Тиббиёт институтлари талабалари учун ўЌув адабиёти
Download 426.91 Kb.
|
Bolalarning yuqumli kasalliklari darslik
Patogenezi. Virus teri yoki shilliq pardalar orqali organizmga tushib, retikuloendotelial hujayralarda ko‘payadi, so‘ngra qonga o‘tib, virusemiya — umumiy zaharlanishni keltirib chiqaradi.
Viruslarning vazotrop xususiyatlari shunda namoyon bo‘ladiki, ya’ni bunda qon tomiri devorlarining o‘tkazuvchanligi oshib ketadi, bu kasallik uchun patologik hisoblangan to‘qimadagi plazmorreyaning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Natijada perivaskulyar shish, ko‘plab qon quyilishi va nekrobioz o‘choqlarining paydo bo‘lishi kuzatiladi. Kasallikning patogenezi kapillarotoksikoz, gemorragik toshmalar, ko‘plab qon quyilishi, ichki a’zo to‘qimalari va markaziy nerv sistemasining zararlanishi, shish ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Kasallik avj olganda ko‘pincha gipotalamogipofizar, buyrak usti bezi yetishmovchiligi va infeksion toksinli shok xolat yuzaga keladi. Kapillarlar va mayda qon tomirlari devorlarining zararlanishi bilan kechadigan virusemiya kasallik boshlang‘ich davrining (1—3 kun) belgilarini keltirib chiqaradi. Buyrakning siydik ajratish qobiliyatining o‘tkir buzilishi viruslarning buyrak tomirlarga bevosita ta’siri bilan bog‘langan. Oliguriya, og‘ir hollarda esa anuriyaning kelib chiqishi buyrak yetishmovchiligining belgilari bo‘lib, bu elektrolit va azot almashinuvnning buzilishiga ham olib keladi. Poliuriya davrida buyrak patologiyasini keltirib chikaruvchi funksional buzilishlar asosida kanalchalar epiteliysining siydikni reabsorbsiya qilish qobiliyatining pasayishi va buyrak tugunlarida filtrlanishning kamayishi va aftidan endokrin bezlar ish faoliyatining buzilishi yotadi. Klinikasi. Kasallikning yashirin davri o‘rta hisobda 15 kunni tashkil etib, 10 kundan 25 kungacha o‘zgarib turishi mumkin. Kasallik odatda o‘tkir boshlanadi. Kasallik boshlanishining old davri 2—4 kun davom etib, bemorni ko‘ngil aynishi, behol bo‘lish, tez charchab qolish, boshning peshona, chakka kismida va ko‘z kosalarida og‘riq bezovta qiladi, ishtaha pasayib, oyoq-qo‘llarda va butun tanada og‘riq paydo bo‘ladi, uyqu buzilib, tomoq qichishadi. Kasallikning boshlang‘ich davrida birdaniga harorat. 38—40—41°S ga ko‘tarilib, yuz, bo‘yin, ko‘krakning yuqori qismi ko‘karib ketadi, sklera — ko‘z oqiga qon kuyiladi. Kasallikning 2—4- kunida oliguriya davri kuzatilib, u buyrak va gemorragik belgilar bilan o‘tadi. Harorat tushgandan so‘ng MNS va buyrak zararlanishi natijasida bemorning umumiy ahvoli yaxshilanmaydi. Uzoq Sharq mintaqasi uchun terida petexial yoki mayda nuqtasimon toshmalarning paydo bo‘lishi xos bo‘lib, bu narsa og‘ir gemorragik asoratlarning kelib chiqishidan darak beradi. Bunday asoratlardan eng og‘iri buyrakdan qon ketishidir. U goho makrogematuriya, ba’zan esa mikrogematuriya ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Nafas olish a’zolari kamdan-kam hollarda zararlanadi. Me’da-ichak yo‘lining zararlanishi, ko‘ngil aynishi va qayt qilish, chiriyotgan qon hidining kelishi, qorinda meteorizm va og‘riqning paydo bo‘lishi, og‘riq asosan qorinning o‘ng qismida, o‘ng qovurg‘alar ostida va kindik atrofida kuzatiladi. Abdominal belgilarga yaxshi e’tibor bermaslik, me’da yarasining teshilishi — peritonit, appenditsit kabi kasalliklarga taxmin qilib, noto‘g‘ri tashxis qo‘yish natijasida keraksiz operatsiyalarni o‘tkazishga ham ba’zan sababchi bo‘ladi. Gemorragik isitmaning asosiy belgilaridan biri chanqoqlik bo‘lib, poliuriya davrining oxiriga borib chanqash juda kuchayadi. Ko‘rishning buzilishi, ko‘zning qichishi, ko‘rish o‘tkirligining pasayishi va ko‘zning xiralashishi — kasallikning odatiy belgilaridan hisoblanadi. Oq qon tanachalarida sezilarli o‘zgarishlar yuz berib, dastlabki kunlar bir oz leykopeniya yoki normotsitoz aniqlanadi. Trombotsitlar soni kamayib ketadi. Bundan tashqari, qonda gipokoagulyatsiya va giperkoagulyatsiya kuzatiladi. Sog‘ayish davri 3—12 oy. Kasallik yengil, o‘rtacha og‘irlikda va og‘ir kechadi. Kasallikning og‘ir turi buyrakning siydik hosil qilish va siydik ajratish funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanib, uremiya belgilari, azot qoldiqlarining ko‘rsatkichlari (65,2 dan 142,8 mmol/l gacha, anuriya yoki oliguriya, sutkalik diurez 200—300 ml dan kam bo‘ladi), kuchli gemorragik belgilari va MNS zararlanishi bilan kechadi. Ba’zan o‘tkir tomir yetishmovchiligi va me’da-ichak yo‘llarining kuchli zararlanishi bilan kechadigan xillari ham kuzatilishi mumkin. Bir oz uremiya belgilarining paydo bo‘lishi kasallikning o‘rtacha og‘irlikda kechadigan turiga xosdir. Kasallik yengil kechganda azot qoldig‘ining miqdori normada bo‘lib, uremiyaning klinik belgilari kuzatilmaydi, sutkalik diurez miqdori normada bo‘ladi yoki ozgina kamayishi mumkin. Download 426.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling