Texnologiya ta’limini elektron ta’lim resurslarini
Boshqaruvchanlik tamoyili
Download 1.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Абдусаломова Ноилабону
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Ko’nikuvchanlik tamoyili
- 7. Kompyuterli qo’llab quvvatlash tamoyili
- 8.Yig’iluvchanlik tamoyili
5. Boshqaruvchanlik tamoyili: O’quvchilar ekran kadrlarining almashuvini
o’zlari mustakil boshkara olishlari, istalgan mavzu yoki ma’lumot- larni, tushunchalar va fikrlar, illyustratciya materiallari va multimediyalarni ekranga chiqarish imkoniga ega bo’lishi kerak O’quvchilarga o’zlarining bilimini nazorat savollari va testlarga javob berib va amaliy mashg’ulotlarni bajargan xolda tekshirib ko’rishi kabi imkoniyatlar yaratilgan bo’ladi. 6. Ko’nikuvchanlik tamoyili: Elektron ta’lim resurs o’quv jarayonida aniq foydalanuvchi extiyojlariga ko’nikib borishini ta’minlashi, o’rganilayotgan materialning chuqurligi va murakkabligini va uni o’quvchining kelgusi mutaxassisligiga bog’lik xolda amaliy yo’naltirilganligini o’zgartirib borishga imkon berishi kerak. Foydalanuvchilar o’z extiyojlariga ko’ra qo’shimcha illyustrativ materiallarni yuzaga keltira olishlari, o’rganilayotgan tushunchalarni grafik va geometrik jixatdan talkin qila olishi lozim. 7. Kompyuterli qo’llab quvvatlash tamoyili: Bu tamoyilda o’quvchilar o’rganish jarayonining istalgan paytida o’quv materialining moxiyatiga o’ziga dikkatni jalb etishga undovchi topshiriq va masalalarni qarab chiqish va ularni bajarishda kompyuterdan foydalanishlari kerak. Kompyuter nafakat murak- kab almashtirish amallarini, turli xil xisoblashlarni va grafiklarni tuzib chiqishi, rasm va sxemalarni chizish balki turli xil murakkab darajadagi amallarni bajarishi lozim. Oldindan o’rganilgan hamda olingan natijalarni nafakat javob berish bosqichida balki ixtiyoriy bosqichlarda ham tekshirib ko’rish lozim. 8.Yig’iluvchanlik tamoyili: Elektron ta’lim resurs, yangi bo’limlar va mavzular, fan va texnika yangiliklari bilan kengaytirib va to’ldirib borishga imkon berishi xamda maxsus va aloxida fanlar bo’yicha elektron kutubxonalarni yoki o’qituvchilarning xususiy elektron kutubxonalarini shakllantirishi kerak. Elektron ta’lim resursni yaratish jarayonida psixologo-pedagogik, texnik- texnologik, estetik va ergonomik talablar quyiladi. Elektron ta’lim resurs, o’quv va 22 uslubiy qo’llanma kabi an’anaviy o’quv nashlariga qo’yilgan didaktik talablarga javob berishi kerak. Didaktik talablar ta’lim berishning spetsifik qonuniyatlariga va mos ravishda ta’lim berishning didaktik tamoyillariga mos kelishi kerak. Quyida elektron ta’lim resursga bo’lgan an’anaviy didaktik talablar keltirilgan: 1.O’qitishda ilmiylikni, fan,texnika va texnologiyalarni so’nggi yutuqlarni xisobga olish o’quv materiali mazmuning etarlicha chuqurligini, ishonchliligini ta’minlaydi. O’quv materialini elektron ta’lim resurs yordamida o’zlashtirish jarayoni o’qitishning zamonaviy usullari bilan mos ravishda ko’rilishi kerak. Masalan tajriba, eksperiment, solishtirish, kuzatish, abstraktlash, umumlashtirish, yaxlitlashtirish, o’xshashlik, taxlil va sintez, modellashtirish uslubi, shu bilan birga matematik modellashtirish, shuningdek tizimli taxlil uslubi. 2.O’qitishning erishuvchanlik talablari-elektron ta’lim resurs vositasida amalga oshiriladi va ta’lim oluvchilar yoshga va individual xususiyatlariga xos o’quv materialini o’rganishning murakkablik va chuqurlik darajasini aniqlash zaruriyatini bildiradi. O’quv materialini xaddan ziyod murakkablashtirish va ortiqcha yuklash mumkin emas, unda ta’lim oluvchi bu materialni egallashga ojizlik qiladi. 3.O’qitishning muammoviyligini ta’minlash talablari ta’lim olish faoliyatining tavsifi va mavjudligi bilan shartlashtirilgan. Agar ta’lim oluvchi ijozat so’rashni talab qiluvchi o’quv muammoli vaziyat bilan duch kelsa, uning fikrlash faolligi o’sadi. Ushbu didaktik talabni bajarilish darajasi, an’anaviy darsliklar va qo’llanmalarni qo’llashdan ko’ra, elektron ta’lim resurs yordamida bajarish sezilarli darajada yuqori bo’lishi mumkin. 4.O’qitishning ko’rgazmaliligini ta’minlash talablari, ta’lim oluvchilar tomonidan o’rganilayotgan ob’ektlar, ularning maketlari yoki modellarini sezgili qabul qilishi va shaxsan kuzatishini xisobga olish zaruriyatini bildiradi. 5.O’qitishni ongliligini, ta’lim oluvchining mustaqilligi va faoligini ta’minlash talablari o’quv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o’quv axborotini jalb qilish bo’yicha ta’lim oluvchilarning mustaqil xolatini elektron 23 ta’lim resurs vositalari bilan ta’minlashni ko’zda tutadi. Bunda ta’lim oluvchi uchun o’quv faoliyati yo’naltirilgan mazmunini anglatadi. Elektron ta’lim resurs asosida tizimli faoliyat yondashuvi yotishi kerak. Shuning uchun elektron ta’lim resursda ta’lim oluvchi faoliyatining aniq modeli kuzatilishi kerak. 6. Elektron ta’lim resursdan foydalanishda o’qitishning tizimliligi va ketma- ketligi talablari- o’rganiladigan fan soxasida bilimlarning ma’lum tizimining ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi ketma-ketligini ta’minlanishini bildiradi. Bilim, ko’nikma va maxorat-ta’lim tizimida mantikiy tartibda shakllanishi va hayotda qo’llanilishda o’z o’rnini topishi zarur. Buning uchun quyidagilar zarur: -o’quv materialini tizimlashtirilgan va strukturlashtirilgan xolda tavsiya qilish; -o’quv axborotining xar bir qismini tashkil qilishda shakllanayotgan bilim, ko’nikma va maxoratlarning rivojlanishini ham xisobga olish; -o’rganilayotgan materialning fanlararo bog’likligini xisobga olish; -o’quv materiali va ta’lim beruvchi ta’sirlarning uzatilish ketma-ketligini chuqur o’ylab ko’rish; -bilimlar olish jarayonini o’qitish mantiqi bilan aniqlanadigan ketma-ketlikda ko’rish; - elektron ta’lim resurs tavsiya qilgan axborotni, o’qitishning mazmuni va uslubini ta’lim oluvchining shaxsiy tajribasi bilan bog’liq usullar tanlash, mazmunli o’yin xolatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlarni tavsiya qilish, eksperi- mentlar, real jarayonlar va mavjudotlar modellarini tavsiya qilish yo’li bilan amaliyot bilan bog’lanishini ta’minlash. 7.Elektron ta’lim resursdan foydalanishda bilimlarni o’zlashtirish mustax- kamligi talablari: - o’quv materialini mustaxkam o’zlashtirish uchun bu materialni chuqur fikrlash, uni xotirada saqlashga intilish katta ahamiyatga ega. 8. Elektron ta’lim resursda o’qitishda ta’lim, rivojlantiruvchi va tarbiyaviy funktsiyalar birligi talablari. 24 Ta’lim vazifasidagi an’anaviy nashrlarga qo’yiladigan didaktik talablardan tashqari, elektron ta’lim resursga uni yaratish va xarakatlanishida zamonaviy axborot va telekommunikatsion texnologiyalarning ustunliklaridan foydalanish kabi spetsifik didaktik talablar qo’yiladi. 1.Moslashuvchanlik talablari-elektron ta’lim resursning ta’lim oluvchi individual imkoniyatlariga, ya’ni o’qitish jarayonida ta’lim oluvchi bilimlari, ko’nikmalari va psixologik xususiyatlariga moslashishni bildiradi. Elektron ta’lim resurs moslashuvchanligining uchta darajasi mavjud. Birinchi darajasi ta’lim oluvchilarning materialni o’rganishning o’ziga qulay bo’lgan individual tempini tanlash imkoniyati xisoblanadi. Ikkinchi darajasi ta’lim oluvchi xolatining diagnostik taxlili xisobanadi, uning natijalari asosida, ta’lim berishning mazmuni va uslubi taklif etiladi. Uchinchi darajasi ochiqcha yondashuvga asoslanadi, unda foydalanuvchilar- ning guruhlanishi ko’zda tutilmaydi va dastur mualliflari ta’lim oluvchilarning imkoni boricha ko’prok kontingenti uchun, iloji boricha ko’prok variantlarini ishlab chiqishlari tavsiya etiladi. 2.O’qitishning interfaollik talablariga o’qitish jarayonida ta’lim oluvchi bilan elektron ta’lim resursning o’zaro xamkorligini ta’minlash kiradi. Elektron ta’lim resurs vositalari interfaol dialog va teskari aloqani ta’minlashi kerak. Dialogni tashkil etishning muhim tashkil etuvchi qismi bo’lib, foydalanuvchi xarakatiga elektron ta’lim resursning reaktsiyasi xisoblanadi. Teskari aloqa nazoratni amalga oshiradi, keyingi ishlar bo’yicha tavsiyalar beradi, ma’lumotnoma va tushuntiruvchi axborotlarga doimiy kirishni amalga oshiradi. Teskari aloqa o’quv jarayoni natijalari bo’yicha diagnostik xatolar bilan nazoratda bilim darajasini oshirish bo’yicha tavsiyalar bilan ish tahlilini beradi. 3.Elektron ta’lim resurs takdim qilgan o’quv axborotini kompyuterli vizual- lashtirish imkoniyatlarini joriy qilish talablari. Zamonaviy vositalarining imkoniyatlarini elektron ta’lim resursda o’quv axborotini namoyish qilish sifatiga nisbatan taxlilini ko’zda tutadi. 25 4. Elektron ta’lim resurs bilan ishlashda ta’lim oluvchining intellektual qobiliyatini rivojlantirish talablari. Fikrlash (algoritmlash, ko’rgazma sifat, nazariy), murakkab vaziyatlarda optimal yoki variativ qarorlar qabul qila olish maxorati, axborotga ishlov berish bo’yicha maxoratlarni shakllantirishni ko’zda tutadi. 5.Elektron ta’lim resursda o’quv materialini namoyish kilishning tizimlilik va funktsional bog’likligi talablari. 6.Elektron ta’lim resursda ta’lim berish didaktik tciklining to’liqligi va uzluksizligini ta’minlash talablari elektron ta’lim resurs didaktik tsiklning barcha zvenolari axborotli va kommunikatsion texnika bilan ishlashning bitta seansi chegarasida bajarilish imkoniyatini berishi kerakligini bildiradi. Elektron ta’lim resursga bo’lgan didaktik talablar bilan uslubiy talablar uzviy bog’likdir. Uslubiy talablar elektron ta’lim resursga mo’ljallangan o’quv fanining o’ziga xosligi va xususiyatlarini mos ravishdagi fan spetsifikasini, uning tushunish apparatini, uning qonuniyatlarining izlanish usullari xususiyatlarini, axborotga ishlov berish zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini xisobga olishni ko’zda tutadi. Elektron ta’lim resurs quyida keltirilgan uslubiy talablarni qoniqtirishi kerak: 1.Real texnik tizim va qurilmalarning ko’p xilligi bilan va ularning xarakat- lanishi murakkabligiga bogliq ravishda, elektron ta’lim resursga o’quv materialini taqdim etishning tushunchali,obrazli va xarakatli komponentlarining o’zaro xarakati va o’zaro bog’likligiga tayangan xolda qurilishi kerak. 2. Elektron ta’lim resurs o’quv fanining ilmiy tushunchalar tizimi tasvirini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta’minlashi kerak bo’lib , uning xar bir darajasi ma’lum fanlar ichra darajasiga mos keladi, shuningdek bu tushunchalarning bir darajali xamda darajalararo mantiqiy o’zaro bog’liqligini xisobga olishni ta’minlashi kerak. 3. Elektron ta’lim resurs ta’lim oluvchiga algoritmik va evristik faoliyatini amalga oshirish uchun etarli bo’lgan o’zlashtirish darajasida ta’lim oluvchi bilimlarining fanlar ichra darajasini bosqichma-bosqich oshirish maqsadida turli xildagi nazorat qilinadigan shug’ullanish xarakatlari imkoniyatini etkazib berishi 26 kerak. Elektron ta’lim resursni ishlab chiqish va foydalanishga qo’yilgan didaktik talablarni xisobga olish bilan bir qatorda, elektron ta’lim resursni yaratishning muvaffakiyatliligi va sifatiga ta’sir qiluvchi bir qator psixologik talablar ham qo’yiladi. Quyidagi psixologik talablar, elektron ta’lim resurs bilan bir qatorda barchaga qo’yilgan talablar sirasiga kiradi. 1. Elektron ta’lim resursda o’quv materialini namoyish kilish nafakat verbal, balki kognitiv jarayonning sensorlik va namoyish qilish jarayonlariga xam mos kelishi kerak. Elektron ta’lim resurs qabul qilish, diqqat, fikrlash, tasavvur qilish, xotira kabi psixologik jarayonlari xususiyatlarini xisobga olgan xolda qurilishi kerak. 2. Elektron ta’lim resurs o’quv materiali ta’lim oluvchilarni yoshini, tayanch bilimlarini va tilni bilishni xisobga olib qurilgan bo’lishi kerak. 3. Elektron ta’lim resurs obrazli va mantikiy fikrlashni rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Texnik texnologik talablarga quyidagilar kiradi. -lokal (kompakt disk) va boshqa tashki axborot tashuvchilarda va tarmoqli tartibotda xarakatlanishi; -multimedia va telekommunikatsion texnologiyalarning zamonaviy vosita- larini maksimal qo’llash; -ishlash qobiliyatining puxtaligi va turg’unligi; -geterogenligi (elektron ta’lim resurs spetsifikatsiyasida ko’zda tutilgan turli xildagi kompyuterli va boshka shunga o’xshash vositalarida turg’un ishlashi); -nuqsonlarga turg’unligi; -resurslarlardan samarali va tug’ri foydalanish; -testlashtirilganligi; Elektron ta’lim resursning turli xildagi ko’rinishlariga nisbatan maxsus texnologik talablar qo’llanilishi mumkin. Lokal elektron ta’lim resursga bo’lgan texnologik talablar: -turli xildagi elektron tashuvchilarni qo’llash imkoniyati; -elektron va qog’ozli tashuvchilarni kombinatsiyalashtirish imkoniyati. 27 Tarmokli elektron ta’lim resursga bo’lgan texnologik talablar: -lokal va tarmokli tartibotda ishlash imkoniyati; -tarmokda fizik lokallashtirilgan va tarqatilgan komponentlarning miqdori; -o’qitishni boshqarish jarayoni va umumiy axborot bazalarining vositalari miqdori. -jamoaviy ishlarni tashkil qilish vositalari miqdori (o’qituvchi yoki boshqa ta’lim oluvchilar bilan teskari aloqa); -platformali va dasturli mustaqillik. Elektron ta’lim resurska qo’yiladigan ergonomik talablar ta’lim oluvchilar- ning yosh xususiyatlarini xisobga olib tuziladi, o’qitishda motivatsiya darajasini oshirishni ta’minlaydi, axborotni tasvirlash va elektron ta’lim resurs ishining tarti- botlariga bo’lgan talablarni o’rnatadi. Elektron ta’lim resursni ishlab chiqish va foydalanishda qo’yiladigan sog’likni saqlash va ergonomik tavsifidagi talablarga xisoblash texnikasi bilan ishlashning gigienik va sanitariya talablari kiradi. Ta’lim muassalarida ishchi o’rinlarni tashkil qilish va sharoitlariga bo’lgan gigienik talablarga rioya qilishda o’quv mashgulotlari davomida komp’yuterda ishlash davomiyligi quyidagicha tuzilishi kerkak: -birinchi bosqich ta’lim oluvchilar uchun- bir kunda 30 minutgacha; -ikkinchi va uchinchi bosqich ta’lim oluvchilari uchun –ikki soatli darslarda kuniga 1 soatgacha: tanaffus, o’quv materialini tushuntirish, ta’lim oluvchilar bilimini baholash va boshqalar bilan birga komp’yuterda ishlashda 20 minutga kam bo’lmagan oralik bilan birinchni darsda 30 minut va ikkinchi darsda 30 minut; -uchinchi bosqich ta’lim oluvchilari uchun komp’yuter bilan o’quv mashgulotlarining davomiyligini, o’quv mashgulotlari umumiy vaqtining 50% igacha komp’yuterda bevosita ishlashning vaqti yig’indisi bilan 3 akademik soatgacha oshirish mumkin. Elektron ta’lim resursning ta’lim oluvchilarning yosh xususiyatlari va xisoblash texnikasi bilan ishlashning sanitariya me’yorlari bilan mos kelishi, elektron ta’lim resurs samaradorligining asosiy shartlaridan biri bo’lib xisoblanadi. 28 Bu talablarga mos kelmaslik ta’lim oluvchilarning axborot oqimlarini qabul qilmasliklariga yoki sog’liklariga salbiy ta’siriga olib keladi. Ergonomik talablar bilan uzviy boglik bo’lib, elektron ta’lim resursni estetik shakllantirishning funktcional vazifasiga mos kelishini, o’quv muxitining grafik va tasviriy elementlarining tartibga keltirilganligi va ifodaliligini, rangli koloritning elektron ta’lim resurs vazifasiga mos kelishini o’rnatadi. Ma’ruzalarda qo’llaniladigan elektron ta’lim resursda o’quv materiallari videotasvir, audio kuzatuvni animatcion roliklar bilan illyustratciyalash, murakkab jarayonlar namoyishini etkazib berish, ma’ruzalarda yaratiladigan matn, grafik, tovushni vizuallashtirish imkoniyati bilan ta’minlanishi kerak. Tajriba mashgulotlarida qo’llaniladigan elektron ta’lim resursda ta`lim oluvchini ishga tayyorlash, ishni boshlash, eksperimentni (tajribani) bajarish, eksperimental natijalarga ishlov berish, tajriba ishlari natijalarini tayyorlash, ishni ximoyalash uchun avtomatlashtirish vositalariga ega bo’lishi kerak. Bunday elektron ta’lim resurslar virtual tajribalar yaratadigan, tezlashtirilgan va sekinlashtirilgan vakt masshtabida turli jarayonlarni o’rganish imkonini beruvchi modellashtiruvchi komponentlarga ega bo’lishi kerak. Tajriba ishlarida ta’lim oluvchilarning bilimlari, ko’nikmalari va maxoratlarini nazorat qilish uchun tuzilgan avtomatlashtirish vositalariga ega bo’lishi kerak. Amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan elektron ta’lim resurs ta’lim oluvchiga mashg’ulot mavzusi, maksadi va o’tkazilish tartibi xaqida ma’lumot etkazishi; ta’lim oluvchiga javobning to’g’riligi xaqida axborot berishi; Ta’lim oluvchilarning bilimini baholashi, xar bir ta’lim oluvchining bilimini nazorat qilishi; topshiriqlarning zaruriy nazariy materiali va yechish uslubini ko’rsatish; “pedagog-darslik ta’lim oluvchi” tartibotida teskari aloqani amalga oshirishi kerak. Ta’lim oluvchilarning mustaqil ishining borishida qo’llaniladigan elektron ta’lim resursning tuzilmasi va mazmuni fanni o’quv materialini chuqur o’rganishga mo’ljallash bilan bir vaqtda o’rganilayotgan fanning o’quv dasturiga mos kelishi kerak. Ta’lim tizimi uchun yaratiladigan elektron ta’lim resurs quyidagi umumiy talablarni qanoatlantirishi kerak. 29 1.Elektron ta’lim resursning mazmuni va tarkibi ta’lim standartining talablariga mos kelishi kerak. 2.Elektron ta’lim resurs o’zida muammosi va izlanish topshiriqlarining intelektual o’rgatuvchi tizimiga ega bo’lishi kerak. 3.Elektron ta’lim resurs o’quv faoliyatining izlash, yigish, saklash, taxlil, ishlov berish kabi mos ravishdagi axborotni uzatish kabi ko’rinishlarni avtomatlashtirishni; xisoblashlarni, loyixalash va konstruktsiyalashni, tajriba, eksperimentning natijalariga ishlov berishni avtomatlashtirishni; nazorat topshiriqlarini bajarish jarayonida axborotli ishlov berishni avtomatlashtirishni ko’zda tutishi kerak. 4.Elektron ta’lim resurs murakkab ob’ektlar ishining imitatsiyasini turli xildagi jarayonlarning real, tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan vakt mashtabida o’tish vositalarini tarkibida saklashi kerak. 5.Elektron ta’lim resursning trening vositalari-ta’lim oluvchini kelajakdagi kasbiy faoliyatiga fanning virtual muxitida tayyorlashni amalga oshirish kerak. 6.Elektron ta’lim resurs barcha amalga oshiriladigan xisoblashlar vizuallashtirishning ochiq tizimiga ega bo’lishi, o’zgaruvchan o’rganiladigan ob’ektlar yoki jarayonlarning tavsifi bilan qiymatlarining bog’likligini namoyish kilishi kerak. Qushimcha ta’lim tizimida ishlash uchun yaratiladigan elektron ta’lim resurs quyidagi talablarni qoniqtirishi kerak: 1.Elektron ta’lim resurs materiallari yangilanishining uzluksizligi va oddiyligi va ularni tashkillashtirish shakllari, tamoyillari bo’yicha tuzilishi kerak. Elektron ta’lim resurs materiali ta’lim oluvchilarning shaxsiy faoliyatini rivojlantirishga yo’naltiri;.lishi kerak. 2.Elektron ta’lim resurs mazmuni va shakli bo’yicha ta’lim tizimida ta’lim oluvchilar talablarining chuqur differentciallashuvini xisobga olgan xolda ishlab chikilgan bo’lishi kerak. 3.Elektron ta’lim resurslar ta’lim oluvchilarning tajribasi va amaliy bilimlarini xisobga olgan xolda tuzilishi kerak. 30 4.Elektron ta’lim resurs bilan ish yakunlanganda tegishli amaliy natijalar olingan bo’lishi va imkoni bo’lsa tinglovchilarning shaxsiy maksadlari joriy qilingan bo’lishi kerak. Elektron ta’lim resurs minimal moliyaviy va vakt resurslarini sarflab, maksimal natijalar olish imkonini berishi kerak. 5.Elektron ta’lim resurslar ta’lim oluvchilar o’rtasida oliyjanob aloqalarni o’rnatish imkoniyatlarini yaratib berish kerak. Download 1.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling