Tijorat banklarining valyuta operatsiyalari Forvard valyuta shartnomasi Valyuta kursining mohiyati va uning turlari
Jismoniy shaxslar-rezident va norezidetlar
Download 47.93 Kb.
|
Forvard valyuta operatsiyalari
Jismoniy shaxslar-rezident va norezidetlar xorijiy va milliy valyutada talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘larini ochish uchun bankka hisobraqam ochish to‘g‘risdagi ariza, shuningdek, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar, pasport yoki boshqa hujjatlar taqdim etishlari mumkin. Banklar aholidan valyutani talab qilib olguncha, muddatli, depozit va boshqa jamg‘armalarga qabul qilishlari mumkin. Qo‘yilmalar mahalliy va xorijiy fuqarolardan qabul qilinadi. Jamg‘armalarning turini, ular bo‘yicha minimal qo‘yilma miqdorini, daromad darajasini, to‘lash shartlarini bank mustaqil o‘zi belgilaydi. Bu operatsiyalar bo‘yicha shartlarni bank o‘zining strategiyasidan kelib chiqqan holda belgilaydi va odatda qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar qo‘yilma miqdori va muddatiga bog‘liq bo‘ladi.
Qo‘yilmalar bo‘yicha daromadlar soliqdan ozod etiladi va odatda chet el valyutasida yoki so‘mda to‘lanadi, muddatli omonat muddatidan oldin olinsa foiz kam miqdorda to‘lanadi yoki umuman to‘lanmasligi mumkin. Banklar Markaziy bankning xorijiy valyuta kurslari byullitenida ko‘rsatilgan valyutalarni sotish va sotib olish huquqiga egadirlar. Jismoniy shaxslar bilan valyutani sotish va sotib olish operatsiyalari banklarning valyuta almashtirish shoxobchalari orqali amalga oshiriladi, sotish va sotib olish qiymati bank tomonidan belgilanadi. Almashtiruv shoxobchalarida bir vaqtning o‘zida valyutani sotish va sotib olish operatsiyalari o‘tkaziladi. Bunday operatsiyalarni, odatda, kassir va nazoratchi bajaradi. Valyutalarning haqqoniyligi umumiy qoidalar asosida tekshiriladi, valyuta almashtirish vaqtida mijozga valyuta nazorati hujjati taqdim etiladi, shu hujjat asosida mamlakatdan valyutani olib chiqib ketish mumkin. Xulosa Odatda, iqtisodiyotning holati banklar faoliyati bilan aniqlanadi. Banklar bozor munosabatlarining boshqa subyektlaridan farqli ravishda iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi muassasa hisoblanib, ular moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlash, bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni pul zarur bo‘lgan subyektlar o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa subyektlardan farqi shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag‘larga tayanib ishlaydilar. Bu esa, o‘z navbatida, bank ishining risklilik darajasini oshiradi. Chunki, bank bir tomondan unga o‘z jamg‘armalarini ishonib topshirgan yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘z aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Bank ishi faniga ilmiy-amaliy taraqqiyotni o‘zida mujassamlashtiruvchi fan sifatida qarash mumkin. Hozirgi kundagi banklar oldingi banklardan ko‘ra, ilg‘or, yangi shakllar va yangi texnologiyalar asosida iqtisodiyotning talablariga mos keluvchi operatsiyalar qo‘llash orqali faoliyat olib bormoqdalar. Bu, o‘z navbatida, fanni o‘qitishda uning mazmunini boyitish, unda banklar faoliyatining yangi usul va uslublarini ifodalashni zarurat qilib qo‘yadi. Bank maxsus muassasa sifatida o‘ziga xos bo‘lgan funksiya va operatsiyalarni bajaradi. Banklarning ish predmeti pul mablag‘lari bo‘lib, ular bozor munosabatlarining boshqa subyektlari faoliyatida yuzaga keladigan pul munosabatlarining amalga oshirilishida vositachi sifatida maydonga chiqadilar. Pul doimo o‘zi bilan ehtiyotkorona muomalada bo‘lishni va saqlashni, uni ko‘paytirishga harakat qilishni, iqtisod bilan samarali va oqilona ishlatishni talab qiladi. Pulga ega bo‘lgan kishi uni tejab-tergab ishlatmasa, hisobsiz sarflaydigan bo‘lsa, undan tezda ajralib, nochor ahvolga tushishi qolishi mumkin. Bank ishini qonun-qoidalar asosida aniq va samarali olib borish, nafaqat bank faoliyatini samarali qiladi, balki butun jamiyatning ravnaq topishiga, iqtisodiyotning rivojlanishiga, jamiyat a’zolarining boyishi va turmush farovonligining oshishiga olib keladi. Download 47.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling