Тестлар бозор иқтисодиёти шароитида Ўзбекистонда давлат қуйидаги қайси тамойилларга асосланиб бошқарилади?


Бошқаришнинг ташкилий структурасини такомиллаштиришнинг қайси йўналишларини биласиз?


Download 31.92 Kb.
bet8/8
Sana06.04.2023
Hajmi31.92 Kb.
#1329910
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-topshiriq Baxtiyarova Nodira BHT-3

Бошқаришнинг ташкилий структурасини такомиллаштиришнинг қайси йўналишларини биласиз?



Boshqaruv strukturasini takomillashtirish yo’llari:

• Amaldagi strukturani soddalashtirish usuli

Boshqaruv bo’g’inlari sonini qisqartirish va boshqaruvning quyi bo’g’iniga huquq va vakolatni ko’prok berish (demarkazlashuv). Bunday usul inqilobiy usullar qatoriga kiradi.

Shtablar yoki ulardagi xodimlar sonini kamaytirish, matritsali strukturadan chiziqli funktsional strukturaga o’tish boshqaruvchilar sonini har 3-7 kishiga bitta rahbar emas, balki 10-12 kishiga bitta rahbar to’g’ri kelishiga erishish lozim, ya'ni boshqaruv normasiga erishishga intilish kerak.

•Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturani ko’nikma hosil qilingan struktura bilan almashtirish.

Mexanik tarzda tashkil etilgan strukturaga quyidagi salbiy tomonlar xos: gorizontal tabaqalanishdagi keskinlik ierarxik aloqalardagi qat'iylik me'yorlashtirilgan mas'uliyat yuqori darajadagi rasmiyatchilik qarorlar qabul qilinishidagi o’ta markazlashuv va unda ko’pchilik boshqaruvchilarning qatnasha olmasligi.

Bu strukturani ko’nikma hosil qilingan, sinovdan o’tib o’zini oqlagan struktura bilan almashtirish ma'quldir.

•Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish.

Bu degan so’z korxona tarkibiga:




  • venchur va innovatsiya, ya'ni "biznesga tavakkalchilik "bo’limlari


  • biznes-markazlar


  • ekspert guruhlari


  • ishchi, brigadalar guruhlarini tashkil qilishni bildiradi.


Venchur va innovatsiya bo’limlaridagi tadbirkorlar yangi texnologiya uchun o’zlarining kapitalini yoki olgan qarz mablag’larini tavakkal qiladilar. "Venchur" iborasi tadbirkor, rahbar yoki menejerning tavakkalchilikdagi:




  • uddaburonligi, epchilligi


  • serharakatliligini


  • quntli, matonatliligini


  • dadilligi, jasoratliligini


  • jo’shqin, biznesga berilib ketishini bildiradi.




•Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish.

"Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin.

Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik" strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.
Download 31.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling