30
Ishni bajarish tartibi
1. Sxemani tanlang.
2. Funksiyani ikki bosqichli sxema ko‘rinishida amalga oshiring.
3. Olingan funksiyani xosilasini hisoblang.
4. Test ko‘rishda ko‘rsatilgan Bulь funksiyasini ifodalang.
Uyga tayyorlash uchun vazifa:
1. Bul-differensial usuli bilan tanishing.
2. Quyida sanab o‘tilgan adabiyotlardan qurilmaningelektr parametrlari bilan
batafsil tanishing.
3. Barcha ma’lumotlar bilan tanishgandan so‘ng nazorat savollariga javob bering.
Xisobot tarkibi.
1. Mavzu, ishning maqsadi.
2. Qisqacha asosiy xolat.
3. Nazorat savollariga qisqacha javob.
4. Xulosa.
Nazorat savollari:
5. Raqamli sxemalarning xususiyatlari nima?
6. Bul-differensial funksiyasini tushuntirib bering.
7. Mantiqiy elementlarda paydo bo‘ladigan nosozliklarni aniqlang.
8. Nosozlikning asosiy parametrlarini aytib bering.
AMALIY ISH №11
AVTOMATIK SISTEMALARNI EKSPLUATATSIYA SHAROITIDA
DIAGNOSTIKASI VA ISHONCHLILIK KO‘RSATKICHLARINI
HISOBLASH. (4 soat)
Ishdan maqsad: Avtomatik sistemalarni ekspluatatsiya
qilish jarayonida
ishonchlilik ko‘rsatkichlarini hisoblashni o’rganish.
Mikroelektronika va elektron qurilmalarni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya
qilishda turli xil nosozliklar paydo bo‘lishi mumkin.
Ushbu qurilmalarni turli
bosqichlarda testli diagnostikalash o‘zaro bog‘liq vazifalarni xal qilishga olib keladi.
31
Bu vazifalarning birinchisi, tadqiq qilinayotgan elektron
sxema qanday xolatda
ekanligini aniqlashdir.
Raqamli sxemalarning asosiy xolati bu – ishchi xolat xisoblanadi. Bu ishchi
xolatda raqamli sxemalar texnik xujjatlarga asosan barcha qo‘yilgan
talablarga
javob bera oladi. Agar raqamli sxemada nosozlik aniqlansa, u xolda ikkinchi vazifa
bajariladi: nosozlik aniqlanadi, ya’ni nosozlik turi va joyi aniqlanadi.
Raqamli
sxemaning nosozligi – bu bir yoki bir nechta komponentlarning fizik buzilishlari
xisoblanib, sxemani noto‘g‘ri ishlashiga olib keladi.
Raqamli qurilmalarning
nosozligini real tasvirlash uchun quyidagi matematik modellardan foydalaniladi:
konstanta xatoliklar, qisqa
tutashuvlar, inversli va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: