Tilshunoslikka kirish fanining predmeti
MASHQ VA NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua namangan
- Bu sahifa navigatsiya:
- F o n e t i k
- FONETIKA
MASHQ VA NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
- Yozuvning ahamiyati haqida nimalarni ayta olasiz? - Yozuv, yozish va yozma nutq atamalarining ma’nolarini tushuntirib bering. - Yozuvning paydo bo’lishi haqida qanday fikrlar mavjud? - Yozuvning qanday turlarini bilasiz? - Yozuv turlarini tavsiflab bering. - Grafika nima bilan shug’ullanadi? - Orfografiya nima? - Orfografiyaning qanday prinsiplari mavjud? - Jahon halqlari qaysi yozuvlardan foydalanadilar? - O’zbek tili orfografiyasi haqida nimalarni bilasiz? - Yozuvning maxsus turlari haqida nimalarni bilasiz? - Yozuvning qanday yo’nalishlari mavjud? A D A B I Y O T M.T.Irisqulov T. 1992. 217-229 sahifalar. G.A.Nechayev Kratkiy lingvisticheskiy slovar. Rostov 1976. B.N.Golovin M. 1977. 231-250 sahifalar. A.A.Reformatskiy M. 1967. 348-381 sahifalar. TILNING ICHKI QURILISHI MARUZA BO’YICHA ASOSIY MASALALAR - Tilning ichki qurilishi haqida tushuncha; - Til qatlamlari: Fonetik qatlam, Leksik qatlam. Grammatik qatlam. - Fonetika va uning asosiy masalalari; 69 - Fonologiya va uning asosiy masalalari; - Leksikologiya va uning asosiy masalalari; - Grammatika va uning asosiy masalalari; MAVZUGA OID ASOSIY MASALALAR BAYONI Tilshunoslik fanining asosiy masalalaridan biri tilning ichki qurilishini, u ning ichki mexanizmlarining ishlash qonuniyatlarini mavjud. Bunga shu tilning tovushla r tizimi, lug’at sostavi, grammatik qurilishi kiradi. Ular sistemaning qatlamlarini tashkil qiladi. Til sistemasini tashkil etgan asosiy qatlamlari quyidagilar: 1. Fonetik-fonologik qatlam. 2. Leksik qatlam. 3. Grammatik qatlam. F o n e t i k - fonologik qatlam tilning tovushlar tizimi - nutq tovushlaridan tashkil topadi. Ulardan tashqari fonetik bo’gin, urg’u, pauza’ ohang, melodiya, intonatsiya, temp, ovoz kuchi, ovoz balandligi kabi tushunchalar ham ushbu qatlamning tadq iqot ob’yekti hisoblanadi. Nutq tovushlarini turli nuqtai nazardan tadqiq qilish mumkin. Nutq tovushlari ham tabiatda hosil bo’ladigan tovushlarning bir turidir. Shuning uchun ham ularni fizikaning a k u s t i k a deb nomlanuvchi bo’limi o’rganadi. Nutq tovushlari kishilar nerv sistemasi tomonidan bo shqarilib turuvchi nutq organlari faoliyatining maxsulidir. Shuning uchun nutq tovushlari f i z i o l o g i k nazardan ham o’rganiladi. Nihoyat nutq tovushlari til tizimida b ajara- digan funksiyasi jihatdan ham o’rganiladi. Tovushlarning akustik (fizik) va fiziologik (biologik) hususiyatlarini FONETIKA fani o’rganadi. Tovushning til tizimida muomala jarayonida bajaradigan funksiyalarini esa FONOLOGIYA o’rganadi. Fonetikaning quyidagi sohalari mavjud: 1. Fiziologik fonetika. 2. Akustik fonetika. 3. Auditiv fonetika. 4. Lingvistik fonetika. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling