The Present simple tense
Download 1.48 Mb.
|
tayyori 2003
- Bu sahifa navigatsiya:
- – in vain
The Preposition ( predlog )
Predlog deb ot (yoki olmoshning) gapdagi boshqa so’zlarga munosabatini ko’rsatuvchi yordamchi so’zlarga aytiladi. Ingliz tilida kelishik qo’shimchalari yo’qligi uchun ular ko’p hollarda o’zbek tilidagi kelishik qo’shimchasi vazifasini bajaradi. Predloglar qisqa so’zlar (on, in, to) bo’lib, odatda ot (ba’zida gerundiy) oldidan ishlatiladi. Hatto ingliz tilini mukammal biladiganlar ham predloglar borasida qiynalishadi. Negaki, ularni birma-bir tarjima qilishning iloji yo’q. Bitta predlog vaziyatdan kelib chiqqan holda bir necha xil tarjima qilinishi mumkin. Qachon qaysi predlogni ishlatish to’g’risida aniq qoidalar juda kam. Shuning uchun predloglarni o’rganishni yagona yo’li lug’at bilan ko’p ishlash, ingliz adbiyotlarini ko’p o’qish hamda birikmalarni yodlash hisoblanadi. Har bir predlog nechta mustaqil ma’nolarda kelishi mumkin. Masalan, in predlogi quyidagi ma’nolarda ishlatiladi: 1) – da (joyga nisbatan ishlatiladi): He lives in Tashkent. 2) – da (vaqtga nisbatan ishlatiladi, oy va yil oldida) He will arrive in May. 3) keyin ma’nosida She will return in an hour. 4) – da, ichida, mobaynida The house was built in there months. Ko’p hollarda u yoki bu predlogning ishlatilishi undan oldin kelayotgan fe’lga, sifatga yoki otga bog’liq bo’ladi. Masalan, to depend fe’li o’zidan keyin on predlogini talab qiladi. It doesn’t depend on me. To laugh fe’li o’zidan keyin at predlogini talab qiladi. He laughed at me. Sure sifati o’zidan keyin of predlogini talab qiladi. He was sure of it. Objection oti o’zidan keyin to predlogini talab qiladi. I have no objection to that. Ba’zi fe’llar turli predlogar bilan kelganda, ma’nosi o’zgarib kelishi mumkin. He is loking at the child. (u bolaga qarayapti) He is looking for the child. (u bolani izlayapti) He is looking after the child. (u bolaga g’amxo’rlik qilyapti) Predloglar ko’pgina iboralar va birikmalar tarkibiga kiradi. – in vain buhuda, bekorga, at last nihoyat, for ever umrbod, abadiy, on the one (other) hand bir (boshqa) tomondan va boshqalar. Predloglar quyidagi guruhlarga bo’linadi. 1) sodda (in, to, at, va hokazo) 2) qo’shma (into, upon, throughout va boshqalar) 3) predlog vazifasini bajaruvchi so’zlar guruhi: (according to, by means of, instead of, in front of va boshqalar). Download 1.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling