Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi
Download 215.09 Kb. Pdf ko'rish
|
1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tasniflash alomati Murakkab tizim turi Tizim ob’ekti yoki bevosita tizim (misollar)
evolyusion tizimlar – mashhur olim, Nobel mukofoti laureati, Ilya
Prigojin 25 tomonidan “dissipativ tizimlar” deb nomlanib, ularning hususiyatlari asoslanib berilgan. Bunday tizimlar – muvozanatsiz tizimlar. Tashqi ta’sir muvozanatsiz tizimga ma’lumot yoki materiya (energiya) ni olib kiradi va buning natijasida boshida tizim o‘zining muvozanatini yo‘qotadi va unda o‘zini-o‘zi qayta tashkillashtirish jarayoni boshlanadi, ammo keyinchalik asta-sekin tizimda murakkab tuzilma yuzaga keladi va 25 Prigogine, Ilya (1967). Introduction to Thermodynamics of Irreversible Processes (Second ed.). New York: John Wiley & Sons, pp. 124-127. 21 tizim muvozanat sari intilishga boshlaydi. Lekin tizim muvozanat xolatiga etishga ulgurmaydi va tashqaridan yana ma’lumot yoki materiya (energiya) kirib kelib, muvozanat buzilishiga sabab bo‘ladi: natijada yana qayta tashkillashtirish ro‘y berib, yanada murakkabroq tuzilma vujudga keladi. Demak, dissipativ tizimda ichki va tashqi ta’sirlar orqali “o‘zini- o‘zi tashkillashtirish” jarayoni amalga oshadi va shu tariqa tizimda evolyusiya ro‘y beradi. Yopiq evolyusion tizimlarda faqatgina ichki ta’sirlar orqali “o‘zini-o‘zi tashkillashtirish” jarayonlari amalga oshadi. Maqsad soni bo‘yicha tizimlar bir maqsadli va ko‘p maqsadli tizimlarga bo‘linadi. Murakkab tizimlarning turlari tegishli jadvalda umumlashtirilgan. Tasniflash alomati Murakkab tizim turi Tizim ob’ekti yoki bevosita tizim (misollar) Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha ochiq Jamiyat, davlat, universitet yopiq Mexanik soat mexanizmi Gomeostazis (muvozanatga intilish) hususiyatiga ega bo‘lishiga ko‘ra Gomeostazis hususiyatiga ega bo‘lmagan (muvozanatga intilmaydigan) fizik, matematik va boshqa tizimlar Muvozanatga intilmaydigan chiziqsiz dinamik tizimlar, lazer va xok. Gomeostazis hususiyatiga ega bo‘lgan (muvozanatga intiluvchi) fizik, matematik va boshqa tizimlar Quyosh tizimi, mexanik soat mexanizmi, tenglamalar tizimi Maqsadga yo‘naltirilgan boshqaruv quyi tizimi yoki qoidasiga ko‘ra Kibernetik (avtomatlashgan) boshqaruv quyi tizimiga ega bo‘lgan Robot, antivirus dasturiy ta’minoti Qaror qabul qiluvchi boshqaruv quyi tizimiga ega bo‘lgan Universitet, ishga joylashtirish tizimi, jinoyatlar bilan kurashish tizimi Huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi quyi tizimiga ega bo‘lgan Konstitutsiya, Mehnat Kodeksi, huquqiy me’yor Muvozanat holatiga olib boruvchi qoidasiga ega bo‘lgan Buxgalteriya hisobi, Quyosh tizimi, tenglamalar tizimi Sub’ektga naf keltirishiga ko‘ra Nafli Bozor iqtisodiyoti, kadrlar tayyorlash tizimi, atmosfera, ekologik tizim Nafsiz, salbiy oqibatlarni keltiruvchi Uyushgan jinoyatlar tizimi, narkotrafik, bir partiyali siyosiy tizim, diktatura Ishlash samaradorligiga ko‘ra Samaradorligi yuqori Zamonaviy texnologiyalar, yuqori huquqiy madaniyat Samaradorligi past yoki Ahloqiy eskirgan texnologiyalar, 22 samaradorsiz byurokratik boshqaruv tizimi, bir palatali parlament Tashqi muhit holatining noaniqligi va ehtimolligi darajasiga ko‘ra Deterministik Soat mexanizmi Yarim-o‘yinli Fermer qarorlari va obi-havo holatlari, firma strategiyalari va mahsulotga talab holatlari, xorijiy investitsiyalar xajmi va huquqiy tizim turlari To‘liq-o‘yinli Bo‘ri va quyon, tergovchi va gumonlanuvchi, advokat va prokuror, oligopolik firmalar, raqiblarning strategik qarorlari Stoxastik Jinoyatlarni bashorat qilish, aksiyalar bozori, iqtisodiy inqirozlarni bartaraf etish O‘zini-o‘zi tashkillashtira olishiga ko‘ra O‘zini-o‘zi tashkillashtiruvchi Jamiyat, universitet, lazer O‘zini-o‘zi tashkillashtirmaydigan Mexanik soat, muvozanatli dinamik tizimlar Ob’ektning tirikligiga ko‘ra Tiriksiz Soat mexanizmi, termostat Tirik Ijtimoiy tizimlar, xayvonlar, insonlar, gomeostat, o‘simliklar Muvozanat holati bo‘yicha Muvozanatsiz Teng samarali ayblash va ximoya qilish mexanizmlarini qamrab olgan sud tizimi Muvozanatli Teng samarasiz ayblash va ximoya qilish mexanizmlarini qamrab olgan sud tizimi Ob’ektiv borliqda mavjudligiga ko‘ra Abstrakt Huquqiy tizim, mehnat kodeksi, matematik tizim Moddiy Ishlab chiqarish zavodi, kosmik tizim Download 215.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling