Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi


(bog‘liqsiz) ko‘rsatkichlarga


Download 215.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana17.06.2023
Hajmi215.09 Kb.
#1520949
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-mavzu

(bog‘liqsiz) ko‘rsatkichlarga bo‘linadi. 
Ekzogen ko‘rsatkichlar - qiymatlari modelning tashqarisidan 
beriladigan va modelni yechish natijasida aniqlanmaydigan ko‘rsatkichlar. 
Ko‘p holatlarda tashqi muhit holati ko‘rsatkichlari ekzogen ko‘rsatkichlar 
sifatida ko‘rsatiladi. 
Tizim quyidagi komponentlardan iborat bo‘ladi: kirish va chiqish 
kanallari, jarayonlar, cheklovlar, chiqish mahsuli, mahsul sifatini 
nazorat qiluvchi mexanizm va teskari aloqa mexanizmi.
Funksional tizimli tahlil metodologiyasi bosqichma-bosqich quyidagi 
ilmiy-amaliy vazifalarni bajarish maqsadida qo‘llaniladi: 
1) o‘rganish ob’ektini aniqlash; 
2) o‘rganish predmetini (ya’ni o‘rganish ob’ektiga tegishli dolzarb 
xodisalar va jarayonlar), hamda o‘rganish maqsadini aniqlash; 


24 
3) o‘rganish ob’ektini tizim sifatida namoyon qilish va tizimning 
joriy, hamda namunali holatini tavsiflovchi maqsad ko‘rsatkichlarini 
aniqlash; 
4) tizimning joriy, hamda namunali holatini (ya’ni maqsad 
ko‘rsatkichlarining joriy, hamda optimal qiymatlarini) o‘rganish va ular 
orasidagi tafovutni tizimli muammo sifatida belgilab olish; 
5) tizimli muammoning sabablarini aniqlash (ya’ni maqsad 
ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi sabab ko‘rsatkichlarni aniqlash); 
6) tizimning tashqi muhitini aniqlash (ya’ni maqsad ko‘rsatkichlariga 
ta’sir etuvchi ekzogen ko‘rsatkichlarni aniqlash); 
7) tizimning cheklovlarini aniqlash; 
8) tizimning maqsadi va tizimli muammoning sabablari orasidagi 
bog‘liqliklarni ifodalovchi muqobil modellarni qurish va (ularni oldingi 
vaqt davridagi ma’lumotlar asosida) amalda sinash; 
9) eng yaxshi modellarni tanlash va o‘sha modellar yordamida tizimli 
muammoning sabablarini bartaraf etish (ya’ni sabab ko‘rsatkichlarning 
qiymatlarini tegishli optimal qiymatlarga etkazish) maqsadida tegishli 
chora-tadbirlarni (tizimli yechimni) ishlab chiqish; 
10) 
agar chora-tadbirlar tizimli muammoni bartaraf etmasa, tizimni 
o‘rganishni qaytadan boshlash va yuqoridagi bosqichlardan qaytadan 
o‘tish (ya’ni teskari bog‘liqlik mehanizmini ishga solish).

Download 215.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling