Shahnoza: Bilasizlarmi, tilimiz maqol va hikmatli so`zlarga juda boy.
Iqbol: Bunga hamkasblarimiz aytadigan maqollar misol bo`la oladi, marhamat.
Bug`doy noning bo`lmasin , bug`doy so`zing bo`lsin.(Gulnoza)
Shirin so`z shakardan shirin. (Shoira)
Achchiq til zahri ilon,chuchuk tilga jon qurbon. (Anvara)
Oshning ta`mi tuz bilan,odamning ta`mi so`z bilan. (Mahbuba)
Yaxshining so`zi qaymoq, yomonning so`zi to`qmoq. (Dilnoza)
Yaxshi so`zga quloq sol,yomon so`zga uloq sol. (Ro`zigul)
Go`zal: Ona tili inson kamolotini ta`min etadigan, uni aqlan va ruhan harakatga keltiradigan benazir kuchdir.
Shahnoza: Darhaqiqat u bizning go`dakligimizdanoq jajji qalbimizga, qon-qonimizga onajonimiz tomonimizdan aytilgan allalar-u ertaklar orqali singdirib boriladi.
Ona tilim onajonim tili bu
Beshikdanoq singgan jon-u quloqqa
El-yurtim xonumonim tili bu
Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa. (Ro`zika)
Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazinayi bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko`zgu til,
Bu dunyoga bag`ishlaymiz ne daho. (Dilfuza)
Iqbol: Azal-azaldan ota-bobolarimiz o`z ona tilini puxta bilish bilan birga yana bir necha tillarni ham o`rganishgan.
Go`zal: Bu esa boshqa millat vakillari bilan muloqot qilishda ularga asqotgan.Axir, dona xalqimiz “Til bilgan el biladi” deb bejizga aytishmagan.
Shahnoza: Mamlakatimiz butun dunyo bilan keng miqyosli hamkorlikka kirishayotgan bugungi kunda til bilish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun yurtimizda horijiy tillarni o`rganishga ham keng imkoniyatlar yaratilgan.
Darhaqiqat, ayni vaqtda yosh aka- opalarimizning, tengdoshlarimizning bir necha horijiy tillarni egallab dunyoga chiqayotgani va erishayotgan yutuqlarini ko`rib hursand bo`lamiz, ular bilan faxrlanamiz. (Dilrabo)
Ona tilini puxta bilish milliy ma`naviyat, o`zlik ifodasi bo`lsa, boshqa tillarni bilish, o`rganish ma`daniyat belgisidir. (Ro`zikajon)
Do'stlaringiz bilan baham: |