Texnik ob'yektlarni konstruktsiyalash (modellashtirish) barcha yosh gruppadagi
o'quvchilar texnik ijodkorligi jarayonida foydalanadigan asosiy metoddir. Bu faqat mehnat
buyumlarini konstruktsiyalash yoki modellashtirishga doir ijodiy masalani hal qilishga emas,
balki mazkur ob'ektni texnologik ishlash va tayyorlash zarurligiga ham bog'liqdir. Konstruktorlik
faoliyatiga texnik bilim va ko'nikmalar, shu faoliyatning ijodiy komponentlari ( fazoviy tasavvur
va idrok, texnik tafakkur, konstruktorlik zexni),( qo'lni ishlatishdagi) epchillik, mavjud bilimlarni
ishga solish qobiliyati va boshqalar (ning shakllanishi va rivojlanishi bilan chambarchas bogliq
jarayon sifatida qarash kerak. Bunda bilimlarni amalda ijodiy qo'llash birinchi o'ringa qo'yiladi.
Bolalar texnik ijodkorligini tashkil qilishda manipulyator konstruktsiyalash metod -
ob'ektlarni turli «konstruktorlar» yordamida konstruktsiyalashdan keng foydalaniladi. Bu metod
1-4 sinf o'quvchilari bilan ishlashda juda muvoffaqiyatli qo'llanadi. Dastlabki bosqichda bu metod
bolalarni o'zaro aloqa o'rnatishga, detal, uzellar va butun qurilmalarning ishini analiz qilishga
o'rnatish imkonini beradi. Agar «konstruktorda» bir buyumning turli variantlari konstruktsiyalash
uchun detallar bo'lsa, o'quvchilar oldiga eng samarali variantni tanlash vazifasini qo'yish mumkin.
Bu metoddan 5-9 sinflarda ham texnik ob'ektlarni yoki ularning ayrim uzellarini
modellashtirishda foydalansa bo'ladi.
Qisqartirilgan ma'lumotli texnik hujjatlarni qo'llash metodlari bolalarda texnik
tafakkurni o'stiradi.
O'quvchilarga muayyan elementlari ko'rsatilmagan hujjatlar (chizma, sxema, texnalogik
karta) berilib, ana shu elementlarni topish tavsiya etiladi. O'quvchi shu elementlarni topgach,
buyumni yasashning samarador yo'lini tanlaydi, texnik hujjatga kerakli o'zgartirishlar kiritadi.
Ijodiy masalani hal qilish usulini mustaqil holda aniqlash, ilgari no'malum bo'lgan,
ammo loyihalash keyinchalik u yoki bu ob'ektni tayyorlash uchun zarur qonuniyatlarni izlash va
topish izlanish ijodiy elementlari mavjud vazifalarni hal qilish - texnikadagi ob'ektiv yangilikni
bilishga qiziqish uyg'otadi, zarur nazariy materialni izlash va o'rganishga undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |