Texnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish
Download 54.37 Kb.
|
1 2
Bog'liqTexnologiya darslarida axborot texnologiyalaridan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi
TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH REJA: 1.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir. 2.Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi 3.Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya 4.Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari KIRISH Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT’dan samarali foydalanish dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, nafaqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi. Pedagogik va psixologik tadqiqotlarda shu narsa ta’kidlanmoqdaki, AKT o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa, jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan o‘zlashtirilishiga yordam beradi.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining ta’lim jarayoniga joriy etilishidan asosiy maqsad — aynan zamonaviy axborot muhiti uchun xarakterli bo‘lgan o‘quv faoliyatlarining yangi turlarini paydo bo‘lishidir. Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim — ta’lim tizimining poydevori hisoblanib, o‘quvchilarni o‘qitish sifati unga bog‘liq bo‘ladi va bu boshlang‘ich maktab o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Uzoq vaqt davomida ta’lim tizimida boshlang‘ich maktab «ko‘nikmalar maktabi» bo‘lib keldi, ya’ni o‘quvchi keyingi ta’lim olish uchun o‘qish, yozish, hisoblash kabi asosiy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ta’lim bosqichi sifatida qaralgan. Bugungi kunda boshlang‘ich maktab boshqacha tasavvur etiladi. Bugungi kunda u ta’lim tizimida bolaning birinchi tajribasi — ta’lim olish kuchlarini sinash joyi bo‘lib qolishi kerak. Ushbu bosqichda faollikni, mustaqillikni rivojlantirish, idrok etish faolligini saqlab qolish va bola ta’lim dunyosiga shaxdam kirib borishi uchun sharoitlar yaratish, uning salomatligini va emotsional xususiyatlarini mustahkamlash muhim. Bugungi kunda o‘quvchilarning aynan mana shu sifatlari ta’lim jarayoniga AKT’ni joriy etish bilan rivojlanayotganligining guvohi bo‘lmoqdamiz.O‘z faoliyatimizda ta’lim jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etib, ulardan foydalanib va o‘quv jarayonida AKT’dan foydalanish bo‘yicha ma’lum tajribalarni to‘plab bormoqdamiz. Ахborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tajribam an’anaviy dars doirasida AKT’ni didaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llanilgan hollarda o‘quv jarayonini individuallashtirish va differensatsiyalash uchun cheklanmagan imkoniyatlar paydo bo‘lishini ko‘rsatdi. Ular o‘quvchilarga axborot manbalaridan foydalanish imkonini beradi, mustaqil ishlar samaradorligini oshiradi, ijodkorlik, malaka va ko‘nikmalarni egallash va mustahkamlash uchun umuman yangi imkoniyatlar beradi, ta’limning yangi shakllari va metodlarini amalga oshirishga imkon beradi.Har bir o‘quvchida shaxsiy o‘quv yo‘nalishini rivojlantirishni ta’minlaydi. O‘quv jarayonida uni muvaffaqiyatli bilim olish uchun zarur bo‘lgan asosiy jarayonlar sifatida fikrlashni, tasavvurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi; o‘quvchilarning idrok etish faoliyatlarini samarali tashkil qilish ta’minlanadi. АKT’dan foydalanilganda ta’limda shaxsga-yo‘naltirilgan yondashuvni amalga oshirish oson bo‘lib qoldi, butun o‘quv jarayonini samarali tashkil qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Dars jarayonida tayyor multimediali mahsulotlari va kompyuter ta’limi dasturlaridan, o‘quv va sinfdan tashqari ishlarda Internet tarmog‘i vositalaridan foydalanib, multimediali ta’lim dasturlari va taqdimotlar, loyihalar yaratildi. Axborot texnologiyalarini barcha o‘quv fanlarda qo‘llash mumkin. Darslarda o‘quv va o‘yin dasturlaridan foydalanish katta samara beradi. Ona tili va Rus tili darslarida savodxonlikni oshirish bo‘yicha mashqlar yordam beradi, bunda bolalar kompyuterlarda turli xildagi amaliy topshiriqlarni bajaradilar. Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilari uchun turli didaktik materiallar to‘plamidan foydalanib, ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.1-sinfda o‘qish darsida elektron o‘quv qo‘llanmalari tayyorlab, foydalanish mumkin. Unda so‘zni tovushli-harfli tahlil qilish, so‘zning bo‘g‘inlari tuzilishi, ba’zi orfogrammalar o‘rganilishi turli qiziqarli ko‘rgazmali va ovozli material berish mumkin. Yorqin rasmlar, g‘aroyib, qiziqarli topshiriqlar kichik yoshdagi o‘quvchilarda ona tiliga qiziqishni oshirishga yordam beradi, o‘yin shaklida o‘quv materiali bilan tanishish imkonini beradi, o‘zini nazorat qilish va o‘quv refleksiyasi uchun keng imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu qo‘llanma bo‘yicha ta’lim jarayonini differensiatsiyalashga turli darajadagi murakkablikdagi topshiriqlarni tanlab olish yordamida erishiladi. Savodxonlikka o‘qitish bo‘yicha tematik rejalashtirishni ishlab chiqishda rejalashtirishga tegishli elektron mavzular va bo‘limlarni kiritish mumkin. Dars rejasini ishlab chiqishda frontal, individual va guruhli ishlash uchun kompyuterni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘lgan dars bosqichlarini ishlab chiqish lozim. Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion kartinkalardan foydalanish mumkin. Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKT’dan foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.«Tabiatshunoslik» fani bo‘yicha barcha mavzulari bo‘yicha kompyuter testlarini ishlab chiqish mumkin. Masalan: «O‘lkamiz suv havzalari», «Ona zamin», «O‘rmon va dalalar — tabiat boyligi», «Qishloq xo‘jaligi sohalari», «Bizning o‘lka», «Yer osti boyliklari», «O‘lkamiz hududiy tuzilishi», «O‘lka chorvachiligi va o‘simliklari» va boshqalar. Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular: antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga, sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi. Asosiysi: test topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin elementlari esa ularda bajarayotgan ishlariga qiziqishni rivojlantirishga va demak, ta’lim jarayoni jadalligi kerakli darajasini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Testlardan tashqari krossvordlar, sxemalar, jadvallardan foydalaniladi, o‘quvchilar dars materiallarni mustaqil o‘rganishda bevosita kompyuterda ishlaydilar.Barcha o‘quv fanlarida qo‘shimcha va rivojlantirish materiallari sifatida ko‘plab videofilm hamda fotolavhalar bilan o‘lkashunoslik materialidan foydalanish mumkin. Microsoft Power Point dasturlari yordamida yaratilgan taqdimotlar ta’lim jarayonida AKT’dan foydalanish juda samarali shakli hisoblanadi. Taqdimotda asosiysi — axborotliligi, ko‘rgazmaliligi, qiziquvchanligi hisoblanadi. Mazkur dastur orqali turli mavzu va fanlar bo‘yicha taqdimotlar yaratishda fotosuratlar, rasmlar, animatsiya, qo‘shimcha axborotlardan foydalanish mumkin.Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi. Axborot olishning boshqa bir usuli — dars davomida bevosita Internetdan axborot olish hisoblanadi. Internetdan avvaldan kerakli materialni topish, darsda esa uni o‘quvchilarga ko‘rsatish mumkin. Ishni o‘rganilgan material bo‘yicha dialog ko‘rinishida olib borish mumkin.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Internetdanmustaqilfoydalanishni, kerakli axborotni tanlashni, uni saqlab qolish va taqdimotlar tuzish yoki turli xildagi loyihalarni ishlab chiqish va bajarishda keyingi ishlarida foydalanishni biladilar. 2-sinfdanoq o‘quvchilar faqat daftarda emas, balki bevosita kompyuterda ham topshiriq-larni bajara oladilar. O‘quvchilar kompyuter bilan ishlash birinchi ko‘nikmalarni oladilar, o‘zlarining nazariy bilimlarini doimiy chuqurlashtirib va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirib boradilar. Boshlang‘ich sinflarda fikrlash operatsion uslubini shakllantirishda informatika kursining roli juda muhim. Informatikaning ushbu roli harakatlari tuzilishini rejalashtirish, axborot izlash, muloqotni rejalashtirish, axborot modellarini qurish, faoliyatni vositalashtirish kabi dastlabki ko‘nikma va malakalar to‘plami ko‘rinishida qaraladi. Kompyuterni o‘qishda yordamchisi, ijodkorlik, o‘zini ifoda etish va rivojlantirish vositasi sifatida tushunish katta ahamiyatga ega. Katta sinflar o‘quvchilarida fikrlash uslubi shakllanib bo‘ladi, yangi shakllarini ular qiyinchilik bilan qabul qiladilar. Ushbu kurs o‘quvchini SHK’da axborot bilan amaliy ishlashga o‘rgatishi kerak. Boshlang‘ich maktabda kompyuterni o‘zlashtirib o‘quvchilar undan o‘z faoliyatlari vositasi sifatida boshqa sinflarda ham foydalanishlari mumkin, kompyuterni qo‘llash bilan olib boriladigan darslar ularda qiyinchilik tug‘dirmaydi.Katta sinflarda informatika darslarida albatta kompyuterdan foydalanish ushbu dasturni amalga oshirish zarur sharti hisoblanadi. Kompyuterdan odatda yangi materialni muhokama qilishda elektron doska sifatida foydalanaman. Bundan tashqari, o‘quv o‘yinlarini tashkil qilish hamda individual ta’lim va kompyuterli praktikumni tashkil qilishda foydalaniladi. Ta’lim natijasida o‘quvchilar o‘quv va oddiy amaliy masalalarni yechish uchun kompyuterdan foydalanish: fayllar bilan oddiy operatsiyalarni amalga oshirish (yaratish, saqlab qolish, izlash, dasturni ishga tushirish); dasturlarda amaliy topshiriqlarni va ijodiy ishlarni bajarishni biladilar: Word Pad, Microsoft Power Point, Microsoft Excel, Microsoft Word; keng foydalaniladigan dasturlarni ishga tushirish: kompyuter ekranida matnli va grafik redaktor, trenajerlar, testlar; matnlar va tasvirlar (axborot), obyektlar bilan ishlash; izlash, oddiy o‘zgartirishlarni, saqlash, foydalanish va axborot hamda ma’lumotlarni uzatishni amalga oshiradilar, mundarija, yo‘l ko‘rsatuvchi, kataloglar, spravochniklar, internetdan foydalanib, kompyuter yordamida kichik loyihalar va taqdimotlar yaratadilar. Shunday qilib, ushbu kursni boshlang‘ich maktabda o‘rganish o‘quv jarayonini modernizatsiyalash, samaradorligini oshirish bilan birga, har bir o‘quvchining individual qobiliyatlarini hisobga olib, uni tabaqalashtirishga imkon beradi. Taklif etilayotgan kurs o‘qituvchiga ta’limni erkin boshqarish va o‘quv axborotlarini taqdim etish turli usullarini qo‘llash imkonini beradi.Kursda loyiha-tadqiqotchilik faoliyatiga alohida o‘rin ajratilgan. O‘quvchilarning loyihachilik faoliyatlari mustaqil tadqiqotchilik malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini va mantiqiy fikrlashlarini rivojlantirishga yordam beradi; o‘quv jarayonida olgan bilimlarini birlashtiradi va o‘quvchilarni aniq hayotiy muhim masalalarni hal qilishda ishtirok ettiradi, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar munosabati uslublarini demokratlashtirishga yordam beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan ishlashga, o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy boshlang‘ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflar ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish faqat asosiy yo‘nalishlari shakllanadi. O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda AKT’dan keng foydalanish birinchi navbatda, bu turli hisobotlarni tayyorlash, sinfdan tashqari tadbirlarni o‘tkazish va shu kabilardan iborat bo‘ladi. Kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan beri inson axborot olish, tarqatish va undan foydalanishga ehtiyoj sezib keladi. Albatta, qadimda bu jarayon juda sodda ko‘rinishga ega edi. Dunyo taraqqiy etgan sari u murakkablashib, axborotning jamiyatdagi o‘rni yanada oshdi. Hatto, davrimiz ham “Axborot asri” – deb nom olgani bejiz emas. Yangi avlod uchun 25 yil avvalgi hayotda shaxsiy kompyuterlar bo’lmaganligini tasavvur qilish mushkul…Endilikda axborot texnologiyalari nafaqat mustaqil fan sifatida shakllanib ulgurdi, balki iqtisodning eng jadal suratlar bilan rivojlanayotgan sohasiga aylandi va millionlab odamlarning hayot tarzini belgilab berdi. Ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi jarayonlarni kompyuter yordamida boshqarish axborot-kommunikasiya texnologiyalarini o’rganishga bo’lgan ehtiyojni kun sayin oshirib bormoqda. Bugungi kunda respublikamizning umumta’lim maktablari minglab kompyuter sinflari bilan ta’minlangan. Bu kompyuterlarning barchasini yagona kompyuter tarmog’iga ulab, ta’limning yaxlit texnik tizimini tashkil etish rejalashtirilgan . Prezidentimiz I.A.Karimovning 2005 yil 28 sentabrdagi “O’zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog’ini tashkil etish to’g’risida”gi qaroriga muvofiq “Ziyonet” axborot tarmog’i tashkil etildi va mamlakatimizning eng chekka hududidagi maktablarida ham ishlash imkoniyatlari yaratildi. Tarmoqning asosiy vazifasi: yoshlar uchun milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, yoshlarning ma’naviy va aqliy jihatdan kamol toptirishiga ko’maklashadigan axborotdan keng ko’lamda foydalanishlarini ta’minlash, sog’lom turmush tarzini targ’ib etish va jismoniy tarbiya, sport turlarini ommalshtirish, o’quvchilar va yoshlar uchun masofadan turib ta’lim olish usullarini va boshqa axborot kommunikasiya xizmatlarini ta’lim tizimiga joriy etishda ko’maklashishdan iboratdir. Kompyuter savodxonligi bo’yicha orttirilgan bilim va ko’nikmalar o’qituvchilarning pedagogic mahoratini yuksaltirib, ularning amalda qo’llanishi darslarga o’zgacha joziba bag’ishlaydi, o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishi, izlanishi yanada o’rtadi. Jarayon deganda oldinga qo‘yilgan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan harakatlarning muayyan yig‘indisi, jamlanmasi tushuniladi. Axborot texnologiyalarning maqsadi inson tahlil qilishi uchun axborotni ishlab chiqarish va uning asosida biror bir hatti-harakatni bajarish bo‘yicha qaror qabul qilishdan iboratdir.Axborot texnologiyalarini tatbiq etish iqtisodiyot, fan, ta’lim va boshqarishning barcha sohalarida davom etmoqda. Axborot texnologiyalarining fan va ta’lim sohasidagi asoslari bo‘lgan ko‘plab zamonaviy texnika vositalari: kodoskop, audio va video magnitofonlar, televizor, kompyuter, skaner, mikrofon, kolonka, videoko‘z, videoproyektor va nusxa olish apparatlaridan dars berish jarayonida maksimal foydalanish ta’lim samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Axborot texnologiyasi – bu ob’yekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko‘rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko‘rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash o‘zatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir.Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha bo‘ladi va natijalarga qarab qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz. Ta’lim jarayonida multimedia vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish mumkin. Hozirda amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari yordamida tinglovchilarni o‘qitish ikki barobar samarali bo‘lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to‘rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo‘lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o‘quv dasturlar audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashtirilgan holatda tinglovchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmoqda.Ta’lim sohasida multimedia vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari :Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyatining mavjudligi.Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqini yanada oshishi.Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi.Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolinishi va uni amaliyotda qo‘llash mumkinligiDarhaqiqat, bugun O‘zbekiston qo‘lga kiritayotgan salmoqli yutuqlar, barcha sohalarda olib borilayotgan izchil islohotlarning yuksak natijalari va samaralari jahon hamjamiyatini hayrat va havasga solmoqda. Mamlakatimiz taraqqiyotidagi bu tarixiy evrilishlarning boisi esa, albatta, erkin va ozod, tinch-osoyishta hayotimizning mevasidir. Tarixiy xotira ham, shu ma'noda, mustaqilligimizni mustahkamlash, xalqimizning farovon kelajagini ta'minlash, boy milliy merosimiz va qadriyatlarimiz, urf-odat, an'analarimizni e'zozlash, yurtimizni taraqqiy etgan ilg‘or mamlakatlar qatoriga olib chiqish uchun fuqarolarimizda daxldorlik tuyg‘usini shakllantirishga xizmat qiladi. Kelajagi buyuk va ertangi kuni porloq yurtga, millatga har tomonlama sog‘lom, ma'nan yetuk yoshlar zarur. Shu bois, bugungi kunda yosh avlod tarbiyasiga bo‘lgan e'tibor bizda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Prezidentimizning: "Bugun yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo‘lib hayotga kiryapti. Men bu yoshlarga o‘zimga ishongandek ishonaman", degan so‘zlari zamirida ham ana shu haqiqat mujassam. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar yangi ta’lim standartlarini ishlab chiqish, yangi o‘quv fanlarini, yangi darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini kiritish bilan bir qatorda, o‘qitish mеtodikasini o‘zgartirish ehtiyojini ham yuzaga kеltirdi. Jamiyatni axborotlashtirish va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» vazifalarini amalga oshirish sharoitlarida o‘qitish jarayonlarini — pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini qo‘llamay o‘tkazishni tasavvur qilish qiyin. O‘quv jarayonida ulardan birgalikda foydalanish esa yanada yaxshiroq va samaraliroq natija beradi.O‘quvchilarga Yunеsko ta’rifi bo‘yicha: «Pеdagogik tеxnologiya — bu tеxnik va inson rеsurslarini hisobga olish va ularning ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini o‘z oldiga qo‘yuvchi hamkorliklari bilan o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini tashkil qilish, qo‘llash va bеlgilash tizimli mеtodi» ekanligini eslatib o‘tish kеrak. Ushbu tushunchadan, aynan tizimli yondashish pеdagogik tеxnologiyani ta’limga boshqa yondashishlardan farq qilishi ko‘rinib turibdi. Bu esa rеjalashtirishga, aniqrog‘i, o‘quv mashg‘ulotini loyihalashtirishga yondashishni o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. M. V. Klarinning yozishicha: «Pеdagogik tеxnologiyaning umumiy ko‘rsatmasi: aniq bеrilgan maqsadlar bilan o‘quv jarayonini boshqarish yo‘lidagi didaktik muammolarni hal qilish, ularga erishish aniq ta’riflarga va tushunchaga ega bo‘lishi kеrak» .Shunda o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalashtirish jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi (1-jadval).Ushbu jadvaldan o‘qituvchi o‘z bilimlari, mеtodik tajribasi va imkoniyatlaridan kеlib chiqib, auditoriyasini, sharoitlarni va shu kabilarni hisobga olgan holda, ta’lim mеtodlari va vositalarini o‘zi tanlashi ko‘rinib turibdi. Bular esa ta’lim ham an’anaviy, intеrfaol stratеgiyalar, mеtod hamda uslublar va albatta axborot tеxnologiyalari bo‘lishi ham mumkin. Ta’lim axborot tеxnologiyalarini ta’lim faoliyatini amalga oshirishda foydalaniladigan elеktron vositalar va usullar ularning to‘plami sifatida qarash mumkin.Nizomiy nomidagi TDPU uchinchi va to‘rtinchi kurs talabalari bilan «Pеdagogik tеxnologiyalar» va «Pеdagogik mahorat» fanlari bo‘yicha mashg‘ulotlarni o‘tkazishda, o‘z tajribam bo‘yicha intеrfaol mеtodlar, multimеdiali taqdimotlar va quyidagi to‘rtta pеdagogik tеxnologiyalar qoidalaridan foydalanish juda samarali bo‘ladi:Ta’lim olish sharoitlarini yarating va o‘qish davomida talabalarning o‘quv harakatlari yakuniy nazorati vaqtida ko‘zlangan harakatlarga aniq mos kеladigan qilib yo‘naltiring (ekvivalеnt amaliyot qoidasi).Talabalarga yakuniy xulq-odobi bilan o‘xshash, ammo bir xil bo‘lmagan xulqiy harakatlarida mashq qilish imkoniyatini taqdim eting (o‘xshashlik amaliyoti qoidasi). Talabalarga har bir harakat natijalarini darhol xabar qiling («natijalarni bilish» qoidasi); ushbu tamoyil joriy baholashga asoslanadi (ta’limda qayta aloqa tamoyili).Talabalardan ko‘zlangan harakatlarni ijobiy qo‘llab-quvvatlang: noto‘g‘ri harakatlari uchun tanbеh bеrmang, balki konstruktiv, yo‘naltiruvchi tarzda tushuntiring, misol uchun, «yana bir marta ifoda etishga harakat qilib ko‘ringchi» yoki «Bo‘lim mazmunini yana bir marta o‘rganib chiqishingiz kеrak» (ijobiy qo‘llab-quvvatlash harakatlari qoidasi).Multimеdiali taqdimotlarni ishlab chiqish pеdagogga talabalarga o‘rganilayotgan matеriallarni qiziqarli, ko‘rgazmali, chiroyli, ixcham va foydali taqdim etish imkonini bеradi.Ma’lumki, multimеdia (ingl. multimedia, lotin tilida. multum — ko‘p va media, medium — jamlash, to‘plash, vositalar) — bu axborotlar bir nеcha turlaridan iborat (matn, tasvir, animatsiya, audio va vidеolavhalarni) o‘z ichiga oluvchi axborotlar komplеks elеktron nusxasini taqdim etish. Multimеdiali taqdimotlarni namoyish etish talabalarda qiziqish uyg‘otish, baravariga bir nеcha sеzgi organlariga ta’sir ko‘rsatish, isbotlar bilan mustahkamlash va aytilganlarni kuchaytirish, jadallik, mobillik va intеrfaollikdan foydalanish imkonini bеradi. Ilmiy tadqiqotlar natijalari, ko‘rgazma vositalaridan foydalanilganda tinglovchilarni ishontirish ehtimoli 43 foizdan ortiq bo‘lishini, shu bilan birga, 25-40 foiz kam vaqt sarflanishini ko‘rsatadi.Multimеdiali taqdimotlarni ishlab chiqish — bu o‘quv fanlari mazmunlarini yaxshi bilishni, Microsoft Power Point taqdimotlarini yaratish va o‘tkazish uchun dastur bilan ishlash ko‘nikmalarini bilishni, yana albatta, slaydlarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan tavsiyalarni bilishni talab qiluvchi ijodiy jarayondir. Ushbu tavsiyalardan foydalanish slaydlarda asosan o‘rganilayotgan mavzu mazmunini aks ettirishga imkon bеradi. Ammo amaliyot multimеdiali taqdimotga ta’lim jarayoni tеxnologikligini ham kiritish mumkinligini va shu tariqa, pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini birlashtirish mumkinligini ko‘rsatadi.Taqdimotni ishlab chiqishda uning barcha qismlarini xulosaga va uni asoslashga olib kеladigan qilib ishlab chiqish kеrak. Buning uchun quyidagilarni bajarish kеrak: ta’lim maqsadlarini va ko‘zlangan natijalarni aniqlab olish • kirish qismini tayyorlash • asosiy qismni bеlgilab olish • namoyish etish vositalarini tanlab olish auditoriya diqqatini jalb etish va o‘rganilayotgan mavzuga qiziqishni saqlab qolish uchun maxsus uslublarni tanlab olish (o‘xshatishlar, hodisalar, hazil, savollar va boshqalar)auditoriya ishlashi uchun topshiriqlarni (yakka, juftlikda yoki kichik guruhlarda) va ushbu ishlar natijalarini muhokama qilish uchun savollarni tayyorlashpеdagogik rеflеksiya uchun savollar yoki topshiriq tayyorlash va shu kabilar.Ushbu ro‘yxat albatta pеdagogning imkoniyatlari va istagiga bog‘liq bo‘ladi.Ta’limning maqsadlari va ko‘zlangan natijalari standartlar talablari va o‘quv dasturini hisobga olib ifoda etiladi. Ular aniq, o‘lchamli, erishish mumkin bo‘lgan, haqiqiy va vaqt bilan chеgaralangan bo‘lishi kеrak (SMART mеtodikasi). Misol uchun, «Pеdagogik tеxnologiya asoslari» mavzusini o‘rganishda faqat mavzu mazmunlarini o‘rganish emas, balki mashg‘ulotda foydalaniladigan ba’zi mеtodlarni o‘zlashtirish natijalarini aks ettiruvchi O‘KN ni ifoda etish mumkin.Kirish qismi talabalarda qiziqish uyg‘otishi kеrak. U sitatalardan, g‘aroyib hodisalar, statistik ma’lumotlar, mavzu bo‘yicha latifalar, tortishuvli savol, hikoyat, tarix, topshiriqlardan va shu kabi barcha talabalarni «qiziqtirishi» mumkin bo‘lgan matnlardan tashkil topishi mumkin. «Pеdagogik tеxnologiyalar asoslari» mavzusi o‘rganilganda, Anatoliy Ginning zamonaviy ta’lim qarama-qarshiliklari maqolasini o‘qishni va ikki qismli kundalikda o‘z fikrlarini ifoda etishni taklif etish mumkin. Ushbu ishning natijalarini muhokama etib, talabalar o‘zlari zamonaviy ta’lim rivojlanishi yo‘nalishlarini ko‘rsatishlari, shu bilan birga, pеdagoglarning zamonaviy tеxnologiyalarni o‘zlashtirishlari va foydalanishlari zarurligini asoslab bеrishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, talabalarning takliflarini o‘qituvchi taqdimot bo‘sh slaydiga kiritishi, kеyin ularni taklif etiladigan ro‘yxat bilan solishtirishi mumkin bo‘ladi. Tasavvur qiling, talabalar ularning fikrlarini hisobga olinishidan qanchalik ta’sirlanadilar (ayniqsa, bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lsa) — mana sizga o‘quv jarayonini dеmokratlashtirish va intеrfaollik! aqdimotning asosiy qismiga statistika (raqamlar va faktlar), sabablar, isbotlar, misollar, ilovalar, ko‘rgazmali jarayonlar va talabani kirishdan xulosaga olib kеluvchilar kiradi. Agar talabalarga film namoyish etilsa va ularga namoyishdan avval, diqqat bilan tomosha qilish va barcha tomonlarini tushunib olishga «majbur etuvchi» tеgishli topshiriq bеrilsa, juda yaxshi bo‘ladi. Masalan, «Intеrfaol ta’lim» mavzusini o‘rganishda talabalarga Olmaliq shahrida gеografiya darsini o‘tish haqidagi 5 daqiqali film namoyish etiladi (film ushbu maktab o‘qituvchilari uchun qator trеninglar o‘tkazilgandan so‘ng «Zamonaviy ta’lim tеxnologiyalari» NNT’da suratga olingan). Filmni tomosha qilishdan avval quyidagi slaydda kеltirilgan topshiriq bеriladi (slaydlarga qarang). Rеflеksiya uchun ikki javoblar bilan — «ha-yo‘q» yoki «to‘g‘ri-noto‘g‘ri» og‘zaki yеchish savollari, 3-5 daqiqali rivoyat mavzularini, «chiqish» kartalar va shu kabilarni tayyorlash mumkin. Masalan, «Bilaman/Bilishni xohlayman/Bilib oldim» stratеgiyasidan foydalanib «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim» mavzusini o‘rganishda mashg‘ulot oxirida talabalarga ularda mavjud bo‘lgan bilimlarni mashg‘ulotda olinganlari bilan solishtirishga, mavzuning eng asosiy g‘oyalarini ajratib ko‘rsatishga imkon bеruvchi qator savollarga javob bеrish taklif etiladi. «Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishda ta’lim muhiti» va «Tanqidiy fikrlash tеxnologiyasi» mavzularini o‘rganishda talabalarga ikki, «to‘g‘ri-noto‘g‘ri» va «ha-yo‘q» javoblari bilan ochiq tеst topshiriqlarini yеchish va pеdagogik rеflеksiyada foydalaniladigan topshiriqlar bilan slaydlar taqdim etiladi. Yuqoridagi fikrlar slaydlargа kiritilishi yaxshi natija beradi. Taqdimotni tuzish davomida bo‘sh slaydlarni qoldirib, o‘qituvchi o‘quv mashg‘uloti davomida ularga kеrakli ma’lumotlarni kiritishi va kеyinchalik muhokama qilishi mumkin bo‘ladi. Shu holat darhol talabalar faoliyatlari natijalarini aks ettirish va ular bilan o‘zaro munosabatlarda bo‘lishga imkon bеradi.Axborot va pedagogik texnologiyalar vositasida o‘tkazilgan mashg‘ulotingizda talabalarda fanga qiziqish kuchaysa, demak, harakatlaringiz zoye ketmabdi, u o‘z samarasini bera boshlabdi. Shunday mashg‘ulotlardan ruhlangan talabalar fanlar bo‘yicha o‘z elеktron portfoliolarini, kеyin esa malakaviy bitiruv ishlarini himoya qilishlari uchun taqdimotlarni tayyorlay boshlaydilar. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha o'quv jarayoni qatnashchilarini tayyorlash darajasiga qo'yiladigan talablar.AKTdan foydalangan holda darsning pedagogik dizayni.Darslarda kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy yo'nalishlari Aqlning kuchi cheksizdir. Efremov Amaliyotda axborot texnologiyalarini o'qitish maxsus texnik axborot vositalaridan (kompyuterlar, audio, kino, video) foydalanadigan barcha texnologiyalar deb ataladi.Kompyuterlar ta'limda keng qo'llanila boshlanganida "ta'lim uchun yangi axborot texnologiyalari" atamasi paydo bo'ldi. Kompyuter texnologiyalari dasturlashtirilgan o'qitish g'oyalarini ishlab chiqadi, zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalarning noyob imkoniyatlari bilan bog'liq bo'lgan mutlaqo yangi, hali o'rganilmagan texnologik o'rganish imkoniyatlarini ochadi. Kompyuter (yangi axborot) o'qitish texnologiyalari - bu axborotni tinglovchilarga tayyorlash va uzatish jarayonlari bo'lib, ularni amalga oshirish vositalari kompyuter hisoblanadi.Axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quv motivatsiyasini rivojlantirish orqali dars samaradorligini oshiradi, bu esa o'quv jarayonini yanada muvaffaqiyatli qiladi.Axborot texnologiyalari nafaqat o'quvfaoliyatiningo'zgaruvchanligi, uni individuallashtirish va tabaqalashtirish imkoniyatlarini ochibgina qolmay, balki barcha ta'lim sub'ektlarining o'zaro munosabatlarini yangi shaklda tashkil etish, talaba ta'lim faoliyatida faol va teng huquqli ishtirok etadigan ta'lim tizimini barpo etish imkonini beradi.Axborot texnologiyalari o'quv ma'lumotlarini taqdim etish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi, o'quvchilarni o'quv jarayoniga jalb qiladi, ularning qobiliyatlarini keng ochib berishga va aqliy faoliyatni faollashtirishga yordam beradi. Rus tili va adabiyoti o'qituvchilari aniq sabablarga ko'ra darsda AKTdan foydalanishda ayniqsa ehtiyot bo'lishadi.O'qituvchi - adabiyot o'qituvchisi oldida turgan vazifalarko'p jihatdan boshqa fan o'qituvchilarining maqsad va vazifalaridan farq qiladi. Biz boshqa fan o'qituvchilariga qaraganda axloqiy masalalarni hal qilish imkoniyatiga egamiz, ko'p jihatdan biz bolaning ichki dunyosini shakllantirish va shakllantirish uchun javobgarmiz, ko'pincha qalbga murojaat qilamiz. Umuman olganda, bizning asosiy maqsadimiz shaxsni sotsializatsiya qilishning asosiy vositasi sifatida lingvistik kompetensiyani shakllantirish va shu bilan birga ijodiy shaxsni rivojlantirishdir. Bularning barchasi, avvalambor, matn bilan, badiiy so'z bilan, kitob bilan ishlashni o'z ichiga oladi. Shuning uchun o'qituvchidan - darslarida AKT imkoniyatlaridan foydalanmoqchi bo'lgan adabiyotshunos oldida, har doim ulardan rus tili va adabiyoti darslarida ulardan foydalanishning maqsadga muvofiqligi savol tug'iladi.O'zlarining darslarida AKTdan foydalanishda, avvalo, maqsadga muvofiqlik tamoyiliga amal qilish kerak. Darslarda AKTdan foydalanish tavsiya etiladi, birinchi navbatda, maxsus amaliy muammolarni echish uchun:Ikkinchidan, o'quvchilar bilimini tuzatish va hisobga olish uchun maktab kursining fundamental bilimlarini shakllantirish bo'yicha talabalarning mustaqil ishlarini tashkil qilish uchun AKTdan foydalanish tavsiya etiladi. Talabalar o'quv dasturlari bilan ishlashga, darslarda o'rganilgan mavzularni, monitoring dasturlari va testlar bilan ishlashga qiziqishmoqda.Har bir talaba individual sur'atda va individual dastur bilan ishlaydi, bu erda siz farqlash tamoyilini osongina qo'llashingiz mumkin. Kuchsiz talaba, agar xohlasa, materialni kerak bo'lganda takrorlashi mumkin va u xatolar ustida ishlash bo'yicha odatiy darslarga qaraganda ko'proq xohlaydi. Kuchli talabalar qiyin topshiriqlarni olishadi yoki kuchsizlarga maslahat berishadi. Sinov nazorati va AKT yordamida ko'nikmalarni shakllantirish an'anaviy usulga qaraganda tez va ob'ektiv, materialni o'zlashtirish darajasini va uni amalda qo'llash qobiliyatini aniqlashni anglatadi. O'quv jarayonini tashkil etishning ushbu usuli zamonaviy axborotni qayta ishlash tizimida qulay va oson hisoblanadi.Uchinchidan, axborot texnologiyalaridan, xususan, multimediyadan foydalanish. ko'rinishni kuchaytirishga imkon beradi. K. D. Ushinskiyning mashhur iborasini eslang: "Bolalar tabiati aniq ko'rinishni talab qiladi. Bolaga unga tanish bo'lmagan beshta so'zni o'rgating, va u uzoq vaqt davomida behuda azob chekadi; lekin yigirmata bunday so'zlarni rasmlar bilan bog'lang - va bola ularni pashshada o'rganadi. Siz bolaga juda oddiy fikrni tushuntirasiz va u sizni tushunmaydi; siz qiyin rasmni o'sha bolaga tushuntirasiz va u sizni tezda tushunadi ... Agar siz so'zlarni olish qiyin bo'lgan sinfga kirsangiz (va biz bunday darslarni Darslarni tayyorlash va o'tkazishda AKTdan foydalanish o'quvchilarning fanga qiziqishini, o'quv faoliyati va bilim sifatini oshirishi, savol berish uchun vaqtni tejash, talabalarga nafaqat darslarda, balki uyda ham mustaqil ravishda o'rganish imkoniyatini beradi va o'qituvchiga o'z bilimlarini oshirishga yordam beradi.Yana bir jihatni ta'kidlash kerak: darsni o'zi AKTdan foydalangan holda o'tkazish. Dars qanchalik yaxshi rivojlanganiga qaramay, ko'p narsa o'qituvchining unga qanday tayyorlanishiga bog'liq. Bunday tadbirning mohirona o'tkazilishi ba'zi bir televizion dasturning shoumeniga o'xshaydi. O'qituvchi nafaqat (va) shunchaki emas (!), Kompyuterni yaxshi bilishi, darsning mazmunini bilishi kerak, lekin uni yaxshi sur'atda, qulaylikda olib borishi, o'quvchilarni bilim jarayoniga doimiy jalb qilishi kerak. Ritmning o'zgarishi haqida o'ylash, o'quv faoliyatining shakllarini diversifikatsiya qilish, agar kerak bo'lsa, pauzaga qanday qarshi turish va ijobiy natijani qanday ta'minlash haqida o'ylash kerak.hissiy fon dars. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, AKTdan foydalanish tufaylio'qituvchi taxtada ishlashga qaraganda o'qish vaqtining 30 foizini tejaydi. U taxtada etarli joy yo'q deb o'ylamasligi kerak, yozilgan hamma narsa aniqmi yoki yo'qmi, sifatli bo'r nima ekanligi haqida tashvishlanmasligi kerak. Vaqtni tejash bilan o'qituvchi dars zichligini oshirishi, uni yangi tarkib bilan boyitishi mumkin. AKTni bilish darsga tayyorgarlikni sezilarli darajada osonlashtiradi, darslarni noan'anaviy, esda qolarli, qiziqarli va faol qiladi. AKT va zamonaviy pedagogik texnologiyalarning integratsiyasi rus tili va adabiyotiga bo'lgan qiziqishni uyg'otishi, ushbu fanlarni o'rganishga turtki berishi uchun sharoit yaratishi mumkin. Bu o'z-o'zini o'qitish samaradorligi va intensivligini oshirish, ta'lim sifatini oshirishning oqilona usulidir.Multimedia texnologiyalaridan foydalanganda bilim turli idrok kanallari (vizual, eshitish) orqali olinadi, shuning uchun u yaxshiroq so'riladi va uzoqroq saqlanib qoladi. K. Ushinskiy shuningdek, bilim kuchliroq va to'liq bo'ladi, ular sezgi organlari qanchalik ko'p qabul qilinishini ta'kidlaydi. Bugungi kunda sinflarning minimal jihozlanishi bilan talabalarning doimiy qiziqishini ta'minlash juda qiyin. Ko'pincha darslardagi jihozlar matnlar, darsliklar, daftarlar, reproduktsiyalar bo'lib, biz ularga etishmaymiz va ularning tashqi ko'rinishi juda ko'p narsani talab qiladi. AKT ushbu muammoni hal qilishda muhim yordam berishi mumkin, bu esa darsni jonlantirish va fanlarga qiziqishni uyg'otish imkonini beradi. Va bu juda muhim: multimedia texnologiyalaridan foydalangan holda darslar materialni ongli ravishda o'zlashtirish jarayoni.Amaliyot shuni ko'rsatadiki, bugungi kunda talabalar axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda turli fanlar bo'yicha darslarga tayyor. Ular uchun turli xil tahrirlovchilar bilan ishlash (masalan, MS Word, MS Excel, Paint, MS Power Point), Internet resurslaridan foydalanish, kompyuter sinovlari bilan ishlash yangi va noma'lum. Ko'pgina talabalar turli xil axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining imkoniyatlari, shuningdek, amaliy amaliy ko'nikmalar haqida tasavvurga ega. Shunday qilib, ushbu bilim va ko'nikmalarni qo'llash maktabga taqdim etilgan muammolarni hal qilishda yagona yondashuvni ta'minlash uchun tavsiya etiladi. umumlashtirish va dars-ilmiy konferentsiya hamda loyihalarni himoya qilish va integratsiyalashgan dars va dars-taqdimot va dars-darsdir. onlayn konferentsiya muhokamasi. Dizayn ishlarini himoya qilish darsi talabalarning ijodiy salohiyatini anglashning o'ziga xos usuli, o'z bilim va ko'nikmalarini amalda ijodiy ravishda qaytarish usuli hisoblanadi. Ushbu turdagi darslarda AKTdan foydalanish materialni taqdim etish shakllaridan biri, taqdimot tuzilishini aks ettiruvchi talabalarni faollashtirish usuli hisoblanadi.Barcha holatlarda, AKT "vositachi" sifatida ishlaydi, bu "insonning tashqi dunyo bilan aloqasida sezilarli o'zgarishlarni keltirib chiqaradi." Natijada, o'qituvchi va talaba nafaqat axborot texnologiyalarini o'zlashtiribgina qolmay, balki eng qimmatli o'quv resurslarini tanlash, baholash va qo'llashni o'rganadilar, shuningdek o'zlarining shaxsiy media matnlarini yaratadilar. AKT darslarini loyihalashIlmiy-pedagogik adabiyotlarda va ixtisoslashtirilgan davriynashrlarda, o'quv jarayonida multimedia texnologiyalaridan foydalanish to'g'risidagi maqolalar va risolalar tobora ko'proq uchraydi. Maktab uchun mo'ljallangan elektron darsliklar va boshqa darsliklar ro'yxati yuzlab. Shubhasiz afzalliklar mavjud. Darhaqiqatmultimedia texnologiyasi - bu o'qituvchining axborot madaniyatini shakllantirishning metodologik va nazariy asoslarini amaliy amalga oshirish. Zamonaviy o'qituvchi uchun kompyuter jarayonida o'zini o'quv jarayonida ko'rish tobora qiyinlashib bormoqda. Aksariyat o'qituvchilar o'quv jarayonini vizualizatsiya qilish uchun bitta kompyuter va multimediya proektoridan foydalanishni afzal ko'rishadi. Bu yo'l ancha foydalidir: muammo hal qilindisog'liqni saqlash (katta ekran monitor monitorining oldida talabalarning ishlashini cheklash muammosini olib tashlaydi); Proektordan foydalanish o'quv jarayonini yanada samarali boshqarish imkonini beradi.Shu bilan birga, PowerPoint-da, asosan, multimediya taqdimot darslarining tahlili, shuningdek elektron darsliklardan olingan parchalar ularning o'quv samaradorligini juda pastligini ko'rsatmoqda. Ushbu darslarni ishlab chiquvchilar xususiyatlari bilan tanish emasdarslarni o'tkazishning mutlaqo yangi shakli Xulosa Ta'lim dizayni – tizimga kiritilgan o'quv materiallarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, baholash va ulardan foydalanish jarayonida samarali o'quv ishlari (o'qitish va o'qitish) to'g'risidagi bilimlardan (tamoyillardan) foydalanish.Shu bilan birga, dars axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy g'oyalarini amalga oshirishning bevosita vositasi sifatida eng puxta ishlab chiqishni talab qiladi. Bu litmus testi bo'lib, muayyan rivojlanish samaradorligini ko'rsatadigan darslardir. Bu yakuniy natija ham, dizaynning oxirgi bosqichi, ma'lum texnologiyalarni ishlab chiquvchilar tomonidan ilgari surilgan g'oyalarni amalga oshirish. Bunday darslarni tayyorlash odatdagi rejimga qaraganda ancha puxta tayyorgarlikni talab qiladi. Kabi tushunchalardars ssenariysi, yo'nalishi dars - bu holda, nafaqat yangi o'rganilgan atamalar, balki darsga tayyorgarlikning muhim qismi. Kelajakdagi multimedia darsini loyihalashda o'qituvchi katta ekranga texnologik operatsiyalar ketma-ketligi, axborotni etkazib berish shakllari va usullari to'g'risida o'ylashi kerak. O'qituvchi o'quv jarayonini qanday boshqarishi, darsda pedagogik aloqa qanday ta'minlanishi, o'quvchilar tomonidan doimiy ravishda fikr-mulohaza yuritish, ta'lim samaradorligini rivojlantirish haqida darhol o'ylash kerak.Keling, yana bir nechta atamalarni aniqlaymiz. "Multimediya ko'magi bilan dars". Shubhasiz, bu darsning nomi, qaerdao'quv samaradorligini oshirish uchun multimediya qo'llaniladi. Download 54.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling