Texnologiyalar va pedagogik mahorat
Download 5.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi sath
muammoli vaziyat
ularda ma’lum xissiy hozirlikni vujudga iceltiradi. Mustaqil amalga oshirilgan bilish jarayonidan, kashfiyotlandan qoniqish hosil qiladi. Xayratga tushish, tushkunlik yoki shodlik hissiyotlari muammoli vaziyatni to‘g‘ri tashkil qilish belgilari bo‘lib xizmat qiladi. Ma’lumki, yuqori ko‘tarinkilik bilimlami samarali o‘zIashtirish, haqiqatni qidirish va unga erishishning muhim omili hisoblanadi. Muammoning murakkabligi, talabalaming bilim saviyasi va malakasi, ulaming ijodiy faoliyati ko‘nikmalari, didaktik maqsadga yo‘nalganligiga qarab muammoli o‘qitishda talaba va o‘qituvchi o‘zaro munosabatlarining turli variantlari bo'lishi mumkin, ya’ni muammolilikning turli sathlari amaida bo‘lishi mumkin. Pedagogikaga oid adabiyotlaida asosan muammolilikning uch sathi haqida fikr yuritiladi: Birinchi sathda o'qituvchi o‘zi muammoni qo'yadi, uni shakllantiradi va talabalarni mustaqil ravishda uning yechilish yo‘lini qidirishga yo‘naltiradi. Ikkinchi sathda o‘qituvchi faqat muammoli vaziyatni vujudga keltiradi, talabalar esa muammoni mustaqil shakllantiradilar va yechadilar. Uchinchi sath — oliy sath bo'lib, unda 0 ‘qituvchi shunday qoidani ko‘zda tutadi: muayyan muammoni ko‘rsatib bermaydi, balki unga talabalarni « o ‘baro‘» qiladi hamda ulami mustaqil ijodiy faoliyatga yo‘naltiradi, ulami boshqaradi va natijani baholaydi. Talabalar esa muammoni mustaqil anglaydilar, uni shakllantiradilar, uning yechilish usullarini tadqiq qiladilar. 0 ‘quv muammosining qo‘yilish jarayonini osonlashtirish uchun muayyan tartibga rioya qilish lozim bo‘ladi. yechilish lozim bo‘lgan hamda yangi tushunchalar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan awalgi o‘zlashtirilgan 77 bilimlar doirasini faollashtirmasdan turib, muammoni qo‘yib bo‘lmaydi. Muammoli vazifalami tashkil qilishdan oldin talabalarning sabab-oqibat aloqalarini o‘mata olish usullarini egallaganligiga ishonch hosil qilish, talabalarning muammoli vaziyatni tahlil qila olish darajasini o‘iganish shartdir. Shuningdek, o‘qituvchi talabalar e’tiboriga faqat ular uchun qulay bo‘lgan muammolami qo‘ymasligi ham mumkin. Shu bilan biigalikda muammoning yechilishi uni to‘g‘ri qo‘ya bilishga ko‘p jihatdan bog‘liq ekanligini unutmaslik zarur. Bu qoidalarni amalga oshirish, awalo o‘quv materialining mazmun xususiyati bilan bog‘liqdir. Uning tarkibi va tuzilmasiga qator talablarni qo‘yish mumkin. 0 ‘quv materiali quyidagi mazmunni qamrab oladi: • Download 5.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling