Texnologiyalar va pedagogik mahorat
Download 5.1 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Azizxo jayeva N.N
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10. Texnik yechimlarning morfologik tahlili va sintezi.
9. Sinektika metodi.
U 1960 yilda AQShda U.Gordon tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metod talabalarga muammoning unsurlarini ifodalashga, ijodning bosh maqsadini ajratib olishga, turli xil xarakterdagi vazifalami yechishning har xil nusxalarini izlashga yordam beradi va ular quyidagi shaklga ega bo‘ladi: bevosita (ma’lum bir vazifaning yechilishiga o‘xshatib yechiladi), shaxsiy (obyektdagi berilgan vazifa obraziga kirishga urinib ko‘rish va shu nuqtai nazardan fikrlashga harakat qilib ко‘ring), ramziy (ikki jumla bilan vazifaning obrazli mohiyatini aytib bering), xayoiiy (go‘yoki ertaldardagidek bu vazifani yechadilar). Bu bilan bo‘lg‘usi mutaxassisda abstraksiyalash malakasi, muhokama predmetidan o ‘zini fikran olib qochish, aql yuritish moyilligi, xayolot, bahslarga kirishib keta olish, bog‘lanib qolish havfi bo‘lgan g‘oyalardan uzoqiashish, boshqalar fikrini tinglash, safdoshi bildirgan g‘oyalarga nisbatan chidamli bo‘lish, odatdagilar ichidan g‘ayri odatiylarini va g‘ayri odatiylar ichidan odatdagilarini topish hamda analoglardan unumli foydalanish kabi sinektik fikrlashga bo‘lgan qobiliyat shakllanadi. 10. Texnik yechimlarning morfologik tahlili va sintezi. Bu metod shveysariyalik astrofizik Svikki tomonidan ishlab chiqilgan. 0 ‘iganilishi lozim bo‘lgan texnik tizim tarkibiy qismlari yoki funksional morfologik belgilaridan iborat bo‘lgan tarkibning ro‘yxatidan aniq muqobUlari, texnik ifodalari ajratib olinadi ular morfologik quti yoki matrisa deb nomlanadigan jadvallar shaklida joylashadi va ajralib turgan belgilar variantlarini birlashtirib saralab olish orqali yangi vazifalar yechimi aniqlanadi. Morfologik tahlilda bo‘lg‘usi mutaxassislar texnik vazifalar yechimi unsurlarining har tomonlama kombinasiyasini yasashga o‘rganadilar. Chunki bu metod quyidagi tamoyilga asoslangan: texnik xarakterdagi ijodiy vazifalami yechishda muvofiqlashtiruvchi o‘qlar yordamida obyektning muhim tavsiflarini farqlab oladilar. Unga quyidagilar kiradi: - vazifalami aniq ifodalash, yangi ifodalami topishga urinish, ikkinchi darajali va o‘xshash vazifalami aniqlash hamda ulardan eng muhimini ajratib olish; - yechimlardagi mavjud kamchiliklar, ulaming asosiy tamoyillari va yangi takliflami sanab ko‘rsatish; - xayoiiy, biologik, iqtisodiy, molekulyar va boshqa analoglami xomaki rejalashtirish; - matematik, gidravlik, elektron, mexanik va boshqa modellami yasash (ular aslida analoglarga qiyoslangan g‘oyalami ifoda qiladi); 107 - variantlar, tobeliklar, bo‘lg‘usi aloqalar, mantiqiy o‘xshashliklarni o‘rnatish; - bu ishdan mutlaqo xabari yo‘q ba’zi kishilaming fikrlarini bilish va b. 11. Funksional — foydali tahlil metodi. Bu metodning yaratuvchilari sifatida Permlik muhandis Yu.M. Sobolev va L.Mayez boshchiligidagi Amerikaning «Jeneral elektrik» firmasining muhandislaridir. Bu texnik obyektlarning texnik-iqtisodiy metodi bo‘lib, ulaming iste’molchilik o‘ziga xosligi va bu o‘ziga xoslikni ta’minlovchi chiqimlar o‘rtasidagi munosabatlami yaxshilashga xizmat qiladi. Bu metodning mohiyati shundaki, ijrochi obyektga bajarilishi lozim bo‘lgan amallar va iste’molchi talablari nuqtai nazardan yondoshadi. Bu metod bir qator murakkab konstruksiyalaiga ishlov berish, ulaming texnologikligi, samarasiz chiqimlarga qarshi «markazlashgan hujum» tashkil etish, moddiy va mehnat omHlaridan samarali foydalanishni oshirishni hal qilishda iqtisodiy samarador metod hisoblanadi. Mamlakatimizdagi ilmiy tashkilotlar va korxonalaming xo‘jalik hisobi va o‘z-o‘zini mablag* bilan ta’minlashga o‘tilishi bu metoddan keng foydalanish lozimligini ko‘rsatadi. Shuningdek, fimksional-foydali tahlil asoslari oliy maktabda bo‘lg‘usi mutaxassis- tadqiqotchilarga (konstruktorlar, texnologlar) dars sifatida o‘tilishi lozim. Bu esa oliy o‘quv yurtini bitiigandan so‘ng borib ishlaydigan ilmiy tashkilot (korxona)da m ahsulotlar konstruksiyasini, uni tayyorlash texnologiyasini yaxshilashning konkret yo‘llarini aniqlashga yangi imkoniyatlardan kelib chiqib ishlab chiqarish va uskunalami ishlatish hamda ortiq darajadagi sarf-harajatlami bartaraf qilishga imkon beradi. Masala shundaki, fimksional-foydali tahlil nuqtai nazardan qaralganda, mahsulot ishlab chiqarishning barcha sarf-harajatlari foydali va foydasiz hamda ortiqcha deb taqsim qilinadi. Keyingilari yaqqol ko‘rinib tui^an va behuda sarflardir. Bu metod bo‘yicha o‘qitishning samaradorligini oshirish uchun mamlakat oliy o‘quv yurtlarida to‘plangan tajribalardan foydalanib, funksional-foydali tahlil va konstruksiyalaming texnologikligi bo‘yicha maxsus kurslar ishlab chiqish zarurdir. 12. «ARIZ - TRIZ» metodi. G.S. Altshuller va uning maktabi tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodlar sinov va kamchiliklar hamda boshqa ulaming modifikasiyalaridan sezilarli farq qiladi. Ular ko‘r-ko‘rona qidirishdan ko‘ra texnik tizimlarni rivojlantirish qonuniyatlariga bo‘ysungan mantiqiy operasiyalar tizimi asosiga qurilgan. Nazariyaning asosiy g‘oyasi: texnik tizimlar o‘z holicha emas, balki yaratuvchilik vazifalarini ongli va maqsadga muvofiq yechishda foydalanish mumkin bo‘lgan muayyan qonunlar asosida yuzaga keladi va rivojlanadi. Bu vazifalami yechish jarayonini texnik ziddiyatlami aniqlash, tahlil etish va yechish deb qarash lozim bo‘ladi. Belgilangan vazifalami qo‘llash metodikasi esa texnika va texnologiyani yaratishdagi ilmiy-texnik ziddiyatlami ajratib olish, aniqlash va hal qilish bo‘yicha muntazam ravishda muayyan 108 harakatlami bajarishdir. Tizim o‘z ichiga bunday ziddiyatlami hal qilishga yordam beruvchi o‘ziga xos yangilovchi operatorlaming 40 ta usullarini qamrab oladi. Ulardan ayrimlari quyidagilar: 1.«Taqsim qilish»: a) obyektni mustaqil qismlarga bo‘lish; b) obyektni bo‘laklarga bo‘lib bajarish; v) taqsimlash darajasini kengaytirish. 2.«Butlash»: ayni yoki yondosh operasiyalar uchun mo‘ljallangan obyektlami birlashtirish; b) ayni va yondosh operasiyalami birlashtirish. 3. «Onalik»: a) bir obyektni ikkinchi obyekt ichiga va o‘z navbatida uning ichiga uchinchi obyektni joylashtirish; b) bir obyektni to‘g‘ridan- to‘g‘ri ikkinchi obyekt orasidan o‘tkazish. 4. «Chappalik»: a) obyektning harakatdagi qismini yoki tashqi muhitni qo‘zg‘almas holatga olib kelish, aksincha, muqim holatni harakatdagi holatga keltirish; b) vazifa shartlari talab qilgan harakatlar o‘miga teskari harakatni amalga oshirish; v) obyektning «oyog‘ini osmonga qilib qo‘yish» va uni o‘nglash. 5. «Zarami foydaga aylantirish»: a) zararli faktorlardan (masalan, muhitga zarar yetkazadigan) ijobiy samara berishda foydalanish; b) zararli faktorlami boshqa zararli faktorlar bilan qo‘shish asosida uni bartaraf etish; v) zararli faktorlami ortiq darajada kuchaytirish asosida uni bezarar qilish. Xotima. Download 5.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling