Tizimli tahlil asoslarining predmeti va tushunchasi
Download 49.34 Kb.
|
tizimli tahlilning umumiy prinsiplari va rivojlanishi (2)kkkkk
- Bu sahifa navigatsiya:
- Markaz tasarufidan chiqarish tamoyili
Rivojlanish tamoyili. Bu tizim o’zgaruvchanligini, uning rivojlanishga, moslashishga, kengayishga, qismlarni almashtirishga, axborot jamlashga bo’lgan salohiyatini hisobga olishdir. Umumlashtirilayotgan tizim asosiga rivojlanish, ko’paytirish, takomillashtirish imkoniyatlarini joylashtirish taqozo etiladi. Odatda, mavjud bo’lgan modullarga yangi modullarni qo’shish imkoniyatini ta’minlash hisobiga kengaytirish funksiyasi nazarda tutiladi. Boshqa tomondan, tahlil chog’ida rivojlanish tamoyili tizim rivojlanishining oldingi tarixini hamda tizim amal qilishi qonuniyatlarini ochib berish uchun hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan tendensiyalarni hisobga olish zaruratini ko’rsatadi.
Ushbu tamoyilni hisobga olish usullaridan biri uni ishlab chiquvchilar tomonidan tizimning hayot davriga nisbatan ko’rib chiqish hisoblanadi. Ijtimoy xayot davriyligining shartli bosqichlari loyihalash, tayyorlash, ishlashga joriy qilish, ishlatish, imkoniyatlarni kengaytirish (modernizatsiya), ishlashdan chiqarib tashlash (almashtirish), yo’q qilishdir. Ayrim mualliflar mazkur tamoyilni o’zgarish (tarixiylik) yoki oshkoralik tamoyili deb ataydilar. Tizim amal qilishi uchun u o’zgarishi, muhit bilan o’zaro harakatga kirishi lozim. Markaz tasarufidan chiqarish tamoyili. Bu markazlashgan va markaz tasarrufidan chiqarilgan boshqaruv murakkab tizimlaridagi birikmalardir, u odatda markazlashuv darajasi belgilangan maqsad bajarilishini ta’minlaydigan miqdorda eng kam bo’lishi lozimligidan iborat. Markaz tasaruffidan chiqarilgan boshqaruvning kamchiligi – tizimni moslashtirish uchun ko’p vaqt sarf bo’lishidir. U jadal o’zguruvchan muhitda tizim amal qilishiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Markazlashgan tizimlarda qisqa vaqt ichida amalga oshirish mumkin bo’lgan ishlar markaz tasarrufidan chiqarilgan tizimda o’ta sekin bajariladi. Boshqaruvning katta tizimida ishlov berilishi lozim bo’lgan axborot oqimining o’ta kattaligidan boshqaruvning murakkablashib ketishi markazlashgan boshqaruvning kamchiligidir. SHu bois murakkab tizimda boshqaruvning ikki bosqichi mavjuddir. Sekin o’zgaruvchi vaziyatda tizimning markaz tasarrufidan chiqarilgan qismi tezkor boshqaruv hisobiga tizimning xatti-harakatini muhitga moslashtirish va tizimning global maqsadiga erishishni muvaffaqiyatli ado etadi, muhit keskin o’zgarganda esa tizimni yangi holatga o’tkazish uchun markazlashgan boshqaruv amalga oshiriladi. Download 49.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling