Texnik tizimlarda axborot texnalogiyalari


Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati


Download 450.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana23.12.2022
Hajmi450.46 Kb.
#1049101
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Normamatov Akmal

Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati – elektron raqamli imzoning ochiq 
kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va 
elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan 
elektron yoki qog‘oz shaklidagi hujjat; 
Elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli – elektron raqamli imzoning 
yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan 
shartli belgilar ketma-ketligi. 
Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi – elektron raqamli imzo kalitini 
yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va vakolatli organ tomonidan uning 
nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs. 
Elektron raqamli imzo kalit sertifikatini boshqarish – elektron raqamli imzo 
kalitining sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni 
bekor qilish. 
Elektron raqamli imzo kalit sertifikatining amal qilish muddati – elektron 
raqamli imzo kaliti ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. 


Shu va boshqa electron raqamli imzoga ta’luqli tushunchalar 11.12.2003 yildagi 
562-II-son “Elektron imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 
bilan tartibga solinadi. 
Elektron raqamli imzoda muallif (imzo chekuvchi) haqidagi ma’lumotlar, 
shuningdek ushbu xujjat haqidagi ma’lumotlar kriptografik usullar bilan uzviy 
bog‘langanligi sababli oddiy nusxalash yo‘li bilan xujjatni qalbakilashtirishning 
imkoni yo‘q. 
Shunday bo’lsada ma’lumot jo‘natuvchining qabul qiluvchiga ixtiyoriy 
ma’lumotni traditsion usulda jo‘natishi aksariyat hollarda kutilmagan muammolar 
yuzaga kelish extimolini oshiradi. Bunga misol sifatida ko’p uchraydigan quyidagi 
muammolarni keltirishimiz mumkin: 

rad etish – xabar yuborgan tomon o‘zi yuborgan xabarni yuborganligini tan 
olmasligi; 

qalbakilashtirish – qabul qiluvchi xabarni o‘zgartiradi, qalbakilashtiradi; 

niqoblash – tartib buzar xabarni boshqa shaxsga rasmiylashtiradi va h.k. 
Shunday hollarda ERI aloqa tizimlarida yuqorida sanab o‘tilgan buzilishlaridan 
muhofaza qilinishini ta’minlaydi, ya’ni: 

maxfiy kalit faqat yuboruvchining o‘zigagina ma’lum bo‘lsa, u holda qabul 
qiluvchi tomonidan qabul qilib olingan ma’lumot faqat yuboruvchi 
tomonidan jo‘natilganligini rad etib bo‘lmaydi; 

raqib tomon maxfiy kalitni bilmagan holda o‘zgartirish, qalbakilashtirish
niqoblash va boshqa shu kabi aloqa tizimi qoidalarining buzilishiga 
imkoniyat tug‘dirmaydi. Hujjatni o‘zgartirishga urinishda xesh qiymat 
o‘zgaradi va imzo qonuniy kuchga ega bo‘lmay qoladi. 
Shuningdek, ERI korxona va savdo-sotiqqa oid tashkilotlarda hisobotlarni elektron 
ko‘rinishda topshirishda, elektron hujjatga yuridik maqomini berishda katta 
ahamiyatga ega. 
ERI umumiy tan olingan ketma-ketlikdagi uchta jarayonni o‘z ichiga oladi: 
– ERI kalitlarini yaratish (generatsiyalash); 
– ERIni shakllantirish; 
– ERIni tekshirish (haqiqiyligini tasdiqlash). 



Download 450.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling