Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

I e r o g l i f i k yozuv logografik yozuvning mukammallashgan shaklidir. 
Bu yozuvning shartli belgisi sifatida ierogliflar xizmat qiladi. Ieroglif deganda biron 
ma’noni ifodalovchi tasviriy belgi tushuniladi. Bunday yozuv qadimgi Arabiston va 
hozirgi Xitoyga xosdir. 
Yozuvning yana bir turi b o’ g’ i n l i yozuv hisoblanadi. Yozuvning bu 
turini sillabik yozuv deb ham yuritiladi. Sillabil yozuvning shartli belgilari bo’g’in 
bo’lib, u Hindistonda keng tarqalgan. Sanskrit tili uchun ham sillabik yozuv hizmat 
qilgan. Bo’ginli yozuvning bir necha turlari mavjud bo’lib ulardan keng tarqa lgani
e v o n a g a r i dir. Hindi, Maratqi, Nevar, Nepal tillarida bo’g’inli yozuvning ushbu 
turidan foydalaniladi. 
Jahon tillarida keng tarqalgan yozuv turlaridan yana biri u n d o s h harflar-
ga asoslangan yozuvdir. Bu yozuvda faqat undosh harfla r ifodalanadi. Unli tovushlar 
esa turli belgilar yordamida undoshning ustiga, ostiga yoki yoniga qo’yish bilan 
ifodalanadi. Undoshli yozuv asosan semit xalqlari tamonidan foydalanilgan
jumladan: yevrey, finikiy, arab va boshqa tillar ushbu yozuvga asosla ngan. Masalan: 
arab tilida 28 ta undosh bölgani holda, faqat 3 ta a, i, u unlilari bor. 
Undoshli yozuv sillabik yozuvdan harf-tovush yoki fonetik yozuvga o’tish 
pog’onasi hisoblanadi. Undoshli yozuv nafaqat tejamli, qulay, o’zlashtirishga oson 
(albatta oldingi yozuvlarga nisbatan) bo’libgina qolmay, balki deyarli fonetik yozuv 
hisoblanadi. 
Yozuv to’liq fonetik qonuniyat asosida bo’lishi uchun hamma undosh va 
unlilar alohida xarflar bilan ifodalanishi lozim. Bunday yozuvni qadimgi greklar 
yaratganlar. 


66 
Yozuvning zamonaviy turi t o v u s h ga asoslangan yozuvdir. Bunday yo-
zuvda belgilar tildagi fonemalarni ifodalaydi. Ularning alifbolari fonetik alifbo deb 
yuritiladi. Tovushga asoslangan yozuvning turli ko’rinishlari mavjud, jumladan: grek 
yozuvi, lotin yozuvi, arab yozuvi, slavyan yozuvi va boshqalar. 
G r a f i k a - alifbodagi harflarning yozilishi, shakllari, xarf-tovush munosa-
batlari bilan shug’ullanadi. Bundan tashqari u yozuvning boshqa turlari bilan ham 
shug’ullanadi, chunki kundalik turmushda yozuvning boshqa turlari ham keng 
qo’llaniladi, masalan: reklamalar uchun piktografik yozuvdan (sartaroshxona - taroq, 
tualet-bosh, oshxona-pichoq, qoshiq). Ideografik yozuv namunalariga: undov belgisi-
ehtiyot bo’ling, plus-shifoxona, matematik son va belgilar, kimyoviy formulalar va 
boshqalar misol bo’la oladi. 
Piktogramma va ideogrammalarni qo’llash tejamkorlik, qisqalik va aniqlikni 
ta’minlaydi. Bundan tashqari ular baynalminal hususiyatga ega. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling