Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi
MURAKKAB TIZIMLARNI TAHLIL QILISH USULLARI
Download 215.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
1.7. MURAKKAB TIZIMLARNI TAHLIL QILISH USULLARI.
Axborotning to‘liqligi darajasi tizimni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Barcha usullarni axborotning to‘liqligi darajasi bo‘yicha tasniflash mumkin. Murakkab tizimni tahlil qilish usullari Aniqlik sharoitida tahlil qilish usullari Noaniqlik, ziddiyatlar, noravshanlik va ehtimollik sharoitida tahlil qilish usullari Miqdoriy ahborot tanqisligi sharoitida tahlil qilish usullari Bular quyidagilardan iborat: - Aniqlik sharoiti (tizimni boshqarish bo‘yicha muqobil qarorlarning maqsadga ta’siri, hamda tizimning ichki tuzilmasi va tashqi muhiti holati to‘g‘risidagi axborot to‘liq va aniq bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; 25 - Noaniqlik sharoiti (tizimni boshqarish bo‘yicha muqobil qarorlarning samarasi, hamda tizimning tashqi muhiti holati yoki ichki tuzilmasi to‘g‘risidagi axborot noaniq bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; - Ziddiyatlar sharoiti (o‘zaro ziddiyatli munosabatda bo‘lgan tizimlarni boshqarish bo‘yicha muqobil qarorlarning tegishli natijalarga olib kelishi to‘g‘risidagi axborot mavjud bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; - Noravshanlik sharoiti (tizimning maqsadlari va cheklovlari to‘g‘risidagi axborot noravshan bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; - Ehtimollik sharoiti (tizimni boshqarish bo‘yicha muqobil qarorlarning samarasi va tizimning tashqi muhiti holati yoki ulardan biri to‘g‘risidagi axborot ehtimolli bo‘lgan holat) dagi tahlil qilish usullari; - Miqdoriy ahborot tanqisligi sharoiti (muqobil qarorlarning samarasi, hamda tizimning ichki va tashqi muhiti holati to‘g‘risidagi miqdoriy axborot deyarli mavjud bo‘lmagan holat) dagi tahlil qilish usullari. Quyidagi jadvalda barcha tahlil qilish usullari ahborot aniqligi bo‘yicha tasniflangan holda keltirilgan. Download 215.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling