Texnik tizimlarda axborot texnalogiyalari


Download 450.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana23.12.2022
Hajmi450.46 Kb.
#1049101
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Normamatov Akmal

Imzo va uning ahamiyati. Imzo – hujjatning haqiqiyligini va yuborgan 


jismoniy shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlaydigan insonning fiziologik 
xususiyati. Imzo orqali insonning shaxsi hamda u yozgan hujjatning haqiqiyligi 
aniqlanadi. 
Muhr va uning ahamiyati. Muhr – hujjatning haqiqiyligini va biror bir yuridik 
shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi isbotdir. Muhrlar o‘zining alohida shakliga 
ega bo‘lib, asosan hujjatlarning va undagi imzolarning aslligini tasdiqlaydi. 
Elektron raqamli imzo. Elektron raqamli imzo O‘zbekiston Respublikasining 
“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi 2003 yil 11 dekabrdagi 562-II son Qaroriga 
binoan 
quyidagicha 
ta’riflanadi. 
Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini 
elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish 
natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida 
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo 
yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; 
Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini 
tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan 
hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali 
uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi. 
Elektron raqamli imzodan muhr o‘rnida foydalanish. Elektron raqamli 
imzodan muhr o‘rnida ham foydalanish ham mumkin, bunda faqat va faqat 
hujjatga tegishli elektron raqamli imzo hujjatdagi barcha o‘zgarishlarni yoki 
o‘zgartirishlarni ko‘rsatib beradi. Buning uchun elektron raqamli imzo yuridik 
shaxs nomiga, ya’ni kompaniya va tashkilotlar nomiga ruyxatdan o‘tkaziladi. 

Download 450.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling