Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi
Download 215.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tizimli yondashuv
funksional yondashuv qo‘llaniladi. Tizimning funksiyasi nima deganda
uning nima uchun kerakligi tushuniladi. 13 Funksional yondashuvda tizim harakatining maqsadi aniqlanadi va shu maqsadga erishishda tizim hususiyatlaridan qanday foydalanilishi ko‘rsatiladi. Qisqacha qilib aytganda “Tizim maqsadi nima va unga erishish uchun nima qilish kerak?” degan savolga javob izlanadi. Agar tizim ichkaridan o‘rganilsa, tizimning tuzilmasi, tarkibiy qismlari va ular orasidagi o‘zaro aloqalar ko‘rib chiqiladi, ya’ni bu – tuzilmaviy yondashuvni qo‘llash jarayonidir. Funksiyalardan holi tuzilma yo‘q bo‘lganligi kabi, tuzilmadan holi funksiyalar ham bo‘lmaydi, ya’ni ikkalasi bir-biri bilan doimo uzviy bog‘liq bo‘ladi va ularni ajratib bo‘lmaydi. Tuzilmaviy yondashuv tizimning qanday tuzilganligi, qanday qismlardan tarkib topganligi va ular qanday bog‘liqligini o‘rganishda qo‘llaniladi. Tuzilmaviy yondashuv ikkita bosqichdan iborat bo‘ladi: boshida tizimning barcha muhim qismlari aniqlanadi va ular elementlar sifatida namoyon qilinadi; keyin tizimning tuzilmasi aniqlanadi. Qisqacha qilib aytganda “Tizim - bu nima va qanday tuzilgan?” degan savolga javob izlanadi. Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar yangi muammolar va maqsadlarga olib keladi, bu esa o‘z navbatida tizim funksiyalarining va buning oqibatida uning tuzilmasining ham o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga, agar tuzilmaning salohiyati yuqori, ammo qo‘yilgan maqsadlar bunga mos bo‘lmasa, maqsadlar va funksiyalar mos ravishda to‘g‘rilanadi. Ma’lumki, tuzilmaviy va funksional yondashuvlar tizimning dekompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Tizimli yondashuv tizimning kompozitsiyasini amalga oshirishda qo‘llaniladi. Ushbu yondashuv qo‘llanilganda tizim yahlit holatda bo‘lganligi faraz qilinib uning hususiyatlari o‘rganiladi. Tizimli yondashuvdan oldin tuzilmaviy va funksional yondashuvlar amalga oshirilgan bo‘lishi shart. Tizimli yondashuvni tor ma’noda tuzilmaviy va funksional yondashuvlar sintezi sifatida ko‘rsa bo‘ladi. Keng ma’noda tizimli yondashuv, bundan tashqari, tizim ishlashining samaradorligini 13 Masalan, prokuratura tizimining funksiyasi – huquqiy munosabatlar sub’ektlari tomonidan amalga oshiriladigan xarakatlarining qonunchilik me’yorlariga zid kelmasligini nazorat qilish. Matematik nuqtai nazar, funksiya – bu tizimdagi kirish oqimini chiqish oqimiga o‘zgartirish usuli (ya’ni qoidasi yoki algoritmi). 14 o‘rganishni, ya’ni texnik-iqtisodiy yondashuvni ham o‘zida qamrab oladi. Download 215.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling