Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi
Download 215.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
8 1-MAVZU. TIZIMLI TAHLIL ASOSLARI FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA METODI Reja: 1.1. Tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil fanining tarixi, o‘rganish ob’ekti, predmeti va metodologiyasi 1.2. Sodda va murakkab tizimlar 1.3. Murakkab tizimning elementlari, uning yuqori va quyi tizimlari 1.4. Murakkab tizimlar tuzilmalari 1.5. Murakkab tizim turlari 1.6. Funksional tizimli tahlil va uning bosqichlari 1.7. Murakkab tizimlarni tahlil qilish usullari 1.1. TIZIMLAR NAZARIYASI VA TIZIMLI TAHLIL FANINING SHAKLLANISHI TARIXI. Mashhur rus olimi A. A. Bogdanov 2 o‘zining mulohazalarini ilk bor tizimli yondashuv asosida “Тектология: всеобщая организационная наука” deb nomlangan asarida bayon qilgan va shu tariqa tizimlar nazariyasi fani yaratilishiga asos solgan. U har qanday jarayon yoki ob’ekt muayan tashkillashtirilganlik darajasiga ega bo‘lishi to‘g‘risida gipotezani olg‘a suradi va barcha xodisalarni tashkillashtirish va parchalanish jarayonlari sifatida ko‘radi: ob’ekt elementlarining integrativlik darajasi yuqori bo‘lsa, uning tashkillashtirilganlik darajasi ham yuqori bo‘ladi. A.A. Bogdanov ta’kidlaganidek, har qanday insoniy faoliyat tashkillashtiruvchi yoki tashkillashtirilganlikni susaytiruvchi bo‘lishi mumkin. Tizim qanaqa sohada bo‘lmasin, raqobatda yaxshiroq tashkillashtirilgan tizimlar zaif tashkillashtirilgan tizimlardan ustun kelishadi. Demak, yangi fan tizimlarning barcha tashkillashtirish shakllarini o‘rganishi va ulardan eng ilg‘orlarini aniqlashi lozim degan fikr tug‘ildi. Shuning uchun, elementlar va quyi tizimlarni optimal tashkillashtirish - tektologiya deb nomlangan yangi fanning bosh vazifasi sifatida ko‘rsatildi. Keyinchalik, vaqt o‘tib, 1948 yilda Norbert Viner tomonidan kibernetika deb nomlangan yangi fan yaratildi. 3 Ushbu fan mashina, tirik organizm va jamiyatlardagi jarayonlarni boshqarish qonuniyatlarini o‘rgana boshladi va murakkab tizimlarning avtomatlashtirilgan ravishda boshqarilishini ta’minlashni asoslab berishga harakat qildi. Natijada 2 Богданов А. А. Тектология: Всеобщая организационная наука. В 2-х кн. / Редкол. Л. И. Абалкин (отв. ред.) и др. – М.: Экономика, 1989. 3 Norbert Wiener (1948), Cybernetics or Control and Communication in the Animal and the Machine. New York: John Wiley & Sons, Inc. 9 avtomatlar, kompyuterlar va turli avtomatlashtirilgan tizimlar kibernetik tizimlar sifatida ko‘rila boshladi. Ammo ushbu fan boshqaruvni avtomatlashtirish bilan cheklanib qolib, o‘z izlanish ob’ektini toraytirib qo‘ydi. Masalan, korxona va tashkilot boshqarilishini, ya’ni ijtimoiy tizimlarning boshqarilishini avtomatlashtirib bo‘lmaydi, chunki ular – noaniqlik va tavakkallar sharoitida evolyusion yo‘l bilan rivojlanayotgan murakkab tizimlardir. Shuning uchun ham, kibernetika fani ko‘proq aniqlik sharoitidagi tizimlarni o‘rganadi. Nafaqat to‘liq ma’lumot talab qiladigan muammolarni, balki noaniqlik va ehtimollik sharoitida vujudga keladigan muammolarni ham yechish maqsadida yangi ilmiy yo‘nalishlar paydo bo‘la boshladi. Bular – tizimlar nazariyasi, tizimli tahlil, qarorlar qabul qilish nazariyasi, sinergetika. Lyudvig fon Bertalanfi 4 (1901–1972) murakkab tizimlar nazariyasiga birinchi bo‘lib asos soldi. U murakkab tizimlarning umumiy hususiyatlarini ta’riflashga muvaffaq bo‘ldi. U sodda va murakkab tizimlar hususiyatlarini alohida o‘rganib chiqdi. U sodda tizimlar tashqi muhitga nisbatan yopiq bo‘lishi va, aksincha, murakkab tizimlarning tashqi muhitga nisbatan ochiq ekanligini ko‘rsatib bera oldi. Tizimlar nazariyasi – aslida tizimlar to‘g‘risidagi fan, tizimli tahlil esa - tizimlarni o‘rganish metodologiyasidir. 70-yillar oxirida murakkab tizimlar nazariyasining “sinergetika” deb nom olgan yangi yo‘nalishi paydo bo‘ldi. Ushbu tushunchani 1977 yilda ilk bor mashhur olim German Xaken 5 o‘zining sinergetika fanini asoslab berishga bag‘ishlangan asarida ta’riflab berdi. Sinergetika murakkab tizimlarning ortga qaytmas dinamikasini, ya’ni evolyusisini o‘rganadi. Bunda guruhlar nazariyasi, chiziqsiz muvozanatsiz termodinamika, tenzor tahlili, ofatlar nazariyasi, differensial topologiya, falsafa, mantiq kabi fanlarining metodologik apparatidan foydalaniladi. G‘arbda tizimlar nazariyasini R. Akoff, O. Lange, R. Merton, M. Mesarovich, T. Parsons, U. Ross Eshbi va boshqalar yanada rivojlantirishdi. Rus olimlaridan V. G. Afanasev, V. M. Glushkov, V. P. Kuzmin, Yu. G. Markov, I. B. Novik, L. A. Petrushenko, V. N. Sadovskiy, M. I. Setrov, V. S. Tyuxtin, A. I. Uemov, E. G. Yudin va boshqalar tizimlar nazariyasi va tizimli tahlil ilmiy yo‘nalishining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishgan. Download 215.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling