Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga, nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqat yo‘qotilishi darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash


NOGIRONLIK GURUHINI OLIB TAShLASh TO‘G‘RISIDA


Download 211.66 Kb.
bet10/19
Sana21.04.2023
Hajmi211.66 Kb.
#1373897
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
TIBBIY-MEHNAT EKSPERT KOMISSIYA

NOGIRONLIK GURUHINI OLIB TAShLASh TO‘G‘RISIDA

___-son MA’LUMOTNOMA

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ______________tumani bo‘limiga

Fuqaro_____________________________________________ ning F.I.O.

Tug‘ilgan yili _____Fuqaro __________________________ning manzili:

_______________________________________________________________

Nogironlik guruhini olib tashlash to‘g‘risida TMEK qarori:

TMEKning______seriyali, ______-son ma’lumotnomasi asosida belgilangan nogironlikning ______________guruhi olib tashlandi.

Asos: TMEKning _____-son tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi

Berilgan sanasi: 201__yil “______”____________________

M. O‘.

TMEK raisi

_______________

_______________







(imzo)

(F.I.O.)

Komissiya a’zolari:

_______________

_______________







(imzo)

(F.I.O.)







_______________

_______________







(imzo)

(F.I.O.)







_______________

_______________







(imzo)

(F.I.O.)

Topshirdim (TMEKning mas’ul shaxsi)_____________________________




(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Qabul qildim (bo‘limning mas’ul shaxsi)____________________________







(lavozimi) (imzo) (F.I.O.)

201__ yil “_____” _________________

..............................................................................................................................

qirqish chizig‘i

(Tegishli tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga qaytariladi)

Fuqaro _____________________________________________ ning F.I.O.

Tug‘ilgan yili __ Fuqaro ___________________________ning manzili:

_______________________________________________________________

Nogironlik guruhini olib tashlash to‘g‘risida TMEK qarori:

TMEKning______seriyali, ______-son ma’lumotnomasi asosida belgilangan nogironlikning ______________guruhi olib tashlandi.

Asos: TMEKning _____-son tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi

Berilgan sanasi: 201__yil “______”____________________

Topshirdim (TMEKning mas’ul shaxsi)_____________________________




(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

Qabul qildim (bo‘limning mas’ul shaxsi)____________________________




(lavozimi)

(imzo)

(F.I.O.)

201__ yil “_____” ________________

Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qaroriga
2-ILOVA
Mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi gradusini aniqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (keyingi o‘rinlarda TMEK deb ataladi) tomonidan mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi gradusini aniqlash tartibini belgilaydi.
2. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi kasb faoliyatini amalga oshirish layoqati yo‘qotilishini baholashdan kelib chiqib mehnatda mayib bo‘lgan yoki kasb kasalligiga chalingan shaxslarni ko‘rikdan o‘tkazish sanasida foizlarda belgilanadi.
3. Jabrlanganda kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi TMEK tomonidan:
mehnatda mayib bo‘lganda – Nogironlikning sabablari ro‘yxati asosida belgilanadi, bunda nogironlik ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq mehnatda mayib bo‘lganlik oqibatida yuzaga kelgan deb hisoblanadi;
kasb kasalligida – ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq kasb kasalliklari ro‘yxati asosida belgilanadi. Bunda qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolatli sog‘liqni saqlash muassasasining xulosasidan ko‘chirma ham taqdim etiladi.
Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashning klinik-funksional mezonlariga asoslangan holda aniqlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda)
II. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashning umumiy qoidalari
4. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi jabrlanganga mehnatda mayib bo‘lganda va/yoki kasb kasalligiga chalingandan oldingi kasbiy faoliyatni bajarishni davom ettirish imkonini beradigan layoqatlar, psixofiziologik imkoniyatlar va sifatlar, ayni o‘sha mazmunda va o‘sha hajmda hisobga olingan holda, yoxud malaka pasayganligi, bajariladigan ish hajmi va odatdagi, maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida va boshqa sharoitlarda mehnat og‘irligi kamayishi hisobga olingan holda mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligiga duchor bo‘lganlik oqibatida sog‘liqqa shikastning oqibatlaridan kelib chiqib aniqlanadi va 5 foizdan 100 foizgacha darajada belgilanadi.
5. Takroran mehnatda mayib bo‘lishda yoki yangidan paydo bo‘lgan kasb kasalliklarida kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi umuman olganda 100 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin emas va:
ko‘rikdan o‘tkazish paytida kasalliklarning har biri bo‘yicha alohida, kasalliklar bir xodimning yoki turli xodimlarning ishi davrida bo‘lganligi yoki bo‘lmaganligidan qat’i nazar belgilanadi;
kasalliklar oqibatlari jabrlanganning kasbiy bilimlari va uquvlari hisobga olingan holda uning takroran mehnatda mayib bo‘lishdan oldingi kasb faoliyatini bajarish layoqatiga ta’siriga qarab belgilanadi;
oldingi mehnatda mayib bo‘lganlikdan oldingi kasbda kasbiy mehnat layoqatini tiklash bo‘yicha jabrlanganni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturini amalga oshirish natijalari hisobga olingan holda belgilanadi.
Mehnatda mayib bo‘lish yoki kasb kasalligiga bog‘liq bo‘lmagan holda yangi aniqlangan kasallik oqibatida nogironlik guruhi og‘irlashtirilganda nogironlik sababi “umumiy kasallik” deb belgilanadi, oldin aniqlangan kasbiy mehnat layoqatining yo‘qotilish darajasi esa bemorning ko‘rikdan o‘tish kunidagi holatiga asosan qayta ko‘rib chiqiladi.
Agar reabilitatsiya chora-tadbirlari natijasiga ko‘ra nogironlik guruhi yengillashganda (qisman reabilitatsiya), nogironlik sababi o‘zgartirilmaydi va “mehnatda mayib bo‘lish” yoki “kasb kasalligi” deb ko‘rsatiladi, agar oldin ham nogironlik ushbu sabab bilan belgilangan bo‘lsa.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-dekabrdagi 357-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 622-modda)
6. Quyidagilarning jami tahlili:
klinik-funksional mezonlar;
kasb faoliyatining xususiyati (malakasi, ish sifati va hajmi, uni bajarish layoqati);
toifalar va hayot faoliyati cheklanishi darajasi jabrlanganning kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini ekspertizadan o‘tkazishning asosiy metodologik prinsipi hisoblanadi.
7. Klinik-funksional mezonlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
mehnatda mayib bo‘lganlik va kasb kasalligining xususiyati va og‘irligi;
mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligi tufayli kelib chiqqan patologik jarayon kechishi xususiyatlari;
organizm funksiyalari buzilishlarining xususiyati (turi) va darajasi (aniq namoyon bo‘lgan, namoyon bo‘lgan, mo‘tadil, uncha kuchli bo‘lmagan);
klinik, reabilitatsiya va klinik-mehnat prognozi, shuningdek psixofiziologik imkoniyatlar.
8. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashda mehnat faoliyatiga bo‘lgan layoqat cheklanishiga va hayot faoliyati cheklanishining boshqa toifalariga olib keladigan jabrlanganning organizmi funksiyalari buzilishining namoyon bo‘lishi hisobga olinadi.
9. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashda mehnatda mayib bo‘lganlik yoki kasb kasalligidan keyin jabrlanganning odatdagi yoki maxsus tashkil etilgan ishlab chiqarish sharoitlarida yoki boshqa mehnat sharoitlarida o‘zining oldingi kasbi bo‘yicha ishni to‘liq hajmda bajarish layoqati hisobga olinadi.
10. Malaka pasayishining ko‘p karraligi ushbu kasb faoliyati uchun belgilangan tarif-malaka razryadlari, darajalar, toifalar hisobga olingan holda belgilanadi.
11. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasi ishlarning murakkabligi koeffitsiyenti kamayishi hisobga olingan holda malaka pasayishi gradusiga qarab belgilanadi.
12. Kasbiy mehnat layoqati yo‘qotilishi darajasini aniqlashda ishlab chiqarish muhiti omillarining zararliligi va xavfliligi, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha mehnat sharoitlari darajalari hisobga olinadi.

Download 211.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling