Texnik konstruksiyalsh va


Konstruksiyalash mazmuni va bosqichlari


Download 216.03 Kb.
bet17/39
Sana05.04.2023
Hajmi216.03 Kb.
#1276623
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr

2. Konstruksiyalash mazmuni va bosqichlari.
Bu bosqichning mazmuni - tasdiqlangan badiiy loyihalovchi takliflarini rivojlantirish va chuqurlashtirish bo`lib hisoblanadi, pirovard maqsad esa badiiy-loyihalovchi loyihani topshiriqda belgilangan hajmida bajarishidir. Asosiy tuzilish mavzusi allaqachon aniqlangan va agar sanoat san’ati asarlarining ko`rinishi haqida gapirish mumkin bo`lsa, uning paydo bo`lishi to`laligicha badiiy-loyihachi takliflari bosqichiga taalluqlidir.
Badiiy-loyihachi loyihalarining umumiy hajmi buyum xususiyati va katta kichikligiga bog`liq. Mayda buyumlarning to`g`ri burchakli fazoviy shakllari va ularning kesimlari, o`zlarining asl (natural) hajmlarida, ba’zan hatto xomaki nusxa bosqichida ijro etiladi.
Agar gap loyiha varaqalariga to`g`ri kelmaydigan yirik buyumlar haqida borsa, tasvir kichraytiriladi. Ba’zan juda muhim ahamiyatga ega bo`lgan mavzuni ochish uchun tabiiy ko`rinishda tasvirlanadi. Masalan, xona yorug`ligini loyihalashtirishda chiroq asl o`lchamida chiziladi. Yo`l mashinasi yoki boshqa biron xil transport vositasi ustida ishlanganda, haydovchining o`tiradigan joyini, maxsus kreslosi va boshqarish jihozlarini asl o`lchovlarda chizish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Oldindan va izchil ishlab chiqilgan usuli bo`lmasa, sanoat ishlab chiqarishida mukammal mahsulot yaratib bo`lmaydi.
Badiiy loyihalashning butun jarayoni bosqichlarga bo`linadi, ular uslubiy jihatdan me’morchilikda loyihalashtirish bosqichlari bilan umumiy belgilarga ega.
Sanoat mahsulotlarini loyihalashtirish, topshiriqni tuzib chiqish va topshiriq berish vaqtdan boshlanadi. Topshiriqni tuzishda bo`lajak mualliflar-dizaynerlar ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir. Topshiriq buyurtmasi yozma tarzda beriladi, ba’zan esa loyiha chiziqlar bilan to`ldiriladi va ularda loyihaga tushgan buyumning asosiy o`lchovlari ko`rsatiladi. Topshiriqda xizmatga oid vazifalar, chamalangan loyihaviy-tavsiya qarorlar, badiiy-loyiha ishlab chiqarish jarayoniga qo`yiladigan maxsus talablar qisqagina bayon etiladi.
Loyihalashda, topshiriq mavjud mahsulotni zamonaviylashtirish va istiqbolli loyihalashga qaratilgan bo`lishi mumkin.
Rassom-loyihachi muhandis-loyihachi bilan birga, ayrim hollarda esa texnolog va boshqa mutaxassislar bilan mahsulotga qo`yilgan topshiriq va talablarni atroflicha o`rganib chiqadi.
Buyurtmachining topshirig`ini o`rganish va tahlil etishda quyidagi asosiy talablar aniqlanishi lozim:
a) ish tartibi va qulayligi, ta’mirlash, tekshirish qulayligi va hokazolardan kelib chiqadigan xizmatga oid foydalanish talablari;
b) mahsulotdan foydalanish jarayonida insonning his-tuyg`u a’zolari, markaziy asab holati, mushak-harakatlantiruvchi tizimiga ta’sirini ko`zda tutuvchi ruhiy-fizikaviy talablar;
c) mahsulotda foydalanishi mumkin bo`lgan atrofdagi muhit va aniq sharoitlar tomonidan qo`yilgan talablar;
d) ma’lum ishlab chiqarish bazasi, mahsulot tayyorlash imkonlari va hokazolar mavjudligi bilan bog’langan tavsiyaviy talablar;
e) aniq narsalarni qo`llash, mahsulot tuzilishi, mahsulot tayyorlash va ishlov berish usullari va hokazolar shart-sharoitidan kelib chiqadigan loyiha talablari;
f) mahsulotning iqtisodiy samaradorligiga qaratilgan va mahsulotni tayyorlash narxini hamda mehnat unumdorligi, chidamliligi, pishiqligi va boshqa shunga o`xshash ishchanlik ko`rsatkichlarini hisobga oladigan iqtisodiy talablar;
j) badiiy-estetik talablar.
Topshiriq bilan batafsil tanishib, adabiyotlarning asl namunalarini o`rganib chiqqandan keyin, dizayner, odatda, muhandis-loyihachi bilan hamkorlikda xomaki nusxalar ko`rinishlarini ishlab chiqishga kirishadi, ularda eng yaxshi badiiy-loyihachi izlanishlari o`z aksini topadi. Xomaki nusxalar tasviriy chizmalar shaklida loyihalashtiriladigan, buyum to`g`risida aniq ravshan tushuncha beradigan to`g`ri burchakli va istiqbolli fazoviy shakllari orqali ifodalanadi.
Ko`p hollarda namuna sanoat mahsuloti haqida badiiy asarning tuzilish qarorini izlashda asosiy vosita bo`lib qoladi, ammo rasm solish (grafik) vositalari ham inkor etilmaydi, balki, aksincha, asosiy bo`lib hisoblanadi.
Shunday qilib, badiiy loyihalashning birinchi bosqichiga quyidagilar dahldor: tasviriy chizmalar, loyihaning xomaki nusxadagi rasmlarini ishlab chiqish va namuna tayyorlash. Loyihalashning shu bosqichida izohli tushuntirish xati tayyorlanadi, unda qabul qilingan qaror, pardozlash usullari va asosiy ko`rsatkichlar bilan birga qayd qilinadi.
Loyihalashning birinchi bosqichi eng mas’uliyatli va hal qiluvchidir, chunki unda hajmi haqida qaror qabul qilinadi, buyum qismlarining joylashishi, ko`rinishi va boshqa sifatlari belgilanadi. Xomaki nusxali loyihaga namoyish qilinadigan matolarning yuksak sifati hamroh bo`lishi lozim.
Loyihalashning birinchi bosqichi loyihalashning tegishli badiiy-texnik kengashlarida, tasdiqlovchi idoralarda ko`rilishi bilan tugallanadi.
Loyihalashning ikkinchi bosqichi andoza va qoliplar tayyorlashni, ish uchun zarur bo`lgan chizmalarni bajarishni o`z ichiga oladi. Unga to`g`ri burchakli fazoviy shakllarda buyumning umumiy ko`rinishi, loyihalovchi kesimlar, qism va detallarning tarixi, turli qoliplar va boshqalar, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish uchun barcha loyiha matolari kiradi. Ba’zan loyihalashning ikkinchi bosqichi loyiha mualliflari nazoratida tajribaviy namuna yaratish bilan tugallanadi. Bu holatda ommaviy tarzda mahsulot ishlab chiqarish uchun tayyorlangan chizmalar tajribaviy namuna sinovidan o`tgandan so`ng ijro etiladi.
Ayrim hollarda, juda murakkab mahsulotlarni tayyorlashda, texnik loyihani ishlab chiqarish loyihalashtirishning ikkinchi bosqichiga kiradi. Unda ishdagi loyiha uchinchi bosqichga taalluqli bo`ladi. Agar o`zlashtirilgan yoki o`zlashtirilayotgan sanoat mahsuloti uchun topshiriq berilsa, u topshiriq zamonaviylashtirish topshirig`i bilan muvofiqlashib keladi.
Bu holatda, metod sifatida badiiy loyihalashning imkoniyatlaridan to`la foydalanib bo`lmaydi, chunki loyihalashning o`tkazilib yuborilgan bosqichlariga qaytish, tashkiliy tomondan favqulodda murakkab va rejali emas.
Demak, dizayner badiiy loyihalashda loyihani ishlab chiqishning barcha bosqichlarida ishtirok qilmaydi.
Mahsulotning umumiy ko`rinishi to`g`ri burchakli fazoviy shakllar va istiqbolda soyalar sifatida tozalanib, ijro etiladi.
Istiqbolli va soyalar tuzish usullari chizma geometriya qoidalari yoki elektronika yordamida amalga oshiriladi.
Dizayner loyihalashga doir topshiriqdan buyumning vazifasi, uning tamoyilli tuzilishi, uni tayyorlashning tavsiyaviy (texnologik), imkoniyatlari, buyumlar muhiti bilan qanday aloqada bo`lishi lozimligini bilib oladi. Shunday qilib, vazifa qo`yilgan va asosiy shartlar berilgan bo`ladi.
Loyiha mavzusi juda keng ma’noda o`rganib chiqiladi, ya’ni quyidagilarga e’tibor beriladi:

  • mashina yoki jihoz qanday va qaysi sharoitda ishlashi;

  • bu mashinada bajarilgan ishning samarasi yoki loyihalashtirilayotgan buyum nima uchun xizmat qilishi;

  • loyihalashning qanday ko`rinishlari bo`lishi mumkinligi;

  • qanday iqtisodiy talablar qo`yilishini bilish zarur.


Download 216.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling