Til – millat faxri! ”


Download 33.28 Kb.
bet3/9
Sana22.04.2023
Hajmi33.28 Kb.
#1381330
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5427062173476065954

1-Boshlovchi: : Bilasizlarmi, tilimiz maqol va hikmatli so`zlarga juda boy.
Bunga o`quvchilarimiz aytadigan maqollar misol bo`la oladi, marhamat.
(5-“A” sinf o`quvchilari)
2-Boshlovchi:Navo,kuy-bu tushunchalarni eshitishimiz bilan har bir insonda tinchlik,osudalik hukm suradi.Keling 7-“A”sinf o`quvchisi Rajabova Norguloy ijrosidagi kuyni eshitaylik.Marhamat!
1-Boshlovchi:Endigi navbatni g`azal aytishuviga beramiz.
(Sahnaga 9-10-11-sinf o`quvchilari chiqadi.)
2-Boshlovchi:Hozirgi navbatni 8-“B” sinf o`quvchilari ishtirokidagi sahna ko`rinishiga bersak.
1-Boshlovchi: Navoiy bobomiz o`z ona tili qudratini shunchalar ko`klarga uchun Navoiy bobomiz vafotidan 150 yil keyin yashagan Qrim xonining Rum qaysari Turkiya sultoniga yozgan xati Navoiy asarlari tilida yozilganligi ajablanarli hol emas.Eron , Afg`oniston, Xitoy ,Kavkaz, Turkiyada Navoiy asarlari va ularning tilini o`rganishga qiziqish ortdi, o`nlab lug`atlar tuzildi.Shunday ekan bizning ona tilimizning yuksakligi, o`zbek tilining shunday boy til ekanligini buyuk yozuvchi shoilarimiz buyuk satrlar aytib o`tganlar.
(Sahnaga 6-“A”sinf o`quvhchilari chiqadi.)
2-Boshlovchi: Til- bu so`z zaminida qanchadan qancha ma`nolar yotadi.Buni 7-“B”sinf o`quvchilari tayyorlab kelgan sahna ko`rinishi orqali ham bilib olishimiz mumkin.
1-Boshlovchi: Xiva adabiy muhitida yashab ijod qilgan shoirimiz Avaz O`tar ham o`z ona tilini ulug`lagan va o`z tilini rivojlanishida juda katta hissa qo`shga.Uning “Til” radifli g`azali Komiljon Otaniyozov tomonidan kuyga solingan.Keling hozirgi navbatni “Qizlarjon”guruhiga bersak.Marhamat!
2- boshlovchi: Agar sen bo`lmasang, qaydadir iqbol,
Ajdodsan, avlodsan, Vatansan, elsan.
Millatni tarixlar ichidan alhol
Yetaklab o`tgan sen-Onajon tilsan!

1-Boshlovchi: Olamni hijjalab o`rgatgan sensan,
Dillarga tuyg`ular olib kirgan sen,
Butun bir millatning manglayin silab,
Mangu ona kabi kulib turgan sen.
Shuning bilan aziz ustozlar, mehmonlar, o`quvchilar bugungi “Til- millat faxri!” deb nomlangan adabiy tadbirimiz o`z payoniga yetdi. Tadbirni yakunlab berish uchun so`z navbatini maktabimiz o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari G.Rahimovaga beramiz. E`tiboringiz uchun katta rahmat!

Dunyodagi bor ilm-u hunar unda jilobaxsh,


So`ngsiz xazina,qomus-u afsona tilimda.
Keng bu jahon ichra turar nomi-u nishonli,
Qo`sh daryo aro o`zbek-u Farg`ona tilimda.
Shahnoza:
Assalomu alaykum,aziz mehmonlar,aziz hamkasblar!Bu yil ona tilimizga davlat tili maqomi berilganiga 28 yil to`ldi.Yurtimiz bo`ylab ushbu muborak sana shodiyonasi kezmoqda.Shu munosabat bilan barchangizni chin qalbimizdan tabriklab, ona tili bayramiga bag`ishlangan”Ona tilim- sarchashmangdan sarhush dilim” tadbirimizni ochiq deb e`lon qilishga ruxsat bergaysiz.
Iqbol: Assalom ona yurt,tonglar o`lkasi,
Ta`rif tavsifingning yo`q nihoyasi,
Senga bag`ishlanur muqaddas qo`shiq
Bu o`zbek elining sho`x madhiyasi.
(Madhiya yangraydi)
Go`zal: Men baxtli o`zbekman ozod insonman,
Tenglar ichra tengman taxtim,baxtim bor.
Men ko`hna zamonman,yangi zamonman,
Xalqim taqdirida o`z dastxatim bor.
Shahnoza:
Erkin ruh, toza qalb, ozoda nafas
Xalqim tafakkuri, sha`ni, orzusi.
Bizga nonday aziz, jondan muqaddas,
Buyuk O`zbekiston, Davlatim tili.
Iqbol:Bugun o`z xalqi kelajagi uchun qayg`iruvchi, farzandlar kamoloti uchun o`zni daxldor deb bilguvchi har bir inson uchun sharafli kun.Negaki,bugun tilimizga davlat tili maqomi berilgan kun.

Download 33.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling