Texnik konstruksiyalsh va


Download 216.03 Kb.
bet15/39
Sana05.04.2023
Hajmi216.03 Kb.
#1276623
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr

Badiiy loyihalash atamasi mukammal emasligiga qaramasdan, qabul qilindi va hamma unga ko`nikib ketdi. Ammo tabiat qonuniyatlaridan kelib chiqadigan tamoyillar va mavjudot qonuniyatlar borki, ular texnik va badiiy ijodning eng xilma-xil sohalari uchun, shu jumladan, dizayn uchun ham ma’lum darajada bir xildir.
1.Badiiy loyihalashda ayrim tamoyillar mavjud. Sanoat ishlab chiqarishi buyumlarini loyihalashning uchta asosiy tamoyili mavjud:
A. Manfaatdorlik - ishga oidlik, loyihalashtirish - texnolog, iqtisodiy masalalar majmuini bir vaqtda hal etish.
B. Atrof - muhit va aniq shart-sharoitlarni hisobga olish.
C. Shakl va mazmun birligi (jonlilik).
Birinchi tamoyilga (prinsip) tegishli, boshqa masalalarni o`ziga tobe qilib olgan hal qiluvchi masala manfaat, ishga oidlik masalasi bo`lib hisoblanadi. Haqiqatan ham turmush ashyolari, asboblar, ishlab chiqarish uskunalarining ishga yaroqliligi ahamiyati isbotni talab qilmaydi. Inson tomonidan yaratilgan narsa ma’lum maqsad bilan barpo etilib, aniq vazifani bajaradi. Har qanday narsa, ya’ni mahsulot yoki buyum foydalanishga noqulay bo`lsa va manfaat - ishga oidlik talablariga javob bermasa, u yaroqsiz deb hisoblanadi. Agar uy jihozi foydalanishga noqulay: asbob qo`lni og`ritadigan, mashina yoki dastgohni ishga solish noqulay va kam mahsulot beradigan, zargarlik buyumi ko`rimsiz bo`lsa, ular yaroqsiz hisoblanadi. Mahsulot shakli va uning alohida qismlarini hal etishda, birinchi navbatda, shakl ko`p darajada uning foydalilik - ishga oidlik vazifasiga muvofiq kelishi kerak. Shuning uchun har qanday narsani loyihalashtirishda uning zarurligi, manfaat keltirishi vazifalarini o`rganishdan boshlanishi kerak.
Badiiy loyihalash - sanoat ishlab chiqarish mahsulotlarini loyihalashtirishda yangi ijodiy usuldir, uni joriy etish mahsulotning yuksak sifatini ta’minlamog`i lozim. Manfaatdorlik va estetik tamoyillar birligi uning o`ziga xos xususiyati bo`lib hisoblanadi.

Download 216.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling