Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash


Krep gazlamalar eng ko’p ishlatiladi


Download 5.01 Mb.
bet8/19
Sana03.11.2023
Hajmi5.01 Mb.
#1744996
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Krep gazlamalar eng ko’p ishlatiladi.
Krepdeshin – sidirg’a yoki gul bosilgan yupqa shaffofmas gazlama; sirti mayda donli; tandasiga xom ipak ishlatilganidan o’ziga xos tovlanib turadi.
Krep-shifon – yupqa,yengil, shaffof, sutrang, sidirg’a yoki guldor gazlama; tandasi va arqog’iga ipak – krep ishlatilib, polotno o’rilishda to’qiladi.
Krep-jorjet – krep-shifonga qaraganda bir oz zichroq, qalinroq va noshaffofroq gazlama. Yo’g’onroq krepdan polotno o’rilishda to’qiladi.
Glad kichik gruppasidagi gazlamalar ichida shoyi-polotno eng keng tarqalgan. Tandasiga xom ipak, arqog’iga bo’sh pishitilgan ipak ishlatib tual va fulyar ishlab chiqariladi.
Shoyi-polotno – xom yoki guldor gazlama; tandasi va arqog’iga ipak kalava ip ishlatib, polotno o’rilishda to’qiladi.
Jakkard gazlamalar jumlasiga bezak gazlamalar kiradi. U ipak kalava ipdan tukli o’rilishda to’qilgan. Tuklarning bo’yi 1-2mm; gazlamaning eni 70,90,135sm, 1m gazlamaning massasi 190g.
Ipak va boshqa tolalar qo’shib to’qilgan gazlamalar
Bunday gazlamalar tabiiy ipakdan yoki paxta tolasi, yoxud sun’iy kompleks iplar, yo bo’lmasa hajmdor sintetik kalava ip qo’shilgan tabiiy ipak kalava ipdan to’qiladi.
Baxmal – tukli o’rilishdagi gazlama. Tuklarning balandligi 5-7mm; grunt sistemasi paxta tolalaridan yigirilgan kalava ipdan, tukli ipakdan bo’ladi; 1m gazlamaning massasi 270g.
Ko’ylaklik duxoba – kalta tukli gazlama. Tuklari viskoza iplardan va grunt sistemasi tabiiy ipak yoki paxta ipdan bo’ladi.
Tezoblangan vilyur-duxoba – tabiiy krep-jorjetga bir rangli tukli gul tushirilgan gazlama. Gul viskoza tuklarini qisman tezoblab hosil qilinadi.
Gazlama art. 21009 – murakkab mayda gulli o’rilishdagi bosma gulli hajmdor gazlama. Tandasi tabiiy krepdan va arqog’i hajmdor kapron kalava ipdan to’qiladi.
Gazlama art. 21017 – sidirg’a bo’yalgan yoki gulli gazlama; krepdeshin tipida to’qilgan, lekin tandasiga triatsetat ip ishlatiladi.
Gazlama art. 21028 – tabiiy krep-jorjet tipidagi bosma gulli shaffof gazlama. Arqoq sistemasiga silliq yaltiroq kapron iplar qo’shib to’qiladi.
Gazlama «Dilbar» art. 22076 – bosma milliy naqsh tushirilgan atlas o’rilishdagi zich gazlama. Tandasiga viskoza iplar va arqog’iga tabiiy iplar ishlatiladi.

Download 5.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling