53
1-RASM
Bolarlarning texnik ijodkorligini tashkil qilishda quyidagi shartlarni hisobga olish zarur:
1. o'quv ijodiy tsikl ma'lum vaqtga singdirilishi:
2. ijodiy faoliyat mazmuni o'quvchilarning bilim, mehnat ko'nikma va malakalarni
saviyasiga mos kelishi kerak:
3. ijodiy jarayon normal davom etishi uchun ho'zirgi zamon ishlab chiqarishi
darajasiga mos moddiy - texnik ba'za yaratilgan bo'lishi va o'quvchilar
bilan
ijodiy ishlash metodikasini egallagan muxandis pedagogik kadrlar tanlagan
(tayyorlangan) bo'lishi lozim.
O'quvchilarni ijodiy faoliyatiga jalb etish bo'yicha asosiy
psixologik - pedagogik
talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga, qo'yilgan
maqsadga va
o'quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham katta ahamiyatga ega.
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi:
buyumlarni konstruktsiyalash (modellashtirish), manipulyator
konstruktsiyalash,
ma'lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni qo'llash,
ijodiy
masalalarni hal qilish,
ijodiy topshiriqlarni bajarish,
ilgari tayyorlangan konstruktsiyalarni o'zgartirib, ishlar qayta bajarish,
xayoliy eksperiment,
texnik vositalar (shu jumladan trenajerlar) dan foydalanib kam - ko'stlarni topish,
tuzatish kabilar.
Ana shu metodlardan muayyan tartibda foydalanish o'quvchilarni
ijodiy qobiliyatlarini
o'stirish, ularda texnik sohadagi mehnatga qiziqish uyg'otish imkonini beradi.
Mazkur metodlar va uslublar mazmunini batafsilroq ko'rib chiqamiz.
ijodkorlikni singdirish
moddiy - texnik ba'zi
c3
Analiz, ishni tugatish
va echimni
baxolash