Texnik tizimlarda axborot texnalogiyalari


Download 450.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana23.12.2022
Hajmi450.46 Kb.
#1049101
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Normamatov Akmal

Elektron raqamli imzo — Elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat 
axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus 
oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti 
yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan 
imzo. (qonun)Qonunda talab etilgan shartlarga rioya etilgan taqdirda elektron 
raqamli imzo qogʻoz hujjatga shaxsan qoʻyilgan imzo bilan bir xil ahamiyatga 
egadir. Elektron maʼlumotlarni kriptografik oʻzgartirish natijasida hosil qilingan 
belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzo maʼlumotlar blokiga qoʻshib 
qoʻyiladi va blokni qabul qiluvchiga, manbani va maʼlumotlarning butunligini 
tekshirish hamda soxtalashtirishdan muhofazalanish imkonini beradi. Hozirgi 
kunga kelib, ayrim mamlakatlar qonunchilik yoʻli bilan raqamli imzodan 


foydalanishni layoqatliligini qonunlashtirib qoʻyganlar. Elektron raqamli imzo 
kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi. 
Axborot texnologiyalari bilan birga axborot tizimlari jadal sur’atlar bilan 
rivojlanib borishi turli manbalardan ma’lumot olish tezligini sezilarli darajada 
oshishiga olib keldi. Davlat muassasalari, tijorat korxonalari va jismoniy 
shaxslarning axborotni elektron shaklda yarataolishi, saqlay bilish imkoniyatlari 
yaratilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda elektron hujjat aylanish tizimlarini 
joriy etish jadal suratlarda amalga oshirilmoqda va bu iqtisodiyot tarmoqlariga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi ma’lum. Shu bilan birga qog‘oz shaklidagi hujjatlar kabi 
elektron hujjatlarning ham xavfsizligi, uning begona shaxslar tomonidan ruxsatsiz 
foydalanilishi, o‘zgartirilishi yoki soxtalashtirilishi kabi noqonuniy amaliyotlar 
hatarining yanada oshishiga sabab bo‘ladi. Ushbu xavf-xatarlarning oldini olish 
maqsadida axborotlarni kriptografik shifrlash usullaridan foydalaniladi. 
Barchaga ma’lumki har qanday ma’lumotlar yoki axborotlar belgilangan tartibda 
egasi tomonidan imzolangandan keyingina hujjat maqomiga ega bo‘ladi, elektron 
ma’lumotlar ham elektron hujjat bo‘lishi, ushbu hujjatni elektron imzo (ya’ni 
elektron raqamli imzo – ERI) bilan imzolash zarur bo‘ladi. 
Elektron hujjat aylanish tizimlari va elektron raqamli imzo bilan bog‘liq bir nechta 
atamalar mavjud va bu atamalarni bir biridan farqlash, to‘g‘ri qo‘llash muhim 
xisoblanadi, shu sababdan quyida ushbu atamalrni izohi bilan keltirib o‘tsak: 

Download 450.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling