Texnik ijodkorlik va konstruksiyalash
Zig’ir tolali gazlamalar assortimenti
Download 5.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zig’ir tolali polotnolar Polotno
- II.BOB. AYOLLAR KO’YLAKLARINI LOYIHALASH BOSQICHLARI 2.1. Ayollar ko’ylagini loyihalash
Zig’ir tolali gazlamalar assortimenti
Zig’ir tolali gazlamalar assortimentining 28% ini maishiy gazlamalar, 40% ini o’rov gazlamalari, 32% ini texnik gazlamalar tashkil etadi. O’rov gazlamalari juda puxta bo’ladi va buyumlarni o’rash uchun ishlatiladi. Zig’ir tolali texnik gazlamalarga brezent parusina, dag’al polotno, bortovka va boshqalar kiradi. Zig’ir tolali – lavsan gazlamalar assortimenti kengayotganligi va bunday gazlamalar borgan sari ko’proq ishlab chiqarilayotganligi sababli ko’ylaklik-kostyumlik zig’ir tolali gazlamalar yildan-yilga qo’llanilmoqda. Tarkibida 25-67% shtapel lavsan o’rilgan zig’ir tolali – lavsan gazlamalar va kompleks iplar tarzida viskoza lavsan yoki kapronli gazlamalar ishlab chiqarilmoqda. Yangi har xil ximiyaviy tolalarni tabiiy tolalarga aralashtirib, mayin, plastik,yengillashtirilgan strukturalar yaratilishi hisobiga zig’ir tolali gazlamalar assortimenti kengayadi. Bo’yalishi jihatidan zig’ir tolali gazlamalar xom, yarim oq, oqartirilgan va sidirg’a bo’lishi mumkin. Guldor va gul bosilgan zig’ir tolali gazlamalar kamroq ishlab chiqariladi. Zig’ir tolali polotnolar Polotno – eng tipik zig’ir tolali gazlama. Polotno oq va yarim oq sof zig’ir tolali va ip gazlama asosidagi yarim zig’ir tolali qilib ishlab chiqariladi. Yarim zig’ir tolali gazlamalardan farqli ravishda sof zig’ir tolali polotnolar ancha pishiq, og’ir, dag’al va tovlanuvchan bo’ladi. Sof zig’ir tolali polotnolar ishlab chiqarish uchun faqat ho’l yigirilgan 18-166 tekslikalava ip ishlatiladi. 1m polotnoning massasi 106-300g. Ensiz polotnolarning eni 80, 90sm, enlilarniki 138-200sm. Polotnoni tikuvchilikda ishlatish qiyin emas: taxlanganda cho’zilmaydi, qiyshaymaydi, lekin sirpanishi mumkin. II.BOB. AYOLLAR KO’YLAKLARINI LOYIHALASH BOSQICHLARI 2.1. Ayollar ko’ylagini loyihalash Ayollarning koketkali milliy ko‘ylagi XX asrning boshida yaratilgan. Uning tashqi ko‘rinishida milliy, an’anaviy va maishiy omillar mujassamlashgan. Ayollar milliy ko‘ylagining konstruktiv tuzilishi issiq iqlim sharoitiga yuqori darajada mosligi bilan xarakterlanadi. Bu gigiena va fiziologiya mutaxassislari tomonidan ilmiy jihatdan asoslangan. Milliy ko‘ylak ikki qavatli koketka tufayli qomatning yuqori tayanch sathiga yopishib, ko‘krak va kuraklar chizig‘idan boshlab kiyim ostidagi havo bo‘shlig‘ining hajmini oshiradi (1- rasm). Ko‘ylak old koketka, orqa koketka, old tana, orqa tana detallaridan iborat. Orqa koketkasining ko‘ndalang chizig‘i kuraklar markazining sathidan o‘tadi. Ularning shakli va konstruktiv tuzilishi turlicha bo‘lishi mumkin: kaltaroq, uzunroq, dumaloqroq, to‘g‘ri chiziqli yoki turli shakllarda. Old koketkasining ko‘ndalang chizig‘i ko‘krak nuqtasi ustidan model xususiyatiga bog‘liq holda 2,0 – 6 sm masofada o‘tishi mumkin. Uning uzunligi va shakli modelga moslab o‘tkaziladi. Koketka yaxlit bichilgan yoki ikki bo‘lakli bo‘lishi mumkin. Ko‘ylakning pastki qismi – tanasi – keng to‘g‘ri, trapetsiyasimon kengaygan, uzun yoki kalta moda yo‘nalishiga bog‘liq holda quriladi. Ko‘ylak detallarining konstruksiyasi beli yaxlit bichilgan ko‘ylak chizmasi asosida modellashtiriladi. 1, a - rasmda tipaviy tuzilishdagi (yoqasi ochiq, pidjakbop, engi to‘g‘ri o‘rta kengli, o‘rta chiziqda taqilmadek bort chiziqlari ustma – ust o‘tgan) ayollar milliy ko‘ylagining modelli konstruksiyasi . Orqa koketkasi quyidagicha modellashtiriladi: 11 nuqtadan o‘rta chiziq bo‘ylab koketka uzunligi qo‘yiladi. 14' nuqtadan o‘miz chizig‘i bo‘ylab 13 sm qo‘yiladi. Orqa koketkasining chizig‘i o‘miz chizig‘idagi 332 nuqtaga nisbatan 2 – 3 sm pastroq o‘tishi mumkin. Belgilangan nuqtalar ravon birlashtiriladi. Elka vitachkasi koketka chizig‘iga shablon usuli orqali o‘tqaziladi. Old koketkani qurish uchun 14'' nuqtadan old o‘mizi bo‘ylab 352 nuqtadan 14 sm o‘lchab qo‘yiladi, yoki kiyim razmeriga va modelga bog‘liq holda 2 – 3 sm pastroq tushiriladi. Koketka chizig‘i ko‘krak nuqtasining ustidan 3 sm teparoq o‘tib, o‘rta chiziqning 371 nuqtasi bilan (modelga bog‘liq holda pastroq yoki teparoq) ravon birlashtiriladi. Ko‘krak vitachkasi shablon usuli yordamida koketka chizig‘iga o‘tqaziladi. O‘rta chiziq bo‘ylab koketka bir – birining ustiga o‘tish kengligi 2,5 - 3 sm, yoqa o‘mizi o‘rta chiziqda 0,7 sm ga tushiriladi. Bort qaytarmasining shakli modelga mos ifodlanadi. Old etak chizig‘idagi 97 – 971 pastki balans 371 nuqtadan tepa tomonga o‘lchanib 97' nuqta qo‘yiladi. Old tanasining tepa qirqimi 97' nuqtadan o‘tib 6 – 8 sm yoki modelga mos kengaytiriladi. Orqa tanasi ham 6 – 8 sm ga kengaytiriladi. YOn chizig‘i 331 – 351 o‘miz chizig‘ining o‘rtasidan boshlanadi. Koketkali milliy ko‘ylakni modellashga xos xususiyatlarga yana quyidagilar ham kiradi: old koketkasining kengligi 0,5 – 0,7 sm ga toraytiriladi, ya’ni koketkaning o‘rta chizig‘i chap tomonga suriladi; o‘miz chizig‘idagi ko‘ylak tanasining yuqori nuqtalari orqa bo‘lakda 332 nuqtadan, old bo‘lakda 352 nuqtadan juda pastga tushgan holda ko‘ylakning ergonomik ko‘rsatkichlari pasayadi. Download 5.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling