Til va madaniyat
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
Тил ва маданият журнали
Tavsiyalar.
1.Turkiy tillarni bir til oilasiga birlashtiruvchi va boshqa til oilalaridan farqlovchi xususiyatlardan biri leksik tarkibning bir-biriga yaqinligi va grammatik qurilishning mushtarakligidir. Shuning uchun chuvash va yoqut tillaridan boshqa hamma turkiy tillar bir-biriga tushunarlidir. Turkiy tillar leksikasini o‘zaro qiyosiy aspektda o‘rganish semantika va lingvokulturologiya taraqqiyoti uchun muhim ma'lumotlar beradi. 2. Turkiy tillarga oid yozuv yodgorliklarining asosiy foizi arab yozuvida bitilgan. Jumladan, eski o‘zbek adabiy til davrida yaratilgan yozma manbalar arab yozuvida keng ommaga yetkazildi. Arab yozuvi turkiy xalqlar tarixiy taraqqiyoti va madaniy hayotida muhim o‘rin tutadi. Turkiy tillar olamiga kirib kelgan arab yozuvi 1000 yildan ortiqroq vaqt mobaynida ijtimoiy hayotning sotsial- madaniy ehtiyoji uchun xizmat qildi. Arab yozuvi turkiy xalqlarning umumiy madaniy-tarixiy hayotida birlashtiruvchi vosita vazifasini bajardi. Unlilar tizimiga ega bo‘lmagan arab grafikasidagi matnni har bir turkiy til (o‘zbek, turk, tatar tillari va h.k.)ning xususiyatiga xos ravishda o‘qish mumkin bo‘lgan. Negaki, turkiy tillar fonetika sohasida, ayniqsa, unlilar tizimi borasida o‘zaro farqlanadi. O‘zbek filolog-mutaxassislari joriy alifbo bilan bir qatorda arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuvini ham o‘zlashtirishlari zarur. 3. Arab yozuvida bitilgan ulkan hajmdagi adabiyot turk madaniy dunyosining istalgan hududida xuddi o‘zinikidek qabul qilindi. Turkiy-o‘zbek yozma yodgorliklarining butun bir kompleksi, ma'naviy madaniyatning nodir namunalari aynan arab yozuvi ko‘rinishida hozirga qadar yetib keldi. Arab yozuvidagi yozma yodgorliklarda turkiy xalqlarning, jumladan o‘zbek xalqining yashash tarzi, urf-odat, an'analari mujassam. Tarixiy manbalar qa'riga singgan milliy dunyoqarashni, lisoniy-madaniy xususiyatlarni o‘rganish xalq tarixi va tilning uzviy birligini asoslashga, milliy va 30 Zulxumor XOLMANOVA umuminsoniy qadriyatlarni yoritishga, tilshunoslik ilmining keyingi muammolarini belgilashga xizmat qiladi. Mumtoz manbalarning leksik xususiyatlarini semantik, lingvokulturologik jihatdan o‘rganish zamonaviy leksikologiya, leksikografiya va frazeologiya sohalarini yangi ma'lumotlar bilan boyitishga xizmat qiladi. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling