Texnik tizimlarda axborot texnalogiyalari


Download 450.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana23.12.2022
Hajmi450.46 Kb.
#1049101
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Normamatov Akmal



 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
 
 
JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI 
 
SANOAT TEXNALOGIYALARI FAKUL’TETI
 
 
I-bosqich 213-22 gurux talabasi Normomatov Akmal ning 
 
 
“TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNALOGIYALARI” fanidan 
 
tayyorlagan 
 
 
MUSTAQIL ISHLARII
 
 
 
MAVZU: Kompyuter xavfsizligi muommolari 
MAVZU: Elektron Xujjatlar va elektron raqamli imzo haqida ma’lumotlar 
Rahbar: _______________________ 
Bajardi: ________________________ 
JIZZAX – 2022 


 
 
 
Mavzu: Kompyuter xavfsizligi muommolari 
Reja: 
1. Kompyutert tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushunchalari. 
Boshqaruvning axborot tizimi
2. O`zbekiston Respublikasida ma`lumotlarni himoyalashning me`yoriy- 
huquqiy va qonunchilik asoslari 
3. Axborot –huquqiy tizimlar, ularning turlari va imkoniyatlari 
Axborotlashtirish soxasidagi davlat siyosati, axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlanish va takomillashuvining zamonaviy 
jahon tamoyillarini hisobga olgan holda 
milliy axborot tizimlarini yaratishga qaratilgan. 
Huquqni muhofaza qilish faoliyatining axborot ta`minotini jadallashuvi, 
tezkor vaziyatni tavsiflovchi, ishonchli ma`lumotlarni muntazam yig`ib borilishi, 
uning o`z vaqtida va sifatli tahlil qilinishi hozirgi sharoitda jinoyatchilikka qarshi 
kurashni tashkil etishning muhim shartlaridan bir hisoblanadi. Axborot 
jarayonlarini avtomatlashtirish 
kompyuter texnikasini joriy etishga, ma`lumotlarni yig`ish, saqlash, qayta 
ishlash va uning asosida ma`lumotlarni berish avtomatlashtirilgan tizimlarini 
yaratishga bevosita bog`liqdir. Huquqni muhofaza qilish faoliyati axborot 
ta`minotining jadallashtirish masalasini muvaffaqiyatli hal etish uchun axborot 
texnologiyalaridan foydalanish amaliy ko`nikmalariga ega kadrlar tayyorlash talab 
etiladi. Yuksak axborot 
madaniyati faqat chuqur maxsus bilimlar orqali ta`minlanadi. 
Zamonaviy mutaxassisni malakasi shu bilan belgilanadiki, u shaxsiy 
kompyuter ishlashining asosiy tamoyili va qurilmalarini tushunishi, 
ma`lumotlarni yig`ish, saqlash va qayta ishlashning, jumladan telekommunikatsiya 
(kompyuter tarmog`i) ning zamonaviy tamoyillarini bilishi zarur. 


Boshqaruv axborotlarining kompyuterda matn protsessorlari va grafik 
muharrirlar yordamida qayta ishlanishi elektron hujjatlar tayyorlashga, ularni 
saqlash va kompyuter tarmoqlari orqali uzatishga ketgan mehnat harajatini 
qisqartirib, mehnat samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Shu sababli har bir 
xodim uchun matnlar, rasmlar va jadvallarni matn muxarrirlari yordamida qayta 
ishlash imkoniyatlari va ulardan foydalanish ko`nikmalariga oid bilimlar muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
Huquqshunoslar o`zining amaliy faoliyatida faqat aniq yuridik faktlar 
bilangina emas balki yuridik jihatdan ahamiyatli bo`lgan xodisa 
va jarayonlar bilan ishlashlashlariga to`g`ri keladi. Ularning statistik tahlili 
huquqshunoslar faoliyatining zaruriy sharti hisoblanadi. 
Mutaxassis ishining samarasi, uni ish vaqtini qanchalik ratsional 
sarflanayotganligiga bog`liq bo`lsa, huquqiy axborot tizimlaridan (LexUZ, Pravo, 
Norma) foydalanish esa vaqtni imkon qadar kam sarflashga va huquqiy aktlarni 
qidirish uchun zarur bo`lgan harakatlarni qisqartirishga 
olib keladi.Axborot tizimlari va texnologiyalarining asosiy tushunchalari. 
Boshqaruvning axborot tizimi 
O`zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrida qabul qilingan 
“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g`risida”gi Qonunida 
quyidagilar asosiy tushunchalar keltirilgan: 
- axborot – manbalari va taqdim etilish shaklidan qat`i nazar shaxslar
predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to`g`risidagi ma`lumotlar; 
- axborot mulkdori – o`z mablag`iga yoki boshqa qonuniy yo`l bilan 
olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf 
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
- axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka 
taxdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish chora- 
tadbirlari; 
- axborot sohasi – subyektlarning axborotni yaratash, qayta ishlash va 
undan foydalanish bilan bog`liq faoliyati sohasi; 
- axborot borasidagi xavfsizlik – axborot sohasida shaxs, jamiyat va 


davlat manfaatlarining himoyalanganlik holati; 
- axborot egasi – qonunda yoki axborot mulkdori tomonidan belgilangan 
huquqlar doirasida axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf 
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
- maxfiy axborot – foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq 
cheklab qo`yiladigan hujjatlashtirilgan axborot; 
- ommaviy axborot – cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun 
mo`ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual 
hamda boshqa xabarlar va materiallar; 
- hujjatlashtirilgan axborot – identifikatsiya qilish imkonini 
beruvchi rekvizitlari qo`yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot. 
O`zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrida qabul qilingan 
“Axborotlashtirish to`g`risida”gi Qonunida quyidagilar asosiy tushunchalar 
keltirilgan: 
- axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga 
bo`lgan extiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot 
texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan xolda sharoit 
yaratishning tashkiliy ijtimoiy iqtisodiy va ilmiy texnikaviy jarayoni; 
- axborot resursi – axborot tizimi tarkibidagi elektron shaklidagi 
axborot, ma`lumotlar banki, ma`lumotlar bazasi; 
- axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori – 
axborot resurslariga yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan 
foydalankuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
- axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi – qonun bilan yoki 
axborot resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori 
tomonidan belgilangan huquqlar doirasida axborot resurslariga yoxud 
axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni 
tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs; 
- axborot texnologiyasi – axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov 
berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va 
jarayonlar; 


- axborot tizimi – axborotni to`plash, izlash, saqlash, unga ishlov berish 
hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jixatdan tartibga solingan 
jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari. 
Ushbu qonunning 4-moddasi axborotlashtirish to`g`risidagi davlat siyosati 
belgilab qo`yilgan. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari
axborot 
texnologiyalari, 
va 
axborot 
tizimlarini 
rivojlantirish 
hamda 
takomillashtirishning zamonaviy jaxon tamoiyilllarini hisobga olgan xolda milliy 
axborot tizimini yaratishga 
qaratilgan. 
Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo`nalishlari 
quyidagilardan iborat: 
— har kimning axborotni erkin olish va tarqatishga konstitutsiyaviy 
huquqlarini amalga oshirish, axborot resurslaridan erkin foydalanishini 
ta`minlash; 
— davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot 
tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari 
asosida O`zbekiston Respublikasining yagona axborot makonini yaratish; 
— xalqaro axborot tarmoqlari va Internet jaxon axborot tarmog`idan 
erkin foydalanish uchun sharoit yaratish; 
— davlat axborot resurslarini shakllantirish, axborot tizimlarini 
yaratish hamda rivojlantirish, ularning bir biriga mosligini va o`zaro aloqada 
ishlashini ta`minlash; 
— axborot texnologiyalarining zamonaviy vositalari ishlab chiqarishini 
tashkil etish; 
— axborot resurslari, xizmatlari va axborot texnologiyalari bozorini 
shakllantirishga kumaklashish; 
— dasturiy maxsulotlar ishlab chiqarish rivojlantirilishini rag`batlantirish; 
— tadbirkorlikni qo`llab quvvatlash vav raxbatlantirish, investitsiyalarini 
jalb etish uchun qo`lay sharoit yaratish; 
— kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni 
rag`batlantirish. 


Axborot idrok etuvchi subyekt yoki texnik qurilma tomonidan qabul 
qilinibgina qolmasdan, dastlabki manbadan ajralgan bo`lishi kerak. Natijada 
axborot ustida amallar bajariladi. Bu amallar to`plami axborot 
jarayonini tashkil etadi. 
Axborot jarayonlari – bu axborotlarni qabul qilish, yig`ish, ishlov 
berish va uzatish jarayonidir. Axborot doimo moddiy-energetik shaklda, 
jumladan signal ko`rinishida namoyon bo`ladi. Signal turli-tuman fizik tabiatga 
ega bo`lishi mumkin. Axborot jarayonida, signal manbadan qabul qiluvchiga, 
undan esa manzilga axborotni tashish vazifasini bajaradi. Axborot uzatish jarayoni 
— ko`p bosqichli bo`lib, signal har bir etap oralig`ida fizik xususiyatini 
o`zgartirishi mumkin. Bunda axborotni tashuvchi signalning o`zaro bir 
qiymatliligi, uzatishning obyektivligi va 
batafsilligi, qabul qiluvchi subyektning qabul qilish imkoniyati to`g`risidagi 
masalalar yuzaga keladi. Axborot uzatilishi – bu axborot jarayonining bir qismini 
tashkil etadi. Aslida axborot jarayoni u yoki bu manbada joylashgan axborotni 
qabul qilish va qayd etishdan boshlanadi. Axborot turli shovqinlardan ajratiladi. 
Signalni shakllanish jarayoni tugallanib, uning yordamida axborot uzatiladi. Signal 
diskret shaklda ifodalanishi mumkin bo`lgan aniq tuzilishga ega. Kompyuterning 
ishlashi diskretlashtirilgan signallarni uzatish tamoyiliga asoslangan bo`lib, u 
formal-mantiqiy amallarni bajaradi. Obyektlar obrazini subyektiv qabul qiladigan 
insondan farqli o`laroq, kompyuter obyektning turli belgilari kodlarini qabul qiladi. 
Inson va kompyuterning axborotni qabul qilishdagi prinsipial farqqa 
qaramasdan ikkalasida ham axborot jarayoni ma`lumotni qabul qilish va uni 
ajratishdan boshlanadi. Axborotning o`zi — elektr, akustik, 
optik va shular kabi fizik kanallar orqali uzatish uchun qulay bo`lgan signal 
mazmunidir. 
Axborotni qabul qilish — uni boshqa subyekt yoki qabul qilish qurilmasi 
tomonidan ikkilamchi qabul qilinishidir. Axborotlarga ishlov berish inson yoki 
texnik qurilma, jumladan kompyuter tomonidan amalga oshiriladi. Kompyuterda 
axborotlarga ishlov berishning ma`nosi - qat`iy dastur yoki algoritm bo`yicha 
kelayotgan 
ma`lumotlarni 
raqamli 
yoki 
analogli 
qilib 
o`zgartirishdir. 


Ma`lumotlarga ishlov berish va biror masalani yechish uchun kompyuterda uncha 
ko`p bo`lmagan o`zgaruvchilar to`plami bo`lishi kerak. Kompyuterdan farqli 
o`laroq, inson ma`lumotlarni fikran va mantiqan qayta ishlash qobiliyatiga ega. 
Axborot jarayoni iste`molchiga axborotni taqdim etish, ya`ni turli ko`rinishdagi 
tasvirlarni namoyish va qaror qabul qilish bilan tugallanadi. Ma`lumotlarni saqlash 
muhim bosqich bo`lib, u boshqa bosqichlar oralig`idagi holatni egallaydi va 
axborot jarayonining ixtiyoriy etapida amalga oshirilishi mumkin. 
Shunday qilib, kompyuter ma`lumotni qabul qilishdan boshlab to unga 
ishlov berishning tugallanishigacha bo`lgan axborot jarayonining ixtiyoriy 
bosqichida qo`llaniladi. Har bir axborot jarayonining mazmuni ushbu axborotga 
ishlov berilayotgan soha faoliyati bilan aniqlanadi. Axborot jarayonlari 
murakkablik darajasi bilan farqlanadi. 
Axborot jaryonining ancha sodda bo`lgan ko`rinishi – ma`lumotlardan nusxa 
olishdir. Boshqaruv jarayonlari esa eng murakkab ko`rinishiga taalluqlidir 
Boshqaruv — bu axborot jaryoni bo`lib, qo`yilgan maqsadga erishishga 
olib keluvchi tizim holatining o`zgarishidir. Bunda to`g`ri va teskari 
bog`lanish tamoyili amalga oshiriladi. Tamoyil faqatgina kutilayotgan natijalarni 
o`rnatishnigina emas, jarayonning haqqoniy borishining ham 
hisob va nazoratini olib borish hamda tizimni mo`ljallangan parametrlaridan 
eng kam og`ishiga erishish maqsadida kutilayotgan o`zgarishlar yo`nalishida 
tizimga ta`sir ko`rsatish imkonini beradi. 
Ma`lumotlar ustida amallarni bajarish qidirish, kodlash, himoyalash, 
saqlash va boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Amaldagi boshqaruv 
tizimlari o`ta murakkab va judda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Ular boshqaruv 
axborotlari va qayta aloqaga ega bo`lgan bir necha kanallardan tuzilgan bo`lishi 
mumkin. 
Tizim deganda bir vaqtni o`zida ham bir butun, ham maqsadga erishish 
yo`lida turdosh bo`lmagan elementlar to`plami birlashmasi sifatida 
qaraladigan har qanday obyekt tushuniladi Tizimlar bir-biridan tuzilmasiga hamda 
unga qo`yilgan asosiy maqsadlariga ko`ra farqalanadi. 


Informatikada «tizim» tushunchasi texnik vositalar va dasturlar yig`imlariga 
nisbatan ko`proq qo`llaniladi. Tizim tushunchasini kompyuterning qurilmalariga 
nisbatan ham qo`llash mumkin. Bundan tashqari, aniq masalalarni yechishga 
mo`ljallangan, hujjat ishlarini yuritish va boshqaruv hisob-kitoblari protseduralari 
bilan to`ldirilgan 
ko`plab dasturlar ham tizim bo`lib hisoblanishi mumkin. 
«Tizim» tushunchasiga «axborot» so`zini qo`shilishi uning yaratish va 
faoliyat yuritish maqsadini anglatadi. Axborot tizimlari ixtiyoriy sohada 
qaror qabul qabul qilish jarayonida zarur bo`ladigan ma`lumotlarni yig`ish, 
saqlash, qayta ishlash, qidirish va uzatishni ta`minlaydi. Ular muammolarni 
tahlil qilish va yangi mahsulotlarni yaratishga yordamlashadi. 
Axborot tizimlari - ma`lumotlarni saqlash, qidirish va foydalanuvchilar 
so`roviga binoan ularni taqdim etish vazifasini bajaruvchi tizimdir. 
Axborot tizimlarini zamonaviy talqini shaxsiy kompyuterni axborotlarni 
qayta ishlashda qo`llaniladigan asosiy texnik vosita sifatida nazarda tutadi. Agar, 
axborotga ishlov berishda insonning roli 
inobatga olinmasa, axborot tizimlarining texnik jihatdan tadbiq etilishi o`z-
o`zidan hech qanday ma`no kasb etmaydi. 
Boshqaruv axborot tizimlari – ma`lumotlar, iqtisodiy – matematik 
metodlar va modellar, texnik, dasturiy va boshqa texnologik vositalar va 
mutaxassislar iborat bo`lib, ma`lumotlarni qayta ishlash va boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun mo`ljallangan. 
Axborot boshqaruv tizimi strategik va taktik rejalarning joriy masalalarini va 
tashkilotni tezkor boshqarishni hal etmog`i lozim. Avtomatlashtirilgan axborot 
tizimlari ish faoliyati davomida olingan tezkor ma`lumotlar asosida rahbar 
tashkilotning resurslarini (moddiy, moliyaviy va kadrlar) rejalashtirishi, balansga 
keltirishi, resurslardan 
foydalanib, boshqaruv qarorlarining natijalarini hisobini olishi va baholashi, 
qo`yilgan vazifani bajarilishi ustidan tezkor boshqaruvni o`rnatishi va shu kabi 
ishlarni amalga oshirishi mumkin. 
Boshqaruv axborot tizimlari quyidagi imkoniyatlarni beradi: 


– ma`lumotlarni tezkor yig`ish, uzatish va qayta ishlash hisobiga qabul 
qilingan qarorlarning asoslanganlik darajasini oshirish; 
– tashkilot boshqaruvi bo`yicha o`z vaqtida qaror qabul qilinishini 
ta`minlash; 
– barcha rahbarlar tarkibiga yagona axborot fondidan zaruriy ma`lumotlarni 
o`z vaqtida taqdim qilinishi evaziga boshqaruv samaradorligini oshirishga erishish; 
– boshqaruvning har qanday sathida va turli tuzilmalar bo`linmalarida qabul 
qilingan qarorlarni mutanosablashtirish. 
Boshqaruv axborot tizimlarini tasniflash boshqaruv jarayonlarining 
turlariga, boshqaruv sathiga, o`rganilayotgan obyektning faoliyat sohasiga 
va 
obyektning 
tashkil 
etilishiga, 
boshqaruvning 
avtomatlashtirilganlik 
darajasiga bog`liq. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari — turli-tuman tashkilotlar boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo`lgan, avtomatlashtirilgan 
tarzda ma`lumotlarni yig`ish, qayta ishlash va uzatishni ta`minlovchi inson- 
mashina tizimidir. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ma`lumotlarni qayta ishlash 
bo`yicha barcha amallar avtomat tarzda, inson aralashuvisiz, lekin unga 
nazorat vazifalari qoldirilgan holda bajarilishi bilan tavsiflanadi. 
Avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining asosiy tashkil etuvchisi axborot 
teznologiyalari (AT) bo`lib, uning takomillashuvi axborot tizimlarining rivojlanishi 
va faoliyati bilan uzviy bog`liqdir. 
Avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarining asosiy maqsadi — 
dastlabki ma`lumotlarni qayta ishlash vositasida yangi sifatga ega bo`lgan 
axborotlarni olish bo`lib, shuning asosida optimal boshqaruv qarorlarini 
ishlab chiqishdan iboratdir. Bunga axborotning integratsiyalashuvi, uning 
dolzarbligi va bir-birini inkor etmasligini ta`minlanishi, boshqaruv apparati 
faoliyatini qo`llab-quvvatlashning sifat jihatdan yangi shakllarini joriy qilish va 
ishlatish uchun zamonaviy texnik vositalardan 
foydalanish hisobiga erishiladi. 


Axborot texnologiyalari qayta ishlanayotgan axborotlar hajmining 
shiddat bilan ortishiga qaramasdan bu axborotlarni qayta ishlash muddatini 
sezilarli qisqartirilishiga olib keladi. AT boshqaruvda axborot resurslaridan 
foydalanish jarayonida eng muhim tashkil etuvchilaridan hisoblanadi. 
Axborot texnologiyalari uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimlari 
– ma`lumotlarni o`zgartirish uchun qo`llaniladigan vosita va usullardan 
tashkil topgan muhitdir. Axborot texnologiyalari axborot tizimida 
aylanuvchi axborotlar ustida bajariladan aniq reglamentlangan qoidalardan iborat 
jarayondir. 
Axborot texnologiyalari tashkiliy boshqaruv axborot tizimlarining 
asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi, u bevosita IIOlari bo`linmalari ish 
faoliyatining o`ziga xos xususiyatlari bilan uzviy bog`liqdir. Tashkiliy 
boshqaruv axborot tizimlari va texnologiyalarni joriy etishda, tashkilotning ko`lami 
va uning faoliyat yuritish sohasi ham asosiy kriteriyalardan hisoblanadi. Ushbu 
kriteriyalarni hisobga olgan holda, aniq vazifali masalalarni yechish asosida mos 
keluvchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun axborot texnologiyalarining 
dasturiy- qurilmaviy ta`minotini tanlash amalga oshiriladi. 
Axborot tizimlari va axborot texnologiyalarini yaratish murakkab 
loyihalashtirish jarayonidir. U tashkilotda yangi yaratilayotgan axborot – 
texnologik muhit orqali boshqaruv apparati faoliyatini qisman yoki to`liq 
qayta ko`rib chiqishni o`z ichiga oladi. Shu sababli loyihalashtirishning 
maqsadi loyiha hujjatlarini tayyorlash va tashkilot boshqaruvining inson- 
mashina tizimini joriy etishdan iborat. Bunday tizim asosini mutaxassis- 
menendjerlarga ma`lumot jihatdan xizmat ko`rsatish uchun zarur bo`lgan 
natijaviy axborotni olishning avtomatlashgan texnologiyasi hamda ularni 
real vaqt rejimida asoslangan qarorlar qabul qilishlari uchun ko`pvariantli 
hisob-kitoblar bilan ta`minlash tashkil etadi. 



Download 450.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling