Tirishga katta yordam beradi, matematik bilimlami o‘zlashtirishga qiziqishi kuchaya boradi


Download 20.15 Kb.
bet3/5
Sana25.04.2023
Hajmi20.15 Kb.
#1397307
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshlangich-sinflarda-matematika-oqitish-metedikasi

Yangi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o'quvchi- larga keltirib chiqarilgan, xulosa, muhokamalami esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa berilishi kerak. Bu vazi- fani bajarish yordamida o‘tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va birinchi bor amaliyotga tatbiq qilinadi. Birinchi vazifalar odatda jamoa boiib bajariladi. Ba’zan esa misol-masalalar mustaqil bajaril- gandan keyin, o'quvchilardan birortasi doskaga chiqib shu qoidaning to‘g‘riligini misol, masala yechish orqali ko'rsatib beradi.
O‘quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi bosqichda rasional bo'lgan yo‘l topiladi.

  1. Boshlang'ich sinflarda matematika darsiga tayyorlanish

Matematika darsiga tayyorlanishda birinchi navbatda o‘quvchi- larga yangi dars materiali yuzasidan qanday me’yorda tayyorlan- ganligini, buning uchun nimani takrorlash zarurligini aniqlash kerak.
0‘qituvchi matematika dasturini, ishchi rejasini, darslik va o‘quv qo‘llanmalarini, metodik adabiyotlami va ko'rsatmali qurol- lami hozirlagandan keyin navbatdagi darsga tayyorgarlikni bosh- laydi. Eng avvalo navbatdagi dars matematika dasturida qaysi o'rinda, qaysi mavzular bilan bog‘liq holda, tushunchani nimalarga bog‘lab tushuntirish kerakligini aniqlaydi. Bu savollaming hammasi bayon qilinganidan keyin darsning asosiy didaktik maqsadini xususiyatini qat'iy o‘matish kerakligi kelib chiqadi. Bu esa darsning mazmunini aniqlashga yordam beradi. Darsning didaktik maqsadida uning mazmunidan darsning bir tizimga kiladi, ya'ni darsning alo- hida boiimlarining birlashishi, ulaming organik birligi darsning qismlarini toidiradi va o‘zaro bir-birini bogiaydi. Darsning reja yoki matnini tuzishda mavzuning didaktik maqsadiga javob beruv- chi asosiy qismlami tuzishdan boshlash kerak. Agar dars yangi bilimlami bayon qilishdan iborat boisa, masalan: uch xonali sonlami yozma qo‘shish haqidagi mavzu boisa, o'qituvchi oldin o'quvchi- larga yozma qo‘shish algoritmini bayon qilishni, undan keyin esa o‘tgan darsdan nimalami takrorlash kerakligini, bu asosda yangi mavzuni yaxshi o'zlashtirish mumkinligini, ya’ni, mavzudan oldin uy vazifasini tekshirish zarurmi yoki yo‘qmi, yangi mavzuni o‘zlashtirish uchun o‘quvchilarga qaysi topshiriqni tavsiya qilish- ligini o'ylab ko‘rishi kerak. Shundan keyin o'qituvchi qaysi o‘quv materiali bilan darsning ayrim qismini to‘ldirish zamrligini, o‘qiti- shning qaysi metod va usullarini qo‘llash, qanday ko‘rgazmali qurollami tayyorlash va qo‘llash mumkinligini hisobga oladi.
Darsning har bir bo‘limini bajarish uchun qancha vaqt talab qil- ishni aniqlash zarur. Tabiiyki, darsning eng katta qismi darsning asosiy didaktik maqsadini amalda oshirishga qaratilishi zarur.
Darsga tayyorgarlik ko‘rishda o‘quvchilarga beriladigan vazi- fani bajarish usuiarini ko‘rsatish, ya’ni misol va masalalami yechib qo'yish, sxematik yozuv va grafik ishlarini tayyorlab qo‘yish, o‘qituvchining o‘zi uchun foydalidir. Darsning maqsadi va mazmuni aniqlangandan keyingina darsning rejasi yoki matni yoziladi.
Darsning rejasida mavzu va didaktik maqsad, foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatiladi. Tartib bo‘yicha dars bo‘limlarining tarkibiy nomi va uning mazmuni, mumkin qadar taxminiy vaqt ko'rsatiladi.
Dars matnida barcha mulohazalar mumkin qadar to‘laroq yo- ritiladi. Suhbat olib borishga yordam beradigan savollaming ham- masi ko‘rsatiladi, o‘quvchilardan kutadigan javoblar yoziladi.
Misol va masalalar yechishda foydalaniladigan ko‘rgazmalar yozi- ladi. Shunday qilib o‘qituvchi quyidagi vazifalami bajarishi lozim.

  1. O‘quv dasturi va o'qituvchi rejasida darsning o‘mini aniqlash.

  2. Darsning asosiy didaktik maqsadini aniqlash.

  3. Dars mazmunini aniqlash.

  4. Dars bosqichlarini tuzib chiqish.

  5. Dars rejasini tuzish.

  6. Dars mataini yozish.

  7. Dars o‘tish metodlarini aniqlash.

  8. Har bir bosqichga sarflanadigan vaqtai aniqlash.

  9. Darsda va uyda beriladigan misol masalalami bajarish.

  10. Ko‘rgazmali qurollami tayyorlash va h.k.


  1. Download 20.15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling