The economy of enterprise


Download 0.55 Mb.
bet3/204
Sana05.01.2022
Hajmi0.55 Mb.
#228836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204
Bog'liq
korxona iqtisodiyoti

Responsible editor: candidate of economic science, dotsent A. Xaitov
References: doctor of economic science, prof. M.L.Tursunhodjayev; candidate of economic science, prof. A.Artikov; candidate of economic science, dotsent A.Egamberdiev
Experts: doctor of economic science, prof. B.T. Salimov candidate of economic science, dotsent R. Khakimov




KIRISH
Fanni o’rganishning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, mamlakat hayotida ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini (FTT) jadallashtirish, aholining turmush tarzini yaxshilashga qaratilgan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar ro’y berdi va ro’y bermoqda. Bunga iqtisodiyotga kiritilgan yangi investitsiyalar va mavjud moddiy- texnika asosini modernizatsiya qilishdan tashqari boshqaruvning demokratik tamoyillarini kuchaytirish, korxona, firma va ularga tenglashtirilgan ishlab chiqarish tuzilmalarining xo’jalik faoliyati bilan bog’liq mustaqillik doirasini kengaytirish, siyosatning iqtisodiyotdan ustunligiga barham berish, inson faoliyatining barcha soha va tarmoqlarida tashabbuskorlik, izlanish va hokazolarning rivojlanishi ham keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Mustaqillik hamda barcha xo’jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o’tishi iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o’zgarishiga sabab bo’ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo’lgan paytlardagidan farqli o’laroq mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlarini direktiva ko’rsatkichlari asosida emas, balki O’zbekiston Respublikasi “Korxonalar to’g’risida”gi, “Xususiy korxonalar to’g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o’zlariga kerak bo’lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug’ullanmoqda, zamonaviy marketing va menedjmentni yo’lga qo’ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar.

Shu kabi masalalar “Korxona iqtisodiyoti” kursining mazmunini tashkil qilib, ularni o’rganish iqtisodchilar (mutaxassisliklari va bo’lajak ish joylaridan qat’inazar) tayyorlovchi ko’plab oliy o’quv yurtlarining o’quv rejalarida ko’zda tutilgan. Ushbu kurs bo’yicha bir qancha darsliklar chop etilgan (ayniqsa Rossiyada) bo’lib, ular barcha o’quvchilar, birinchi navbatda, iqtisodchilar uchun juda qiziqarli va foydalidir. Mazkur o’quv qo’llanmasi ushbu kurs bo’yicha mavjud bo’lgan boshqa darsliklarni almashtirishni talab qilmaydi. U birinchidan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalariga mo’ljallangan kurs dasturiga asosan yanada ixchamroq tayyorlangan, ikkinchidan, unda kelitirilgan, ayniqsa, amaliy qismdagi ma’lumotlar O’zbekiston Respublikasi korxonalari faoliyatida yuzaga keluvchi iqtisodiy holatlar bilan bog’liq, uchinchidan esa, u yoki bu muammoni topish va hal qilishda muallif

nuqtai nazarini aks ettiradi.

Mazkur qo’llanmaga “Korxona iqtisodiyoti” fani bo’yicha avval chop etilib, mazkur fan o’qituvchilari va talabalar hamda korxonalar faoliyatining iqtisodiy muammolari bilan qiziquvchilar o’rtasida yaxshi baholangan ma’ruza matnlari asos qilib olingan. Shu bilan birga qo’llanmaga fanning u yoki bu masalalariga yangicha yondashilib, yangi bo’limlar va qo’shimchalar kiritilgan, statistik, amaliy va boshqa axborot ma’lumotlari yangilangan.

Biroq bu ma’lumotlar ham vaqt o’tishi bilan eskiradi, chunki dunyo doimo o’zgarishda bo’ladi: hayot ham, ishlab chiqarish sohasidagi hamda kishilarning



o’zaro munosabatlari ham o’zgarib boradi. Bunday sharoitlarda korxonalarning yashovchanligi yoki aniqroq aytganda barqarorligi ko’p jihatdan iqtisodiy faoliyatning holatiga, ya’ni ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish usullari, mehnatni tashkillashtirish va unga haq to’lash me’yorlariga rioya qilish, bozor talablariga o’z vaqtida javob berish, texnik va investitsion qaror qabul qilishda yanglishmaslik va hokazolarga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishda bu masalalarni hal etish nechog’lik to’g’ri va samarali amalga oshirilishiga korxona va uning har bir xodimi hamda butun davlatning ravnaqi va gullab-yashnashi ham bog’liq bo’ladi.



Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling