Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi


Download 215.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana17.06.2023
Hajmi215.09 Kb.
#1520949
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
1-mavzu

1.5. MURAKKAB TIZIM TURLARI. Kelib chiqishiga ko‘ra 
tizimlar sun’iy va tabiiy tizimlarga bo‘linadi. Sun’iy tizimlar – inson 
tomonidan yaratilgan tizimlar.
Misollar: avtomobil, universitet, siyosiy tizim va xok.
Tabiiy tizimlar – tabiatda va jamiyatda ob’ektiv ravishda yaralgan 
tizimlar: atom, xujayra, inson, jamiyat va xok. Ob’ektning ideal holatga 
yaqinligi darajasiga ko‘ra tizimlar ideal va ideal bo‘lmagan tizimlarga 
bo‘linadi. Ideal tizimlar – ideal bo‘lmagan tizimlar uchun etalon bo‘lib 
xizmat qiluvchi tegishli namunali tizimlar.
Ob’ektiv borliqda mavjudligiga ko‘ra tizimlar moddiy va abstrakt 
tizimlarga bo‘linadi. Abstrakt tizimlarni “qo‘lda ushlab” bo‘lmaydi va ular 
faqatgina odamlarning intellektual tafakkuri, tizimli bilimi yordamida 
yaratiladi. Ko‘p holatlarda abstrakt tizimlar mos ravishda moddiy tizimlar 
bilan uyg‘unlashgan holda mavjud bo‘ladi.
Misol: advokaturaning tashkiliy-funksional bo‘linmalari tizimi va advokaturaning moddiy-
texnik vositalari tizimi.
Tashqi muhit bilan aloqa qilish bo‘yicha tizimlar ochiq va yopiq 
bo‘ladi.
Masalan, universitet – ochiq tizim. Tashqi muhitdan universitetga axborot, moddiy va 
moliyaviy resurslar, ishga kiruvchi kadrlar, abiturientlar kirib keladi. Universitetdan tashqi muhitga 
axborot, ishdan bo‘shuvchi kadrlar, bitiruvchilar chiqib ketadi.
Yopiq tizim tashqi muhit bilan 
nisbatan kamroq axborot, energiya, resurs va mahsulotlarni bilan almashinib turadi. Masalan, 
xalqaro savdo va xalqaro moliyaviy xamkorlik a’zosi bo‘lmagan mamlakat yopiq iqtisodiyotga ega 
bo‘ladi. 
23
Tashkiliy tuzilmalar to‘g‘risidagi ma’lumotni menedjment faniga oid darsliklardan olsangiz bo‘ladi. 
24
Algoritmlar to‘g‘risidagi ma’lumotni informatika faniga oid darsliklardan olsangiz bo‘ladi. 


20 
Muvozanat holati bo‘yicha tizimlar muvozanatli va muvozanatsiz 
bo‘ladi. Muvozanat yoki muvozanatsizlik holati ham dinamik, ham statik 
tizimda kuzatilishi mumkin.
Masalan, vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari eksponensial o‘sish 
sur’atlarda o‘zgarsa va shu bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, u 
holda bozordagi talab va taklif xajmlarining dinamik muvozanati haqida gapirsa bo‘ladi. Agar 
vaqt o‘tgan sari mahsulot bozorida talab va taklif xajmlari bir hil o‘sish sur’atlarda o‘zgarsa va shu 
bilan birga ularning xajmi bir-biriga doimo tengligi saqlanib borsa, bunday dinamik muvozanat – 

Download 215.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling