Texnologiya ta’limi darslari jarayonida tarbiya


Oilada tejamkorlik tarbiyasi


Download 45.82 Kb.
bet9/11
Sana30.01.2023
Hajmi45.82 Kb.
#1141690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Durdonaxon

Oilada tejamkorlik tarbiyasi. Pul ham tarbiyalaydi. Bungga befarq qaramaslik darkor. Pul muomalasiga mensimay qarash, ko‘pincha ikki tomonlama muammoga olib keladi. Tekinxo‘rlik va oilaning iqtisodiy qiyinchiliklarini bilishni istamaslik odati tarbiyalanadi. Ikkinchidan, pul ochko‘zlik, pul jamg‘arishga intilishni tarbiyalashi mumkin. Ilk yoshlikdanoq bolani oilaning xo‘jalik ishlari bilan tanishtirib borish zarur. Bola oila mablag‘ini bilishi, oila hayotining bir oylik, bir kunlik “taxminiy smetasini” bilishi lozim. U asosiy oziq-ovqatlarning non, yog‘, sut, go‘sht, baliq, sabzavot va boshqalarning narxini bilishi kerak. Bola kamolga etib borgan sari uni buyumlar (kiyim, poyafzal, televizor va hokazolarning) qimmati bilan tanishib bormog‘i lozim. Agar ota-ona qo‘shimcha ish olib ishlayotgan bo‘lsa, bola shuni tushunishi kerakki, onasi va otasi oilada hamma yaxshi yashashi uchun mehnat qilayopti. U shunday mantiqni tushunmog‘i lozim: Har kim oila hayotini yaxshilashga o‘zining qo‘lidan kelgan hissasini qo‘shishi kerak. Bola sizga qancha ertaroq yordam bera boshlasa, shuncha yaxshi bo‘ladi.

5. Ekologik tarbiya


Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umumbashariy muammosiga aylangan. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, rivojlanishning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir, - deb ta‘kidlagan. Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy “Bolalarga jonim fido” asarida “Men bolalar alifbosini ochib, birinchi so‘zni hijjalab o‘qishlariga qadar avval dunyodagi eng ajoyib kitob - tabiat kitobini mutolaa etishlarini istardim” - deb ta’kidlaganidek, bu borada barcha ishlarni bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublika “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da: “Ta’limning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarning ekologik va sanitariya-gigiena ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish zarur” - deb alohida ta’kidlangan.
Ekologiya” yunoncha so‘z bo‘lib, tirik mavjudodlarning yashash sharti va tevarak atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadigan fandir. “Ekologiya” atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi E.Gekkel tomonidan kashf etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 50-moddasida: “Fuqarolar atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar” va 55-moddasida esa: “Yer va er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umumiy boyliklardir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat mudofaasidadir” - deb juda o‘rinli ta’kidlangan. Fuqarolarda ekologik madaniyatni tarkib toptirish, ularga tabiat, atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo‘lishni o‘rgatish ijtimoiy pedagogika nazariyasi va amaliyotining eng dolzarb mavzusiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Sog‘lom avlod uchun” ordenining ta’sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi, “Ekologik ta‘lim-tarbiya konsepsiyasi” ning ishlab chiqilishi, “Ekosan” jamg‘armasining tuzilishi va 2000 yilning “Sog‘lom avlod yili” va 2005 yilning “Sihat-salomatlik yili” deb e’lon va davlat dasturi ishlab chiqilishi ekologik tarbiyaning ijtimoiy muammolarini hal qilishga qaratilganligini ko‘ramiz. Aholi sonining tez o‘sib borishi natijasida ekologik ijtimoiy muammolar ham tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, aholini yer, suv, energetika, oziq-ovqat bilan ta’minlash haqidagi muammolar butun dunyo ijtimoiy muammolariga aylanib bormoqda. Yer kurrasida insoning farovon yashashi endi ekologik muammolarni echishga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodiy, texnik, gigiyenik, yuridik, estetik, pedagogik va psixologik yo‘nalishlari mavjud. Pedagogik yo'nalishda ekologik ta’lim va tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda aholiga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
Ekologik tarbiya esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham turli yoshdagi kishilarda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat.

Ekologik tarbiyani tashkil etish shakllari


Fuqarolarda ekologik savodxonlik va madaniyat ijtimoiy ta’limtarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari, mehnat jamoalari, mahalliy boshqaruv organlari, ichki ishlar xodimlari, prokuratura, sud, ommaviy axborot vositalari singari shakllarda amalga oshiriladi. Fuqarolarga ekologik tarbiya berishda milliy xususiyat va tomonlarga asosiy e’tiborni qaratish foydali. Bular: suv, yer, tuproq, havo muqaddas hisoblangan. Ota-bobolarimiz: “Suv - tabiat in‘omi, hayot manbai”, - deb bejiz aytishmagan. Ma’lumki hozir faqat 500 ming km 3 ga yaqin chuchuk suv bor xolos. Ma’lumki, barcha yoshdagi kishilarda tabiatni muhofaza qilish haqida qimmatli hayotiy g‘oyalar xalq donishmandligida asoslangan. Masalan, “Soyasidan xalq foydalanib turgan daraxtni kesib yuborgan odamni tangri do‘zaxga mahkum etur”, “Dehqonchilik bilan shug‘ullaninglar, dehqonchilik muborak kasbdir. Unga qo‘riqchilarni ko‘paytiringlar», “Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o‘tqazsa, so‘ng uning mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekinidan eyilgan narsaning har biridan unga sadaqa savobi yoziladi” va hokazo.

6. Estetik tarbiya



Download 45.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling