Texnik konstruksiyalsh va


Download 216.03 Kb.
bet16/39
Sana05.04.2023
Hajmi216.03 Kb.
#1276623
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
Bog'liq
Seminar mashg\'ulotlari 3-semestr

2. Mamlakatimiz olimlari sanoat va san’atning uzviy bog`liqligi hamda nafosat va go`zallik haqida fikr yuritib, u «har qanday narsa, hodisa, san’at asarlarini go`zal saqlash muvofiq shaklda o`zining mujassamlashuvini talab etadi», deb ta’kidlagan edilar.
San’atning boshqa turlari, ilm va texnika bilan dizayn bevosita aloqadordir.
Me’morchilik, amaliy san’at va dizayn san’atining boshqa turlariga qaraganda, moddiy ishlab chiqarishga yaqinroq turadi. Ular insonga va uning kundalik turmushiga zarur bo`lgan ko`pgina buyumlarni nafaqat foydali sifatlarga ega bo`lgan, balki badiiy qiymatga ega bo`lgan inson his-tuyg`ulariga ta’sir etadigan mahsulotlarga aylantiradi.
Badiiy loyihalash jarayonida faqat dizayner, muhandis-mexanik, texnolog, muhandis-pedagog, ruhshunos, ergonomistning bir-birlarini tushunishlari va ijodiy hamkorliklarida to`laqonli natijaga erishish mumkin.
Ba’zan loyiha va tayyorlash texnologiyasi mahsulotning oddiyligi, iqtisodiy va boshqa talablar foydasiga amal qilib, uning asosiy xususiyati, ya’ni qulayligi va ishchanligiga befarq qaraydilar.
3. Shakl va mazmun birligi (obrazlik).
Badiiy loyihalashda tamoyil (prinsip) badiiy - estetik, g`oya nuqtai nazarlaridan eng murakkab va mas’uliyatli bo`lib hisoblanadi.
Ma’lumki, asrlar davomida turli bino va inshootlarning shakli ularning mazmuniga mos ravishda o`z ifodasini topgan. Tarixiy jarayonda me’morchilik turlari ilm, texnika, san’at, kishilar turmushi ijtimoiy sharoitlarining ilg`or taraqqiyoti bilan birga o`zgarib kelgan. Manfaatdorlik san’atda bu shakl va ko`rinishlar, ayniqsa, yangi buyumlar, loyihalar, jamiyat ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishida yangi iqtisodiy, maishiy shart-sharoitlar paydo bo`lgan vaqtda yuzaga keladi.
Dizaynda turli xil bino va buyumlar ko`rinishi asosiy tamoyillar, shu jumladan, shakl va mazmun birligi tamoyilini hisobga olingan holda, ijodiy jarayonda shakllanadi.
Loyihalashtirish jarayoni uzoq tajriba davomida ishlangan va nazariy tomondan asoslangan, bir-biri bilan o`zaro aloqador bosqichlardan iborat: tayyorgarlik davri (loyiha tuzishdan oldingi tadqiqotlar); badiiy loyihalovchilik ishlarini amalga oshirish, barcha bosqichlarda dizayner loyihalashtirish ishlari va sinovlarida qatnashadi, muallif nazoratini olib boradi.
Ishlarni ketma-ket bajarish jarayonida namunaviy reja muhim rol o`ynaydi.
Namunaviy reja, loyiha uchun ajratilgan umumiy vaqt hisobidan tuzilib chiqiladi, u ish bosqichlari bilan bog`liq bo`lib, ular o`z navbatida mavzu xususiyatlariga itoat qiladilar.
Har qanday zamonaviy buyum yuksak darajada rivojlangan ishlab chiqarish mahsulidir. Bu ishlab chiqarish murakkab asbob-uskunalari va aniq texnologiyasi bilan ajralib turadi. Ishlab chiqarilayotgan buyumlarning katta miqdorda bo`lishi har qanday hatto eng kam ahamiyatli detallarni ham mas’uliyat bilan tayyorlashni taqozo etadi. Har bir kichik xato, qarorning o`ylab ko`rilmaganligi yoki ixtiyoriy qabul qilinganligi ahvolni ancha yomonlashtiradi va pirovard natijada katta moddiy zarar keltiradi. Ishlab chiqarishning o`z qonunlari, o`z ilmiy mezonlari va albatta, o`z mantiqi bor, bu mantiq muayyan moddiy asoslarga tayanadi.
Xuddi shuning uchun ham buyumlarni loyihalashtirishda ma’lum darajada muhandis-loyihachilar, texnologlar, shifokorlar, ruhshunoslar, ergonomika bo`yicha mutaxassislar, jamiyatshunoslar va texnik hamda ilmiy bo`limlarning ko`pgina boshqa tarmoqlari vakillari qatnashadilar.
Ularning hammasi ruhshunoslarning fikricha, turlicha tafakkur namoyondalaridir. Muhandis va texnologlar (kontseptual) o`z bilimiga tayanuvchanlik deb ataluvchi aqlga ega bo`ladilar, bu aql mantiqiy va matematik masalalarni yechishga yordam beradi: muhandis va texnologlar ishlab chiqarish turidagi tafakkurga xosdirlar. Estetik aql faqat mantiqiy toifalardan emas, balki shakl va rang o`lchovidan ham foydalanadi. Bu ma’lum darajada rassom-dizaynerga ham taalluqlidir.
Buyumlarning estetik qiyofasini shakllantirish ko`p jihatdan sof loyihalashdan kelib chiqadi. Biroq bu shakllantirish asosida baribir, bizga ma’lum bo`lgan tuzish yoki joylashtirish qonuniyatlari yotadi. Umumlashgan ma’noda bu aytilgan gaplar shuni bildiradiki, dizayner o`z ishida sezgirlik, o`zining dunyoqarashi kengligini tahlil qilish, hisob-kitob va sog`lom fikr bilan birga qo`shib olib borishi lozim.
Dizayner yangi loyiha, yangi nusxa g`oyasi tug`ilgan vaqtdan boshlab xaridor yoki bo`lajak iste’molchi, aslida nimani talab qilishini payqab olishi lozim. Lekin dizaynerning ma’naviy madaniyati faqat bugungi kun vazifalarini hal qilishga yordam berib qolmasligi kerak. Bugun loyihalashtirilayotgan narsa bir necha yildan keyin chiqarilishi mumkin, shu sababli bo`lajak iste’molchining did va estetik talablarini oldindan ko`rish kerak.
Texnik loyihalar yasash sohasidagi yangi estetik yo`lning burilish yo`nalishlarini faqat dizayner seza oladi.
Mo`ljallanayotgan tanlash, yangi buyumning ma’qul deb topilishi, xaridorning afzal topishi deb hisoblanadi. Uni oldindan payqash uchun alohida mahorat talab qilinadi.
Buyumning shakli, rangi, fazoviy tuzilishi bo`ladi va tasviriy san’atning rang-tasvir, haykaltaroshlik, me’morchilikning ba’zi bir shakliy sifatlariga ega bo`ladi. Bu buyum estetik qiymatining yaratuvchisidir.
Dizayner maxsus bilim olayotgan chog`ida rasm chizadi, buyumlar yasaydi. Odatda, dizaynerlarga bo`lajak dastgohi, rassomlar, tasviriy chizmalar, me’morchilar bilan birga ta’lim berishadi. Dizayner o`z ongi va badiiy tuyg`usini boyitib borar ekan, xuddi o`ziga estetik qadriyatlarni jamlaganday bo`ladi, ularning o`zi kasb faoliyatiga tatbiq etishni maqsad qilib qo`yadi. Dizaynerlar o`zlari bilan yonma-yon ishlaydigan muhandislar va texnologlarni tushunish uchun texnik tayyorgarlikka ham ega bo`ladilar.
Jamiyatshunoslar mo`ljalidagi me’yorlardan kelib chiqib uyning hajmiga mos ravishda taxminiy tarkibini aniqlab chiqishlari kerak.
Shifokorlar ham o`z talablarini qo`yadilar, ularning ham bir qator mezonlari borki, bularni albatta hisobga olish zarur.
Sanoat binolarini loyihalashtirishda muhandislar asosiy o`rinni egallaydilar. Bo`lajak ishlab chiqarishning o`ziga xos tomoni, sexning rejalashtirilishi va mashinalarning qurilishini belgilab beradi, rassom esa loyihalashda qatnashadi va ko`p jihatdan bu o`rinda sof ishlab chiqarish sharoiti bilan bog`liq bo`ladi.
Shunday qilib, loyihalashning ko`p qirrali xususiyati mutaxassislarning juda keng doirasi ishtirok etishini taqozo qiladi, bunda muayyan binoning xususiyatlariga qarab, mazkur mutaxassislar o`rtasida juda xilma-xil munosabatlar bo`lishi, ularnipg salmog`i jiddiy ravishda ortib yoki kamayib turishi mumkin.

Download 216.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling