Til – millat faxri! ”


Iqbol:O`tgan asrda yashab ijod etgan Avaz O`tar bobomiz aynan shu fikrlarni ta`kidlab “Til” haqidagi g`azalini bitgan bo`lsalar ajab emas. Go`zal


Download 33.28 Kb.
bet9/9
Sana22.04.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1381330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5427062173476065954

Iqbol:O`tgan asrda yashab ijod etgan Avaz O`tar bobomiz aynan shu fikrlarni ta`kidlab “Til” haqidagi g`azalini bitgan bo`lsalar ajab emas.
Go`zal:Keling,guruhimiz jo`rligida aytilgan qo`shiqni tinglasak.
(Avaz O`tar g`azali kuylanadi)
Shahnoza: O`z tilini asrab avaylagan xalq o`zliginni,g`ururini asrab avaylagan bo`ladi.Bu haqda birinchi Prezidentimiz “Biz avloddan avlodga o`tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab- avaylashimiz , uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy ishlashimiz zarur”, deya ona tilimizning qanchalik ahamiyati buyukligini ta`kidkagan.
Iqbol: Ustoz bunga shoir bobomiz Erkin Vohidovning “Ona tilim o`lmaydi” she`rini misol qilib eshitmaymizmi?
(She`r ustozlar tomonidan aytiladi)
Go`zal:Til xalqimizning bebaho boyligi, faxri.Shunday ekan, tilimiz sofligi, ravonligi va rivoji uchun har birimiz o`z hissamizni qo`shmog`imiz lozimligini also unutmasligimiz, til me`yorlari va nutq madaniyatiiga rioya qilishimiz kerak.
Shahnoza: Hikmatlar diyori,o, ona tilim,
Jondan oqjaksan tomirlarimda.
Sen- ko`nglim mehvari, sen-ruhim yo`li,
Har lahza gullaysan satrlarimda.
Iqbol: Agar sen bo`lmasang, qaydadir iqbol,
Ajdodsan, avlodsan, Vatansan, elsan.
Millatni tarixlar ichidan alhol
Yetaklab o`tgan sen-Onajon tilsan!
Go`zal: Olamni hijjalab o`rgatgan sensan,
Dillarga tuyg`ular olib kirgan sen,
Butun bir millatning manglayin silab,
Mangu ona kabi kulib turgan sen.
Shuning bilan aziz ustozlar, mehmonlar bugungi “Ona tilim- sarchashmangdan sarhush dilim!” deb nomlangan adabiy tadbirimiz o`z payoniga yetdi. E`tiboringiz uchun katta rahmat!
Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling