Til – millat faxri! ”


Iqbol: Kim erursan, sen o`zing,gar o`zliging bilmasang, Asli zoting kim, eling kim, o`z tilingni bilmasang. Go`zal


Download 33.28 Kb.
bet6/9
Sana22.04.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1381330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5427062173476065954

Iqbol: Kim erursan, sen o`zing,gar o`zliging bilmasang,
Asli zoting kim, eling kim, o`z tilingni bilmasang.
Go`zal: O`sha davrdan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning eng kattasi “Qutadg`u-bilig”, ya`ni “Baxt keltiruvchi bilim” asaridagi so`zlashuv odobi haqidagi Kuntug`di va O`zg`urmish suhbatiga quloq solsak:
(Sahna ko`rinishi beriladi)
Shahnoza: Ajabo azizlar, so`zlashuv odobi, til odobi nafaqat hozirgi kunning dolzarb masalalaridan, balki bu har bir davrda ham o`z qimmatini yo`qotmagan va yo`qotmaydigan inson uchun juda zarur fazilat ekaniga amin bo`ldik. Bu borada Hazrati Alisher Navoiy bobomizning: “So`zdadur har yaxshilikka imkoni bor, mundin debdularki, nafasning joni bor”. Degan fikrlarini misol qilishimiz mumkin.
Iqbol: Ha, Alisher Navioy bobomiz til va so`zlashuv odobo haqida juda ko`p fikrlarni aytganlar.
Go`zal: Keling yaxshisi, ushbu fikrlarni ustozlarimizdan tinglasak.
Ko`ngil daryosining gavhari tildir, til gavhardan afzal va martabasi balanddir.
(Shahlo)
Kisoz zodan tab`u farzand erur,
Chu farzand erur, jong`a payvand erur. (Shahnoza)

Til bu chamanning varaqasi, lolasi, so`z duridin o`libon jolasi. (Osuda)


Xushgo`yki so`zni rifq va musafo bilan aytg`ay,
Ko`ngulg`a yuz g`am keladurg`on bo`lsa, aning so`zidin qaytg`ay. (Shoira)
Tilki fasih va dilpazir bo`lg`ay,
Agar ko`ngul bilan birg`a bo`lg`ay
Muloyim takomil vahshiylarni ham ulfat sari boshqarur. (Dilrabo)
Necha buyuk aylasang so`zingni
Ondin buyuk etgaysan o`zingni. (Umida)
So`zdirki, nishon berur o`likka jondin
So`zdurki, berur jonga xabar jonondir.
Insonni so`z ayladi judo hayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo`q ondin. (Sanobar M)
Ha, tilimizning ravnaqiga XI-XIV asrlarda Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy,Xorazmiy kabi bobolarimiz ham katta hissa qo`shgan bo`lsalar, XV asrda Navoiy bobomizning turkiy tilda “Xamsa”sining bitishi, g`azallar yozishi, “Xazoyin ul- maoniy”, “Muhokamat ul- lug`atayn”, “Majolis un- nafois” kabi ilmiy tanqidiy sarlari bilan o`zbek tilining kuch- qudratini , boyligini,,nafisligini namoyish qildi.
(Go`zal)
Bu haqda Navoiy bobomizning o`zlari shunday deganlar:
Chu topdim ul kalom ichra kamol
Turk alfozi bila surdim maqol
Turk nazmida chu men tortib qalam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam. (Gulnoza)

Navoiy bobomiz o`z ona tili qudratini shunchalar ko`klarga ko`tardilarki, bu tilning shuhrati butun sharq mamlakatlariga yoyildi.Shuning uchun Navoiy bobomiz vafotidan 150 yil keyin yashagan Qrim xonining Rum qaysari Turkiya sultoniga yozgan xati Navoiy asarlari tilida yozilganligi ajablanarli hol emas.Eron , Afg`oniston, Xitoy ,Kavkaz, Turkiyada Navoiy asarlari va ularning tilini o`rganishga qiziqish ortdi, o`nlab lug`atlar tuzildi.


(Osuda)
Shuning uchun Navoiy bobomizning o`zlari:
Olibmen taxti farmonimg`a oson,
Cherik tortmay Xitoydan to Xuroson degan bo`lsalar, O`zbekiston Qahramoni shoir Abdulla Oripov:
Temur tig`I yetmagan joyni
Qalam bilan oldi Alisher deya faxr bilan yazadilar. (Dilrabo)

Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling