Tizimli tahlil asoslari fanining mazmuni, predmeti va metodi


Download 215.09 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/20
Sana17.06.2023
Hajmi215.09 Kb.
#1520949
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
1-mavzu

Tizimli 
muammo 
Tizimli 
muammoning 
sababi 
Maqsad 
Choralar 
b) Tizimning nomi: __________________________ 
Tizim 
elementlari 
Tizim maqsadi 
Kirish oqimlari 
Jarayonlar 
Chiqish oqimlari 
Keys 1.2. Ma’lumki, adliya, prokuratura, ichki ishlar, soliq, xavfsizlik 
xizmati organlari jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimida asosiy quyi 
tizimlarini tashkil etishadi. Bundan tashqari, jinoyatni oldini olishga 
qaratilgan qonunchilik, hamda sud organlari qolgan ikkita quyi tizimlardir. 
Faraz qilinayotgan N mamlakatida 2013 yilda 100000 kishiga nisbatan 
jinoyatlar (qotillik, o‘g‘rilik, firibgarlik va hok.) soni 5400 tani tashkil etdi. 
Ushbu ko‘rsatkich - jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi holatini 
ifodalovchi asosiy ko‘rsatkichdir. Ma’lumki, 2013 yilda dunyo bo‘yicha 
jinoyatlar soni 100000 kishiga nisbatan o‘rtacha hisobda 1500 tani tashkil 
etdi. N mamlakati bo‘yicha 2013 yil uchun quyidagi statistik ma’lumotlar 
mavjud: 
- aholining turmush darajasi, ya’ni o‘rtacha hisobda jon boshiga 
to‘g‘ri kelayotgan yillik yalpi ichki mahsulot xajmi 3500 dollarga 
teng; 
- aholi orasidagi kam ta’minlangan oilalarning ulushi 40% ni tashkil 
etdi; 
- yillik o‘rtacha ishsizlik darajasi 24% ni tashkil etdi
- fuqarolarning huquqiy madaniyati darajasi, ya’ni huquqiy 
madaniyat indeksi 10 balldan 3 ballni tashkil etdi, 
- 18-25 yoshdagi aholining oliy ta’lim bilan qamrovi darajasi 5% ni 
tashkil etdi; 
- qonunlarning sifati darajasi, ya’ni qonunchilik sifati indeksi 10 
balldan 7 ballni tashkil etdi; 


28 
- fuqarolarning huquqlari ximoyalanishi darajasi, ya’ni huquqlar 
ximoyasi indeksi 10 balldan 5 foizni tashkil etdi
- ta’limning sifat darajasi, ya’ni ta’lim sifati indeksi 10 balldan 4 
ballni tashkil etdi. 
Jinoyatlar soni 100000 kishiga nisbatan o‘rtacha hisobda 1500 tani tashkil 
etgan mamlakatlardagi iqtisodiy-ijtimoiy hamda huquqiy-institutsional 
holat alohida o‘rganildi va ushbu mamlakatlar uchun quyidagi 2013 yilga 
oid statistik ma’lumotlarning o‘rtacha qiymatlari olindi: 
- aholining turmush darajasi, ya’ni o‘rtacha hisobda jon boshiga 
to‘g‘ri kelayotgan yillik yalpi ichki mahsulot xajmi 10000 
dollardan yuqori; 
- aholi orasidagi kam ta’minlangan oilalarning ulushi 10% ni tashkil 
etdi; 
- o‘rtacha ishsizlik darajasi 8% ni tashkil etdi; 
- fuqarolarning huquqiy madaniyati indeksi 10 balldan 8 ballni tashkil 
etdi, 
- 18-25 yoshdagi aholining oliy ta’lim bilan qamrovi darajasi 60% ga 
teng; 
- qonunchilik sifati indeksi 10 balldan 7 ballni tashkil etdi; 
- fuqarolarning huquqlari ximoyalanishi darajasi, ya’ni huquqlar 
ximoyasi indeksi 10 balldan 5 foizni tashkil etdi; 
- ta’lim sifati indeksi 10 balldan 8 ballni tashkil etdi. 
So‘ng N mamlakatida jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimi 
samaradorligini oshirish bo‘yicha tahlil olib borildi. Bu tahlil Sizning 
fikringizcha qaysi mazmunda edi? Muammolar va ularning sabablari 
nimalardan iborat? Ularni yechish maqsadida qanday chora-tadbirlarni 
taklif etish lozim? 
Mazkur keysni quyidagi tartibda bajaring: 
1. Tizimli muammoni va quyi muammolarni aniqlang (tizimga oid 
qaysi muammo va quyi muammolar o‘rganilyapti?). 
2. Tizimli tahlil ob’ektini aniqlang (qanaqa tizim o‘rganilyapti?). 
3. Tahlil predmetini aniqlang (tizimdagi qanaqa jarayon yoki 
jarayonlar o‘rganilyapti?). 
4.Tahlil usulini aniqlang (tizimli tahlilning qaysi usuli yoki usullarini 
qo‘llash maqsadga muvofiq?).
5. Tizimning holatini yoritib bering. 
5. Tashqi muhit va uning holatlarini aniqlang. 
6. Keysda keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi ikkita jadvalni 
to‘ldirishga harakat qilib ko‘ring:


29 
a) Tizimning nomi: __________________________ 

Download 215.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling