Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash


Download 5.01 Mb.
bet2/19
Sana03.11.2023
Hajmi5.01 Mb.
#1744996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Kurs ishining maqsadi: Ayollar milliy ko‘ylagi uchun andozani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikishni o‘rgatish orqali o‘z kasbining mohir ustasi qilib tarbiyalash, ularga tikuvchilik buyumlarini tayyorlashda kattalar va bolalar gavda turlariga qarab buyumning asos chizmalarini chizish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalar berishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari: milliy kiyimlarning yaratilish tarixini o‘rganish asosidaandozani gazlamaga joylashtirish, bichish va tikishni takomillashtirish, rivojlantirish asoslarini ishlab chiqish va ularning yangi modellarini yaratish yo‘llarini joriy qilish


Kurs ishining tuzilishi: kurs ishi mundarija, kirish, 2 bob, 5 bo‘lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo‘lib jami 41 betni tashkil qiladi.

I.BOB AYOLLAR KIYIMLARI TO’G’RISIDA MA’LIMOT
O‘zbekcha kiyimning ko‘p asrli boy tarixi bor. Unda xalqimizning o‘tmishi, iqlim sharoitimiz, turmush tarzimiz ko‘zguda aks etgandek ifoda topgan. A.Makedonskiy yurishlari, mo‘g‘ullar bosqinchiligi, Temuriylar yurishlari va xukmronligi, nihoyat, mustabidlik davri – bularning hammasi kiyimda o‘z aksini topdi.
Antik dunyo davrida (miloddan avvalgi IV asrdan milodning IV asrigacha) ayollar ko‘ylagi yunoncha xitonga o‘xshash, lekin o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lar edi: old va ort bo‘laklar etagining yon burchaklari o‘zaro biriktirilib, bu faqat antik sharq uchungina xos bo‘lgan muayyan drapirovka ko‘rinishi hosil bo‘lib turardi. Ayollarga u paytlarda lozim kiyish odat edi. Bosh kiyim, sochni turmaklash shakllari har xil bo‘lardi. Tillaqoshlar, shokilalar, jevaklar, bilakuzuklar taqilardi.
Ilk o‘rta asrlar davrida (V-VIII asrlar) ayollar gavdaga juda yopishib turadigan tunukasimon bichimli ko‘ylak va faqat chap tomon qaytarmali, ko‘ndalang taxlamalar ichiga kiritib qo‘yiladigan uzun yenglari bor tunukasimon ust kiyimda yurishardi. Kiyimni yorqin gulli va sernaqsh shoyi gazlamalardan tikishar edi. Sochlarini silliq tarab, chekka qismini quloqlar ustidan ularga yopishtirib o‘tkazib, soch o‘rimiga qo‘shib qo‘yishar, zargarlik buyumlaridan juda xilma-xil taqinchoqlar taqishar edi.


Download 5.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling