Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash


Ayollar kiyimlari va matolarga qo’yiladigan talablar


Download 5.01 Mb.
bet6/19
Sana03.11.2023
Hajmi5.01 Mb.
#1744996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1.2. Ayollar kiyimlari va matolarga qo’yiladigan talablar
Ko’ylaklik gazlamalar.
Ko’ylaklik kamvol gazlamalar yengil bo’ladi, o’rilish naqshi aniq bilinib turadi, ular 15-31 teksli yakka kalava ipdan va 15 teksli X2-31 teks X2 li pishitilgan kalava ipdan silliq, mayda gulli va yirik gulli o’rilishlarda to’qiladi.
Kreplar – sidirg’a yoki gulli, yupqa, qayishqoq gazlama. Krep tipida pishitilgan kalava ipdan mayda donli sirtli qilib to’qiladi. Krep turli o’rilishlarida to’qiladi; nisbiy zichligi uncha katta emas; eni 90, 106,142, 152 sm; 1 m2 gazlamaning massasi 194-220 g.
Jemchug – pishitilgan kalava ipdan mayda gulli o’rilishda to’qilgan sidirg’a bo’yalgan gazlama. Eni 142 sm, 1 m2 gazlamaning massasi 228 g.
Novost – kalava ipning xili va sirtki zichligi jihatidan Jemchug gazlamasiga o’xshagan, lekin yirik gulli o’rilishda to’qiladigan gazlama.
Iriada – sidirg’a bo’yalgan, yirik gulli o’rilishdagi gazlama. Tandasi pishitilgan kalava ipdan, arqog’i yakka kalava ipdan to’qilgan.
Turayda – sidirg’a bo’yalgan, gullari yirik gulli o’rilishda to’qilgan, gullari yirik romb shaklidagi gazlama.
Ladya – sidirg’a bo’yalgan, siyrak, yupqa, polotno o’rilishdagi gazlama; har xil nomerli kalava iplardan 5 mm2 o’lchamli kataklar hosil qilingan.
Ko’ylaklik-kostyumlik jakkard gazlama «Fantaziya» - sidirg’a bo’yalgan qalin, yirik gulli o’rilishdagi gazlama. Tandasi 19,2 teks X2 li pishitilgan kalava ip va arqog’iga 31 teksli yakka kalava ip ishlatilgan.
Ko’ylaklik yarim jun gazlamalar tuzilishi va bo’yalishi jihatidan turli tuman bo’ladi. Aralash junli kalava ip va ximiyaviy kompleks iplar qo’shib pishitilgan kalava ipdan to’qiladi. Junning miqdori 20-80%. Bu gruppadagi ko’pgina gazlamalar tarkibida 20-50% lavsan bo’ladi.
Kashemirlar – eng tipik yarim jun ko’ylaklik gazlamalar. Ular sidirg’a mayin bo’ladi, sarja o’rilishida to’qiladi. Maktab formasi tikish uchun ishlatiladi.
Lyuks gazlamasi ko’p yillardan beri ishlab chiqariladi; mayda gulli o’rilishda to’qilgan; sidirg’a tarkibida 70% jun va 30% shtapel viskoza tola bo’ladi. Eni 142sm, 1m2 gazlamaning massasi 271 g.
«Paxra» - yupqa, yarim shaffof, mayda gulli o’rilishdagi xom (sarg’ish) gazlama. Zichroq joylashgan kalava iplar sezilar-sezilmas katak hosil qiladi. Tarkibida 40% jun, 45% nitron va 15% kapron bor.
«Tamara» - sidirg’a bo’yalgan, sirti mayda donli, krep o’rilishidagi gazlama. Tarkibida jun (43%) nitron kapron bor; 1m gazlamanig massasi 197g.
Quyida shu assortimentdagi eng tipik gazlamalarning xarakteristikasi keltirilgan.
«Proxlada» - yupqa, mayin, polotno o’rilishli, katak-katak gulli gazlama. Tandasi va arqog’iga 22 teks X 2 li kalava ip iщlatilgan.
«Yashma» gazlamasi «Proxlada» gazlamasiga o’xshaydi, lekin mayda gulli o’rilishda to’qilgan. 1m gazlamaning massasi 187g.

Download 5.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling