – bu faoliyat ko’rsatish uchun barcha zaruriy narsalar, shart-sharoitlarni ta’minlash (asbob-uskunalar, materiallar, moliyalashtirish, odamlar), bu yerda eng muhim element menejerning o’quv tayyorgarligi hisoblanadi.
3. Motivlashtirish – aniq maqsadli yo’nalishi bor insonning faoliyatga qiziqishi, hissiyoti va tuyg’ularini uyg’otish bo’yicha boshqaruv faoliyati turi.
4. Muvofiqlashtirish – taqsimlash. Tashkiliy ishlarni bajarishda vosita sifatidagi jamoaviy faoliyat. Mohiyati bo’yicha bu -bo’ysunuvchilarni boshqarish.
5. Nazorat – tekshiruv va nazorat – hammasi rejadagidek bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |