Til – millat faxri! ”
Download 33.28 Kb.
|
2 5427062173476065954
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Boshlovchi
- 2-Boshlovchi
- 2-Boshlavchi
1-Boshlovchi:Ming yildirki, zaminda ulug` ajdodlar ruhi shod kezadi.Ming yildirki, o`z tilini sevgan xalq buyuk o`zgarishlar qiladi.
2-Boshlovchi: -Zero, Abdulla Avloniy bobomizning shunday o`lmas satrlari bor:”Har bir millatning dunyoda borlig`ini ko`rsatadurg`on oynai jahoni-uning tili va adabiyotidur”. 1-Boshlovchi:Biz ona tilimizning tarixiy ildizlariga nazar tashlaylik . X-XI asrlardan boshlab Mahmud Koshg`ariy,Yusuf Xos Hojib kabi donishlar o`z qalamlariga mansub “Devoni lug`ati-turk”, “Qutadg`u bilig”, “Hibat ul- haqoyiq” kabi asarlari bilan tilimiz boyligini ochib berdilar. Ahmad Yassaviy,Rabg`uziy kabi buyuk adiblar o`zbek tilining rivojlanishida katta xizmat qildilar 2-Boshlovchi: Kim erursan, sen o`zing,gar o`zliging bilmasang, Asli zoting kim, eling kim, o`z tilingni bilmasang. 1-Boshlovchi: O`sha davrdan bizgacha yetib kelgan yodgorliklarning eng kattasi “Qutadg`u-bilig”, ya`ni “Baxt keltiruvchi bilim” asaridir. (Sahnaga buyuk ajdodlarimiz chiqadi) 2-Boshlavchi: Til millatning ulkan va bebaho boyligidir.Bu O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4- moddasida ham kafolatlangan.Konstitutsiyamizdan tashqari “Til to`g`risida”gi qonunimiz ham o`zbek tilimizning keng imkoniyatlarini belgilab beradi. 1-Boshlovchi:Charosxon, shu o`rinda savol tug`ildi, til haqidagi qonun bizga nima uchun kerak? 2-Boshlovchi: Keling, yaxshisi buni 8-“A”sinf o`quvchilarimizdan so`rab ko`raylik. (Sahnaga 10-sinf o`quvchilari chiqadi.) -Til haqidagi qonun o`zligimizni saqlash uchun kerak.(Risolat) -Tilimizni yo`qotib qo`ymasligimiz uchun kerak.(Jo`shqin) -O`zbek degan xalqning yo`q bo`lib ketmasligi uchun kerak.(Asadbek) (Davomida 8-“A”sinf o`quvchilari til haqidagi qonunlarni aytadilar) 1-Boshlovchi: : Keling azizlarim, dam soz,dam suhbat deganlariday hozirgi navbatni 7-“A”sinf o`quvchilariga bersak.Marhamat! 2-Boshlovchi: Bizning ona tilimizni sevmagan yoki o`z tilini kuylamagan shoir bo`lmasa kerak.Hozir 5-“A”sinf o`quvchilaridan til haqidagi she`rlarni tinglasak.Marhamat! Download 33.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling